Amudaryolik hamşira “Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi
“Yilning eng yaxşi örta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda fidokorona mehnati, kasbiy mahorat va ijtimoiy faolligi bilan ajralib turgan tibbiyot xodimlari alohida eʼtirof etildi. Mazkur tadbirda Amudaryo tumani tibbiyot birlaşmasi boş hamşirasi Luiza Yangiboyeva “Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
20-may kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi majlislar zalida sohaga sidqidildan xizmat qilayotgan, kasbiy faoliyati bilan namuna bölayotgan tibbiyot xodimlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri M. Kurbanov, soğliqni saqlaş xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika Kengaşi raisi L.Baybosinova, Özbekiston Hamşiralar Assotsiatsiyasining Qoraqalpoğiston bölimi boşliği R.Mişenova va Respublika davolaş-profilaktika muassasalari rahbarlari hamda sohaning ilğor va fidoyi vakillari iştirok etdi.
Marosimda Amudaryo tumani tibbiyot birlaşmasi boş hamşirasi Luiza Yangiboyevaga “Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş aʼloçisi” kökrak nişoni hamda kasaba uyuşmasining esdalik sovğalari tantanali tarzda topşirildi. Bu eʼtirof – uning köp yillik samarali mehnati, masʼuliyatli munosabati va tibbiy xizmat sifati yuksalişiga qöşgan şaxsiy hissasiga berilgan yuksak baho hisoblanadi.
Şuni alohida qayd etiş joizki, Luiza Yangiboyeva joriy yilda “Yilning eng yaxşi örta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” tanlovining mamlakat bosqiçida munosib iştirok etib, “Yilning eng yaxşi soğlom turmuş tarzi tarğibotçisi” nominatsiyasida I örinni qölga kiritgan edi.
Soğliqni saqlaş tizimida inson hayoti uçun masʼuliyatni zimmasiga olgan, öz kasbiga sadoqat bilan yondaşadigan, yuksak malakaga ega mutaxassislarga bölgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Tibbiyot fidoyilarini rağbatlantiriş, ularning mehnatini munosib qadrlaş maqsadida anʼanaga aylangan “Yilning eng yaxşi örta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” tanlovi ham aynan şu maqsadga xizmat qilmoqda.
Körik-tanlov doirasida qatnaşçilar tibbiy hujjatlarni yuritiş, şoşilinç tibbiy yordam körsatiş, kasallik alomatlari va profilaktikasi, yuqumli kasalliklarga qarşi çoralar, inson anatomiyasi va fiziologiyasi, hamşiralik işi meʼyor va standartlari kabi yönalişlar böyiça bilim va könikmalarini namoyon etdilar.
Bundan taşqari, ular soğlom turmuş tarzini tarğib etiş böyiça yangiça yondaşuvlarni taqdim etiş, hozirjavoblik, muloqot madaniyati kabi mezonlar asosida ham baholandi. Tanlov ğoliblari aynan şu kabi kompleks yondaşuvlar asosida saralab olindi.
Aytiş joizki, soha vakillarini rağbatlantirişga qaratilgan bunday mukofotlar faqatgina bir şaxsning faoliyatiga berilgan baho emas, balki butun jamoaning, butun tizimning fidoyilik asosidagi mehnatiga nisbatan bildirilayotgan munosib eʼtirofdir. Luiza Yangiboyeva kabi salohiyatli, bilimdon va sadoqatli hamşiralarning aholi salomatligini saqlaşda tutgan örni beqiyosdir.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶