FIDOYILIGI BILAN ÖZ HAYoTIGA FAYZ BAĞIŞLAGAN ODDIY HAMŞIRA
Luiza serfarzand oilada dunyoga keldi. Tibbiyot sohasida faoliyat yurituvçi Töliboy ota va Hayitgul onalar tarbiyasini olgan 8 nafar öğil-qizning beşinçisi bölgan Luiza juda yoşligidan ota kasbiga mehr qöydi. Özidan katta opa-akalari va uka-singillari bilan nihoyatda ahil-inoqlikda keçgan bolaligi, ösmirlik yillari u şifokor böliş orzusi bilan yaşadi. Bobur nomli qişloqda va yaqin atrofdagi mahallalarda “qöli yengil Töliboy döxtir” nomini olgan otasiga havas qilib, tengdoşlari bilan özaro öyinlarida u doimo şifokor vazifasini bajarar, vaqt ötib, ulğaygan sari uning ota kasbiga bölgan mehr va ixlosi tobora oşib, qalbidagi bu iştiyoq haqiqiy orzuga aylandi. Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasida hamşira bölib işlovçi özidan katta opasi Feruzaxon bilan tibbiy birodar vazifasida xizmat qiluvçi Hasanjon akasining tibbiyotga doir kitoblarini qiziqiş bilan öqib, özini şifokorlarday his qilganida u hali maktab öquvçisi edi.
Umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga tamomlagan Luiza Yangiboyeva qalbidagi ezgu orzusini amalga oşiriş maqsadida 1995-yilda Andijon tibbiyot bilim yurtiga öqişga kirdi. Mazkur bilim yurtida öqiş va amaliy maşğulotlar davrida tibbiyot sohasi böyiça çuqur nazariy hamda amaliy bilim olgan Luiza öqişni tugatgaç, ilk mehnat faoliyatini 1997-1999-yillarda Andijon şahar markaziy şifoxonasining tuğruqxona bölimida doya vazifasida işlaşdan boşladi. Andijonlik şifokorlar bilan birgalikda, til topişib işlagan yillarini Luiza tajriba orttiriş, bilim va könikmalarini mustahkamlaş borasidagi kasbiy toblaniş davri sifatida alohida mehr bilan eslaydi.
– Şifokor uçun nazariy va amaliy maşğulotlarning uyğunligi juda muhim, – deydi u. — Tibbiyotda nazariya qançalik katta ahamiyat kasb etsa, amaliy-kasbiy könikma undan ham muhimroq. Şifokor ana şu uyğunlik jarayonida şakllanadi. Bu borada men andijonlik va keyinçalik iş faoliyatimda menga qöl-qanot bölgan amudaryolik ustoz şifokorlardan minnatdorman.
Barça sohalarda ham yaxşi mutaxassis öz-özidan paydo bölib qolmaydi, uning yetuklikka yetişuvida fidoyi ustozlarning mehnatlari alohida ahamiyatga ega. Bu borada Luiza Yangiboyeva ustozlardan yolçigan. U öziga ilk ustozlik qilgan Andijon şahar markaziy şifoxonasi tuğruq bölimi katta doyalari Zulfiya va Dinora opalarini qalbida çuqur minnatdorlik bilan eslaydi. Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasining tuğruq bölimi akuşer-ginekolog şifokorlari Gulsara Allanazarova, Dinora Abduraimova, Habiba Törayeva, tuğruq bölimining öşa paytdagi tajribali doyalari Gulçehra Qöçqorova, Zulayho Imomovalarning qöllab-quvvatlaşlari esa unga öz kasbiy mahoratini oşirişda juda katta tajriba maktabi vazifasini ötadi, “qöli yengil doya” sifatida şakllanişini taʼminladi. Natijada Luiza qisqa vaqt içida nafaqat ustozlari, balki Tibbiyot birlaşmasi rahbariyatining işonç va hurmatiga sazovor böldi.
U 1999-2005-yillarda Amudaryo tuman markaziy şifoxonasi tuğruq bölimi doyasi, 2005-2017-yillarda mazkur tuğruqxona bölimi katta doyasi, 2017-2018-yillar oraliğida Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi homilador ayollar patologiyasi bölimi doyasi lavozimlarida faoliyat olib bordi. 2018-yildan ayni paytgaça esa Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasi boş hamşirasi bölib işlayotgan Luizaning özi endi köplab yoşlarga ustoz.
Bugungi kunda Luiza Yangiboyevaning şogirdlari orasida öz kasbining yetuk va bilimdonlari talaygina. Birgina 2024-yilda izlanuvçan va intiluvçan şogirdlaridan tuğruq majmuasi hamşirasi Hulkaroy Qozoqboyeva “Yil hamşirasi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 1-örinni egallab, mazkur körik-tanlovning mamlakat bosqiçida sovrinli 2-öringa sazovor böldi. Şuningdek, tuğruq majmuasi hamşirasi Sanobar Ahmedova mazkur körik-tanlovda öz yönalişi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasida birinçi, Özbekiston miqyosida 3-örin sohibasi böldi va “Eng yaxşi emlaş hamşirasi” nominatsiyasi ğolibligini qölga kiritdi.
Bundan taşqari örta tibbiyot xodimlari örtasida 2024-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida ötkazilgan körik-tanlovda Luiza Yangiboyevaning şogirdlari katta muvaffaqiyatlarni qölga kiritişdi. Xususan, Çamangul Urazakova “Eng yaxşi jarrohlik hamşirasi”, Oygul Eşniyozova “Eng yaxşi jonlantiriş bölimi hamşirasi” yönalişlarida faxrli 1-örinni, Azizaxon Artikova esa “Eng yaxşi tibbiy brigada patronaj hamşirasi” yönalişida 2-örinni egalladi.
Öqib-izlaniş, öz ustida doimiy işlaşni, “Eng yaxşi va foydali tajriba – ilmda” degan purmaʼno hikmatni öziga hayotiy şior qilib olgan Luiza Yangiboyeva bilim va tajribalarini yoşlarga örgatişdan aslo çarçamaydi. U Tibbiyot birlaşmasi boş hamşirasi sifatida bir vaqtning özida birlaşmaning barça bölimlari katta hamşiralari, Köp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinikalar va oilaviy şifokorlik punktlari katta hamşiralari, bölimlarning xöjalik işlari böyiça bekalari va kiçik tibbiy xodimlariga öta yuqumli kasalliklar, şifoxona içi infektsiyalarining oldini oliş, atrof-muhitni obodonlaştiriş, şifokor odobi kabi mavzularda seminar-öquv maşğulotlari ötkazadi. Patronaj hamşiralarning bilim va tajribalarini mustahkamlaş, tibbiyot sohasida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan izçil islohotlar, sohaga tatbiq etilayotgan yangiliklar, qonunçilik hujjatlari, özgarişlar yuzasidan amaliy maşğulotlar, tuşuntiriş işlarini olib boradi.
Ötayotgan har bir iş kunini yangi mazmun bilan boyitib yaşaşga odatlangan Luiza Yangiboyeva öz mehnatining qadr topayotganidan mamnun. Fidoyi mehnati 2022-yilda soha vazirligi tomonidan alohida eʼtirof etilib, “Özbekiston Respublikasi soğlikni saqlaş aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Uning şaxsiy yutuqlari jamlangan albomidan birin-ketin Özbekiston Respublikasi Hamşiralar Assosatsiyasi faxriy yorliqlari, Amudaryo tuman hokimligi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligi tomonidan bildirilgan taşakkurnomalar ham joy oldi.
Inson uçun bu kabi eʼtibor va rağbatdan ham katta yana bir mukofot bor — bu xalq işonçi, eʼtirofi. Nazarimda Luiza Yangiboyeva özining fidoyi mehnati bilan ana şu maqomga ham erişganlardan. U nafaqat öz mehnat jamoasida, balki özi istiqomat qiladigan mahallada va oilasida ham hurmat, ehtirom va işonçga sazovor baxtiyor ona, fidoyi rafiqa, mehribon ona. Umr yöldoşi Endirboy Qurbonboyev bilan ahil-inoqlikda yaşab, ikki nafar oqila qiz va öz kasbining bilimdoni bölgan bir öğilni el-yurtga kamarbasta insonlar qilib tarbiyalagan oilaparvar beka. Ayni paytda Luiza bilan Endirboy tuzgan mehr-muhabbat koşonasi — baxtiyor oila qörğoni muhitida kamolga yetgan öğli Eldor nufuzli işlab çiqariş korxonasining oliy maʼlumotli hisobçisi. Irodaxon Tibbiyot oliygohining 5-bosqiç talabasi, Elmiraxon esa 76-sonli maktabning aʼloçi öquvçisi.
Luiza har kuni şahar köçalarini oralab Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi tomon borarkan, yöl böyi taniş-notaniş insonlarning öziga alohida ehtirom bilan salom berişlaridan köngli toğday yuksaladi. Ularga javoban samimiyat bilan mehr körsatişga, köngillariga xuş yoqadigan biron söz aytişga, şu orqali aziz xalqiga bu kabi eʼtibor uçun minnatdorçiligini izhor etişga intiladi. Qaysidir işi, balki bir fazilati orqali xalqi uni maʼlum maʼnoda tanigani uçun könglida xotirjamlik hissini tuyadi. Zero, xotirjam insonning hayotida maʼni, işida fayz-baraka böladi. Luizaning hayoti ana şunday fayz-barakaga töla.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶