23.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
23.09.2026, 01:37
Jamiyat 👁 2,304

MANFIT VA MANFITLIKLAR TARIXINI BILASIZMI?

MANFIT VA MANFITLIKLAR TARIXINI BILASIZMI?

Turkiy xalqlarning eng ulkan boʻgʻinlaridan biri boʻlgan Mangʻit qabilasi va Mangʻit urugʻi, Mangʻit qalʼasining paydo boʻlishi va Mangʻit arna kanalining qazilishi tarixiga oid birmuncha yozma tarixiy manbalar mavjud. Rus tarixchisi A.Yu.Yakubovskiyning yozishicha, “Olis yillar davomida qabilalar oʻrtasidagi oʻzaro urushlar natijasida faqatgina “Mangʻit” va “Qoʻngʻirot” qabilalarigina oʻz butunliklarini saqlab qola olganlar. Ular XII asr davomida Dashti Qipchoqqa kelib oʻrnashganlar. XIII-XIV asrlarda esa Mangʻitlarning katta qismi Volga va Ural daryolari oraliqlariga borib joylashadilar. Shu davrlarda ular Mangʻit Oʻrdasini ham tashkil etishga erishgan. Keyinchalik, XV asrda “Katta noʻgʻay” Oʻrdasi tarkibiga kirgan va XV asr boshlaridan oʻzbek xalqining tarixida muhim rol oʻynovchi eng yirik jangovar qabilalardan hisoblangan. 1428-29-yillarda koʻchmanchi oʻzbek qabilalarining xoni ham Mangʻitlardan boʻlgan, hatto, Janubiy-Farbiy Sibir kabi ulkan hududlarni bosib olgan Abdulxayrxonning zafarli yurishlarida qatnashib, uning ulugʻ xon boʻlib koʻtarilishida ham katta hissalarini qoʻshganlar. Mangʻit qabilasining baʼzi urugʻlari, dastlab Oʻrta Osiyo hududlariga, qisman hozirgi Oʻzbekiston hududlariga, XVI asr boshlarida Xorazmning unumdor yerlariga koʻchib kelishib, Movarounnahrda qadimdan yashab kelayotgan oʻtroq oʻzbek qabilalarining madaniy taʼsiri ostida oʻtroq xalqqa aylanganlar”.

Fazal mulkining sultoni, ulugʻ shoir va atoqli davlat arbobi hazrat Alisher Navoiy oʻzining “Saddi Iskandariy” dostonida Mangʻitlarga toʻxtalib oʻtgan. Bu – oʻtmishdagi ajdodlarimiz ruhlariga, qolaversa, biz mangʻitliklarga nisbatan maʼnaviy sharafdir.

Bundan tashqari, Xorazmda “Otaliq kanali” – Mangʻit arna qazilmasidan ancha ilgari, 1660-yillarda, Anushaxon davrida (Abul Gʻoziyxon oʻgʻli) hozirgi Mangʻit shahrining atroflariga Xiva xonining maxsus ruxsati bilan Mangʻit qabilasi urugʻlaridan 16 ta urugʻ oilalari bilan koʻchib kelib, joylashganliklari haqida tarixiy manbalarda soʻz yuritiladi. “Toʻq Mangʻit”, “Keskich Mangʻit”, “Tubulgʻa Mangʻit”, “Burgutli Mangʻit”, “Echbugʻa Mangʻit”, “Qorakoʻl Mangʻit”, “Javaloq Mangʻit”, “Ushoq Mangʻit”, “Ogʻadil Mangʻit”, “Martaba Mangʻit”, “Yesabiy Mangʻit”, “Nurimbiy Mangʻit”, “Musofir Mangʻit”, “Qaysar Mangʻit”, “Koʻk oʻzak Mangʻit”, “Qorabotir Mangʻit” urugʻlari XVII asrning oʻrtalarida hozirgi Mangʻit shahriga va uning atroflariga koʻchib kelib, oʻtroqlashib qolgan.

Aynan shu maʼlumotlarni Xorazm tarixchilari Munis va Bayoniylar  ham oʻz asarlarida qayd etishgan. Keyinchalik Mangʻitlarning koʻpchiligi shu yerlarni Vatan tutib, qatʼiy oʻrnashib qolganliklari natijasida Mangʻit qalʼasi vujudga kelib, bu hozirgi Amudaryo tumanining markazi boʻlgan Mangʻit shahri hisoblanadi.

Yuqoridagi manbalardan tashqari, atoqli rus sharqshunos olimi, akademik V.V.Bartoldning asarlarida aniq koʻrsatilishicha, Mangʻit urugʻiga mansub aholi tomonidan 1800-yillarga kelib “Otaliq kanal”i qazdirilgach, unga Mangʻit arna deb nom berilib, arna boʻyiga joylashgan Mangʻit qalʼasi nomi esa turli manbalarda aniq koʻzga tashlana boshlaydi.

Mangʻitlik keksalarning aytishlariga qaraganda, shaharda 16 ta urugʻ nomiga oʻn oltita koʻcha tashkillashtirilgan va har bir urugʻ oilalari alohida tartib-qoida boʻyicha joylashganlar. Rossiyalik tarixchi olim V.V.Grigorev 1850-yillarda suv yoʻli bilan kemada kelib Mangʻit, Qipchoq qalʼalarida boʻlgan. Uning yozishicha, shahar Mangʻit arnaning chap qirgʻogʻiga joylashgan. Dastlabki davrlarda Mangʻit arna kanalining eni 20-30 metrni tashkil etgan. Amudaryoning “Toshsoqa”sidan oʻtib, bu yerga savdogarlar kemalarda tuz va turli xildagi isteʼmol mollari keltirganlar. Mangʻit arna kanali qadimda bizning hududlarimizdan oʻtib, arnaning 18 km. qismi qardosh Turkmaniston Respublikasining Qubbatogʻ tumani hududlarigacha oqib borgan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida Mangʻitlar XVII-XVIII asrlarda asosan ikki joyda yashaganliklari toʻgʻrisida yozma manbalarda maʼlumotlar bor. Ularning dastlabki birinchi guruhi hozirgi “Oqmangʻit” (Nukus tumani hududida), Shox - Temir - Qoʻngʻirot oraligʻida yashagan boʻlib, Amudaryoning Qoraboyli deb atalgan tarmogʻi boʻyida ham Mangʻit degan qalʼa boʻlgan. Manbalarga koʻra, hozirgi “Oqmangʻit” posyolkasi oʻrnida boʻlsa, ehtimol.

Mangʻit qalʼasi fuqarolari Buxorolik Jonmurod inoq va Muhammad inoqlar bilan kelishgan holda va birgalikda Xiva xoni Abulgʻoziy Soniyning ruxsatlari bilan 1797-1799-yillarda “Otaliq kanali”ni qazdirgach, imkon qadar Mangʻit urugʻlarining qolgan-qutganlarini Xiva xonining eng nufuzli kishilaridan boʻlgan Jonmurod inoq, Muhammad inoq va shuningdek, Odina Muhammad inoqlarning tashabbuslari hamda gʻayratlari bilan Mangʻit arna yoqasiga, serhosil yerlarga koʻchirib olib kelganlar. Natijada 1799-yilda Xiva xonligining eng nufuzli sardorlaridan boʻlgan Odina Muhammad tomonidan hozirgi Mangʻit qalʼasining poydevori qurilgan, degan dalillar ham tarixiy yozma manbalarda koʻzga tashlanadi.

Shunday qilib, Amudaryo tumanining markazi boʻlgan hozirgi Mangʻit shahrining paydo boʻlganiga va qurilganiga 218-yil boʻlgan, degan haqqoniy tushunchaga ega boʻlamiz. Bunga Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Tarix va arxeologiya ilmiy tadqiqot institutining professori, akademik Ya.F.Gʻulomovning “Xorazmning sugʻorilish tarixi” asarida keltirib oʻtilgan ilmiy dalillar yetarli asos boʻla oladi.

Mangʻitlar qadimgi yirik turkiy qabilalarning biri boʻlib, 1923-26-yillardagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston hududida yashovchi Mangʻitlarning umumiy soni 130000 dan koʻproqni tashkil etgan. Hozirgi kunga kelib ularning soni bir necha baravar oʻsgan.

1926-yilda Oʻzbekiston SSRning Xorazm viloyati hududida Mangʻit tumani tashkil etilib, Mangʻit qalʼasi uning markazi etib belgilangan. 1957-yil 18-dekabridan Qoraqalpogʻiston ASSRning Qipchoq va Oʻzbekiston SSRning Xorazm viloyatiga qarashli boʻlgan Mangʻit tumanlari birlashtirilib, Qoraqalpogʻiston ASSR tarkibidagi Amudaryo tumani tashkil etildi va uning markazi Mangʻit shahri qilib belgilandi.

Qodirbergan JUMAMUROTOV, tarixchi.

(Foto - shosh.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026