15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 14:02
Jamiyat 👁 6,327

KEKSA JANGChI HUZURIDA

KEKSA JANGChI HUZURIDA

Ocherk

Urush. Inson qalbida nafrat uygʻotuvchi, eshitgan har bir dilni seskantirib yuboruvchi bu soʻzga ahli  dunyo – butun taraqqiyparvar insoniyat isyonda. Uni qoʻzgʻatuvchilarga nisbatan onalar gʻazabda, otalar gʻazabda. Million-million insonlar yostigʻini quritgan Ikkinchi jahon urushi asoratlari bilan yashayotgan majruh koʻngillar dillarini kuydirgan hajr-u firoq oʻti fashizmga nisbatan ayovsiz qargʻish boʻlib toʻkiladi hamon tillardan. Chunki bu nafratli qalblar janggohlarda qon kechgan, qahraton qishlarni muz qotgan  okoplarda oʻtkazgan, 18-20 yoshning nari-berisidagi ming-minglab alpqomat quroldoshlarini jang maydonlariga dafn etgan, janglardagi jarohatlaridan qon sizib, yana jangga kirgan, to gʻalaba bongi yangragunga qadar birlari jang maydonida, birlari dala gospitallarida, yana birlari front ortida tun-u kunning farqini unutib yashaganlar. Dillarida esa yagona maqsad – el-yurtga tinchlik, tinchlik va yana tinchlik orzusi bilan yashagan bu mard-u maydonlar.

Qilichboylik Rajab bobo Yusupovning yigitlik davri ana shunday notinch davrga toʻgʻri keldi.

Rajab Yusupov alp qomatli, boʻychan, oʻta epchil yigit boʻlib ulgʻaydi. U 1938-yilda toʻliqsiz oʻrta maktabni tugatganida zamon qalqib turgan bir payt edi. Xalq sovetning qatagʻon siyosatidan jabr chekayotgan, eshigida 2-3 ta mol-holi bor, oʻqimishli odamlar "xalq dushmani” tamgʻasi bilan "qama-qama” toʻriga ilinib, koʻpchilik oilalar jiddiy yoʻqchilik azobini tortayotgan bir paytda dunyoga fashizm balosi xavf soldi. Avval Yevropa mamlakatlarini oʻz domiga tortgan fashizm 1941-yilning yozida sobiq SSSR hududiga bostirib kirdi. Kolxoz ishida ota-onasiga yaxshigina koʻmakdosh boʻlib qolgan Rajab Yusupovga chaqiruv qogʻozi kelganida u endi 18 yoshga toʻlgan norgʻul yigit edi. Armiyaga chaqiruv qogʻozi oʻsha mashʼum kunlarda ota-onalar uchun jahannam bagʻriga chaqiruvday dahshatli edi. Ota-onasi, yaqinlari, qishloqdoshlari Rajab Yusupovni yaxshi kunlar umidi bilan urushga kuzatdilar.

Sharqdan gʻarbga tomon yoʻl olgan poyezd Rajab ulgʻaygan zaminni ortda qoldirib, tutun va porox hidi burqsib yotgan rus qishloqlari, yonib kultepaga aylangan qaragʻayzorlardan oʻtib, yaydoq bir joyga yetib, toʻxtadi.

– Oʻshanda urushning butun dahshati koʻz oldimizda namoyon boʻldi, – eslaydi Rajab bobo olis urush yillarini xotirlarkan. – Payhon boʻlgan ekinzorlar, xarobaga aylangan shahar-u qishloqlar, tugunini koʻtarib, bolalarini yetaklab yurgan, shovqin-suron bilan qon yigʻlab, qaylargadir oshiqayotgan onalar, keksalar, bolalar. Bularga koʻzimiz tushgan lahzalardayoq urush dahshatlarini toʻla anglab yetdik. Qoʻllarimiz musht boʻlib tugildi.

Qisqa muddatli harbiy tayyorgarlikdan soʻng Rajab Yusupov 1942-yilning iyulida Kalininsk frontining 136-oʻqchi polki tarkibida ilk marta jangga kirdi. Inson zotining yovuzligini u oʻshanda koʻrdi. Tish-tirnogʻigacha yaxshi qurollangan nemis askarlari shunday harbiy tayyorgarlikdan oʻtishgan ediki, ular jang maydonida haqiqiy vahshiy hayvonga aylanishardi. Inson tugul osmonda uchib borayotgan qushgacha ayovsiz oʻldirish, yoqish, buzish, otish, jamiki jonzotni toptash – ular uchun oʻta oddiy oʻyin edi. Rajab Yusupov ana shu dahshatlar qarshisida esankiramadi. Kalininsk frontining 136-oʻqchi polki bilan goh haftalab, oylab yayov, kunni-tunga ulab fashizm balosiga qarshi kurashdi. Qurshovda qolib, och-nahor, yupun holatda ham qoʻlidan qurolini qoʻymadi. Butun kuch-quvvatini xalqlar ozodligi va tinchligi uchun sarfladi. Necha bor yaralandi, dala gospitalida davolanib, yana jangga kirdi.

– 1943-yilning yozi Kalininsk fronti uchun yangi-yangi gʻalabalar sari yoʻl ochildi, – eslaydi Rajab bobo. – Biz nemislarni ketma-ket magʻlubiyatga uchrata boshladik. Hatto yengil yarador boʻlganimizni sezmasdik. Dushman ortidan taʼqib etib borayotgan kunlarimizning birida men nemis zobitini asir oldim. Uni shtabga topshirib, yana jang maydoniga qaytdim.

Shu kuni haqiqiy hayot-mamot jangi boʻldi. Tarixga Kalininsk frontida burilish nomi bilan kirgan ushbu dahshatli jangda Rajab Yusupov ogʻir yaralandi. Esida qolgani – qattiq portlash va oʻzining muallaq uchib borayotgan kabi holati. U koʻzini ochganida oyoq-qoʻllari, qorni va koʻkrak qafasi chandib bogʻlab tashlangan, butun aʼzoi-badani lovullab yonayotganday edi. Uni koʻrgani oʻzi xizmat qilayotgan qism komandiri kelganida Rajab Yusupovning qahramonligi haqida hikoya qiluvchi maqola yoritilgan front gazetasini keltirdi va Oliy Bosh qoʻmondonlikning tashakkurnomasini oʻqib  berdi. Maʼlum boʻlishicha, Rajab Yusupov asir olgan nemis zobiti bergan maʼlumotlar tufayli butun Kalininsk frontida keskin burilish yasalgan, 136-oʻqchi polki bir necha  chaqirim front ichkarisiga siljib, dushman qamalidagi qishloqlarni ozod etgan ekan. Rajab Yusupov esa shu jangdagi alohida jasorati uchun Oliy Bosh qoʻmondonlik buyrugʻiga binoan "Qizil Yulduz” ordeni bilan mukofotlandi.

Rajab Yusupov Ikkinchi jahon urushidagi mislsiz jasorati uchun "Qizil Yulduz” ordenidan tashqari, "Jasurligi uchun”, "Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun”, tinchlik yillarida "Gʻalabaning 20 yilligi” va Gʻalabaning 50, 60, 70 yilligi kabi oʻnlab jangovar va yubiley medallari bilan taqdirlandi. 1943-yilning avgust oyidan to 1944-yilning  fevral oyiga qadar ogʻir urush jarohatlari bilan yashagan Rajab Yusupov qishlogʻiga yarimjon holatda qaytib keldi. Uzoq vaqt davolanib, oyoqqa turgach, oʻsha paytdagi Xorazm viloyati, Mangʻit tumaniga qarashli Oxunboboyev nomli kolxozda tabelchi, 1951-1957-yillarda 2-sonli MTSda hisobchi vazifalarida faoliyat yuritdi. Keyinchalik u Amudaryo tumanining yirik paxtachilik xoʻjaligi – sobiq M.Gorkiy nomli davlat xoʻjaligida oddiy ishchi boʻlib mehnat qildi. Uning boriga ham, yoʻgʻiga ham koʻnib, ogʻiriga yelkadosh, sirlariga sirdosh boʻlib yashagan umr yoʻldoshi Qizlargul momo Yusupova bilan 11 nafar farzandni tarbiyalab, voyaga  yetkazishdi. Farzandlarining barchasi oʻqimishli, tadbirkor, eng muhimi, mehr-oqibatli.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻgʻlimga mening cheksiz minnatdorchiligimni yetkazing, – deydi otaxon shukronalik va mamnunlik bilan. – Biz keksalarga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrliklari, Oʻzbekistondagi tinchlik-totuvlik, toʻkin-sochinlik uchun ming-ming rahmat. Mana, mening uyimga, shundoq yotoqxonam yonboshiga zamonaviy hammom qurib berishdi. Navbatsiz yengil avtomobil olishim uchun gʻamxoʻrlik koʻrsatishyapti. Bundan ortiq  eʼtibor va ragʻbat boʻlmaydi, bolalarim.

Umrining 95 bahorini qarshilagan Rajab bobo Yusupov davlatimiz gʻamxoʻrligidan behad minnatdorligini aytishdan, bugungi dorilomon zamonamizga shukronalar qilishdan aslo charchamaydilar. Urushning ayovsiz dahshatlarini boshidan kechirib, mustabid tuzum davrining inson taqdiriga otilgan toshlari zarbasiga matonat bilan chidab, dorilomon kunlar gashtini surishdek saodatli onlarga yetgan boboning 9 oʻgʻil, 2 nafar qizlarining barchasi tinib-tinchib ketishgan. Hatto birlari bobo, birlari momolik maqomiga yetishib, boboning xonadonidan ildiz otgan Yusupovlar, Rajabovlarning oʻzi bugun bir mahalla boʻlishgan. Rajab bobo 100 nafardan ortiq nevara-chevara-yu, evaralarining baʼzan ismlarini adashtirib, barchasini "Yulduz” deb chaqiradilar-da, bundan oʻzlari ham zavqlanib ketadilar:

– Bugungi yoshlarning har biri bir yulduz, – deydi bobo faxr bilan. – Oʻzbekiston yulduzlari, tinchlik, farovonlik, totuvlik yulduzlari! Ilohim, ana shu yulduzlarimiz hamisha porlab tursin, tinchligimizga koʻz tegmasin!

Biz ham Rajab bobo Yusupovning tilaklariga oshno boʻldik. Ildizi tinchlikdan kuch olgan bu xonadonning pir-u badavlat sohibi – Rajab bobo Yusupovga sogʻlik, kuch-quvvat tiladik.

Robiya YOʻLDOShEVA.

M.ShOMURODOV olgan suratlar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019