23.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
23.09.2026, 00:16
Jamiyat 👁 1,212

El mehrini qozongan hamshira

El mehrini qozongan hamshira

Zulhijja Tagirovani tumanimiz markaziy shifoxonasi xodimlari “Hamshiralar hamshirasi” deb bejiz atashmagan. Buning oʻziga xos sababi bor. Opa oʻzi sevib tanlagan hamshiralik kasbida 47-yil uzluksiz ishlab, tumanimizning dardmand xasta insonlariga beminnat tibbiy yordamlar koʻrsatib, ularning dardlariga malham boʻlgan.

— Opa qaysi bemorga qanday dori-darmon tez taʼsir qilishini, shifo berishini oʻzlarining koʻp yillik ish tajribasi va ilmiy muqoyasasidan kelib chiqib aniqlar, bu esa bemorning sogʻayib ketishida muhim oʻrin tutardi, — deb eslaydilar Zulhijja Tagirovaning xos shogirdlaridan biri, Qoraqalpogʻiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi, tuman markaziy tugʻruqxonasining el nazariga tushgan doyalaridan biri, mehnat faxriysi Zulayho Imomova.

Maqolamiz qahramonining bizda yigʻilgan shaxsiy hujjatlari va bundan 40-50-yillar ilgari u kishi haqida tuman matbuoti sahifalarida yozilgan materiallarga nazar tashlar ekanmiz, bu hokisor insonning bosib oʻtgan hayot yoʻli nihoyatda ogʻir va qiyin davrlarda oʻtganligini anglaymiz.

Zulhijja Tagirova 1921-yilning 11-avgustida Boshqirdistonning Chashma tumani, Qorayoqubov qishlogʻida ziyoli oilasida tavallud topgan. Otasi Salimgaray Tagirov dunyoviy va diniy ilmlar boʻyicha zamonasining el nazariga tushgan eng yetuk insonlaridan biri boʻlgan. Yosh Zulhijja boshlangʻich diniy taʼlim, Kalom va hadis hamda fiqh ilmlarini oʻz onasi Badrixon oyidan oʻrganadilar. Keyinchalik oʻzi tugʻilib oʻsgan jonajon qishlogʻidagi yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli bitkazadi.

1938-yillarda Boshqirdiston osmonida ham “Stalin qatagʻoni” davrining dahshatli “qora quyun”lari charx urib, boshqird xalqining minglab ilgʻor, maʼrifatparvar kishilari qatori oʻlkada maʼlum va mashhur boʻlgan diniy ulamo Salimgaray oxun ham yoshgina yolgʻiz qizi va oilasi bilan olis Oʻrta Osiyo hududlariga surgun qilinadi.

Surgunlik yillarida Salimgaray oxun bobo va u kishining turmush oʻrtoqlari Badrixon oyi ogʻir xastalikka chalinib, ketma-ket olamdan oʻtadilar. Oʻshanda Zulhijja 17 yoshga endi qadam qoʻyayotgan navnihol qiz edi. Uning baxtiga imon-eʼtiqodi but boʻlgan oʻzbek oilalaridan biri Zulhijjani oʻz himoyasiga olib, Toshkent shahridagi Y.Oxunboboyev nomidagi Tibbiyot bilim yurtiga oʻqishga joylashishiga koʻmaklashadi.

1941-yil, ayni Ikkinchi jahon urushi boshlangan dahshatli bir paytlarda yosh Zulhijja bilim yurtini aʼlo baholarga tamomlab, Davlat taqsimot hayʼati qaroriga koʻra Xorazm viloyatining Mangʻit rayoniga yoʻllanma oladi. Oliy maʼlumotli mutaxassislar yetishmasligi sababli 1941-yilning 1-oktyabridan bu yoshgina hamshira qizni rayon markaziy shifoxonasiga teri kasalliklari boʻyicha bosh mutaxassis etib ishga tayinlashgan.

“Bu kunlar Ikkinchi jahon urushining dahshatli damlari boʻlib, “Hamma narsa front uchun, gʻalaba uchun!” shiori ostida kechayu kunduz tinimsiz ishlar edik. Men oʻz ona tilim oʻzbek tiliga oʻxshashligi sababli aholi bilan, ayniqsa, bemorlar bilan suhbatlashish borasida qiyinchiliklarga uchramadim. Ammo, kasallar nihoyatda koʻp boʻlib, ularni davolash uchun esa tibbiy anjomlar, dori-darmonlar yetishmas edi. Aslida Mangʻitda dastlabki kasalxona 1928-yilda Yashkov Vladimir Timofeyevich degan Possiyalik mashhur jarroh tomonidan tashkil etilgan. 1933-yilda Strelkov nomli 1-sonli umumtaʼlim oʻrta maktabi va yangi kasalxona binosi zamonaviy tartibda loyihalashtirilib, yangidan qurilgan.

Men dastlab 1941-yilning 1-oktyabrida Mangʻit kasalxonasiga ishga kelganimda V.T.Yashkov bosh shifokor edi, u kishining yonlarida yana 7 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli, aksariyati rus millatiga mansub yigit va qizlar boʻlib, hali mahalliy millat vakillaridan tibbiyot xodimlari yetishib chiqmagan edi. Bizlar bir ota-onaning farzandlaridek ustoz V.Timofeyevichning atrofidan jilmasdan undan taʼlim olib, xalqqa xizmat qildik. Men rus va oʻzbek tillarini juda yaxshi bilganligim sababli boʻlsa kerak, jarrohlik amaliyotlarida bosh shifokorimiz - jarroh Vladimir Timofeyevich meni muntazam ravishda yoniga chaqirar edilar. Oʻshanda bu yumushlar mening vazifamga taalluqli boʻlmasa-da, jonu dilim bilan u kishiga koʻmaklashardim.

Mening arabiy imloda va kirill imlosida xat-savodimning yaxshi ekanligini bilgan Vladimir Timofeyevich otam Salimgaray oxundan qolgan tabobat va tashxis hamda dorishunoslikka oid turkiy tilda yozilgan bir necha noyob kitoblarni oldirib, menga rus tiliga tarjima qilib oʻqitar, kerakli joylarini erinmasdan yon daftarchasiga qayd qilib, yozib olar edilar. Hatto, ularning iltimoslari bilan mahalliy sharoitda oʻsadigan turli dorivor oʻsimliklarning barglari va tomirlaridan qadimiy dorishunoslikka oid retseptlar asosida oʻzimiz dori-darmonlar tayyorlab, bemorlarning jarohatlariga malham sifatida foydalanganmiz. Urushdan ogʻir yarador boʻlib qaytib kelgan bemorlarning jarohatlarini davolashda bu ishimiz juda qoʻl kelardi.

1942-yilda esa mangʻitlik mashhur jarroh, tumandagi tibbiyot xodimlarining ustozi boʻlgan V.P.Gauxman Toshkent Tibbiyot oliygohini tamomlab, bizning kasalxonamizga ishga keldi. Bu ajoyib, bebaho inson va uning turmush oʻrtogʻi S.Sh.Mensonjnik bilan ham to nafaqaga chiqqunimga qadar birga ishlaganman. Ular nihoyatda pok insonlar edilar”, – deb yozgan ekan oʻz kundalik xotira daftarida Zulhijja opa Tagirova.

1943-yilning ilk kuzida oyogʻidan ogʻir yarador boʻlib frontdan qaytgan Mangʻitning sobiq Pushkin kishloq kengashi hududidagi Qalaliushoq qishlogʻidan boʻlgan zobit Allanazar Jumanazarov davolanish uchun Mangʻitdagi kasalxonaga keladi. Taqdirning taqozosi bilan bu ikkala yosh oʻzaro tanishib, turmush qurishga ahdu paymon qilishadi.

Allanazar Jumanazarov urushdan oldin 1933-1938-yillarda Xivadagi Sverdlov nomli Pedagogika bilim yurtining rus tili boʻlimini tamomlab, urushga olinganiga qadar tumanimiz maktablarida rus tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1943-yilda bu ilmga tashna va rahbarlik salohiyati ufurib turgan yigitni tumandagi 6-sonli maktabga direktor etib tayinlashadi. U 1959-yilda ogʻir xastalikdan keyin vafot etadi.

Ularning hayotlari va oilaviy turmushlari qisqaroq kechgan boʻlsa-da, nihoyatda sermazmun va boshqalar havas qilarli edi. Zulhijja Tagirova toʻrt nafar oʻgʻil farzand koʻrdi.

Katta oʻgʻli Pahimboy, ikkinchisi Yangiboy, shundan keyin Abdusharif va Ilhomboylar birin-ketin oliygohlarda oʻqib, el koriga yaraydigan insonlar boʻlishib, jamiyatda oʻzlarining munosib oʻrinlarini topdilar. Shajaraning davomchilari – bugungi avlodlar qoʻlga kiritayotgan muvaffaqiyatlar rahmatlik Salimgaray oxun boboning oʻtgan asrda qatagʻon qurboni boʻlib, nohaq tuhmatlarga uchrab, el yurtidan badargʻa qilingani, adolatsizlik qurboni boʻlgani evaziga berilgan taqdir inʼomi, ogʻir va dahshatli, zulmkor yillarda koʻzining qorachigʻi boʻlgan yolgʻiz qizi Zulhijjaga tilagan duolarining ijobatidir balki... Bu oʻziga xos siru sinoatni yolgʻiz Allohning Oʻzigina bilguvchidir.

Opa 1941-yildan 1988-yilgacha – nafaqaga chiqqunlariga qadar qariyib 47-yil kasbiga mehri va sadoqatini namoyon qilib, bor kuch va gʻayratini, bilim va mahoratini Amudaryo tumani aholisining sogʻligini saqlashga sarflaganlar.

Uning xizmatlari inobatga olinib, bir nechta koʻkrak nishonlari, «Shuhrat» medali va Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesining “Faxriy yorligʻi” bilan taqdirlangan.

Maqolamiz qahramoni 2002-yilda – 81 yoshida baqo dunyosiga rixlat qilganlar.

El-yurtiga halol va fidoyi xizmat qilib, xalq duosini olgan kishilarni ular olamdan oʻtganlaridan keyin ham xalq hurmat bilan xotirlab, eslab yuradi. Amudaryo tumani markaziy shifoxonasida salkam yarim asr katta hamshira boʻlib ishlab, tumanimiz aholisiga beminnat tibbiy xizmat koʻrsatgan fidoyi hamshira — rahmatlik Zulhijja opa Tagirova ham ana shunday yuksak martaba – el mehriga sazovor boʻlgan insonlardan biri edi. Oʻtganlarning oxiratlari obod boʻlgay, Amiyn!!!

Qodirbergan hoji Jumamurod oʻgʻli,

mehnat faxriysi, tarixchi va islomshunos.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026