“UÇ AVLOD UÇRAŞUVI” TADBIRI YoŞLAR QALBIDA KEKSA AVLOD VAKILLARI HAYoTIGA HURMAT TUYĞUSINI UYĞOTDI
Asrlar davomida şakllanib, özining gözal takomiliga yetgan, xalqimizga xos ibratli fazilatlar talaygina: özaro mehr-u oqibat, millatlararo totuvlik, kattalarga hurmat, kiçiklarga izzat kabi xislatlar ösib kelayotgan yoş avlod vakillari uçun hamişa yuksak maʼnaviy tarbiya maktabi vazifasini ötab kelgan.
Ayniqsa, “Hamma narsa inson qadri uçun” degan ezgu ğoya bilan suğorilgan samimiy munosabatlar zamirida yoş avlodni milliy özlik asosida tarbiyalaş, keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribalariga tayangan holda millat va xalq farovonligi, ona Vatan obodligi hamda tinçligi yölida fidoyi xizmat qilişga daʼvat etişdek ezgu niyatlar mujassam.
Çunki bugungi zamonaviy dunyoda turli mafkuraviy xurujlar tobora avj olib borayotgan davrda ana şunday ezgu niyatlarni özida mujassam etgan daʼvatkor ruhdagi maʼrifiy suhbatlar, katta hayot tajribasiga ega nuroniylar bilan uçraşuvlardan yoşlar maʼnaviy kuç, oziq oladilar. Ota-bobolari, ajdodlarining matonat va jasoratga töla hayot yöllaridan faxrlanib yaşaşga odatlanadilar.
Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan “Uç avlod uçraşuvi” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham mazkur maktab pedagogika jamoasi va öquvçi-yoşlar qalbida nuroniy otaxon va onaxonlarning ona Vatan obodligi va farovonligi yölida qilgan uzoq yillik halol va fidoyi mehnatlarini qadrlaş, mislsiz matonat va jasoratga töla sermazmun umr yöllariga nisbatan hurmat hissini uyğotib, tadbir iştirokçilariga kötarinki kayfiyat bağişladi.
Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi Amudaryo tuman bölimi raisi Bekman Allaberganov, Jumurtov şaharça fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi 95 yoşli Bibi momo Yembergenova, 1925-yilda tavallud topgan, 100 yoşli Tursunoy momo Boltaboyeva, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati, tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova, 82-sonli umumtaʼlim maktabi pedagogika jamoasi va öquvçi-yoşlar iştirok etdilar.
Ötgan asrning eng oğir va tahlikali yillari – qatağon siyosati qurbonlari bölgan jabrdiydalar hayotiga, şuningdek, ikkinçi jahon uruşi azob-uqubatlariga, uruşdan keyingi tiklaniş yillaridagi xalqimizning maşaqqatli mehnatlariga nafaqat jonli guvoh, balki ana şu maşaqqatli mehnat onlarining iştirokçilari bölgan nuroniy momolar yoşlarga bugungiday farovon va tökin-soçin zamon öz-özidan bölmagani, bu farovon hayot zamirida ota-bobolarimizning mislsiz jasorati va matonati borligini, ularning fidoyiliklari evaziga bunyod bölgan baxtli, tinç, osoyişta davrning, mustaqillikning qadriga yetiş zarurligini taʼkidladilar. Şu bilan birga ular özlarining uzoq va sermazmun hayot yöllari haqida yoşlarga ibratli hikoyalar sözlab berdilar.
“Uç avlod uçraşuvi” tadbiri davomida Tursunoy momo Boltaboyeva hamda Bibi momo Yembergenovalar bilan öquvçi-yoşlar dildan, samimiy suhbat qurişib, onaxonlarga taşrifi uçun minnatdorçilik bildirişdi.
Uçraşuv yakunida nuroniy momolarga tadbir taşkilotçilari tomonidan sovğalar va Amudaryo tuman hokimining Taşakkurnomasi topşirildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶