“Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolğiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida haşar taşkil etildi
Mamlakatimiz böylab Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayramini munosib kutib oliş va uni yuqori saviyada nişonlaş maqsadida keng kölamli tayyorgarlik işlari qizğin pallaga kirdi. Bayram arafasida yurtimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu şior ostida barça hududlarda xalqimizning mehr-oqibat, hamjihatlik va bağrikenglik kabi eng gözal fazilatlari yanada yaqqol namoyon bölmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-iyuldagi yiğiliş bayoni ijrosini taʼminlaşga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida joylarda keng qamrovli obodonlaştiriş, bunyodkorlik va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini manzilli qöllab-quvvatlaş işlari uyuşqoqlik bilan amalga oşirilmoqda. Ana şunday ezgu taşabbuslarning amaliy ifodasi sifatida Amudaryo tumanida ham aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, xususan, yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar holidan xabar oliş, ularning yaşaş şaroitlarini yaxşilaşga qaratilgan tizimli işlar yölga qöyildi.
Jumladan, Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining masʼul xodimlari tomonidan “Yolğiz keksa” reyestriga kiritilgan, doimiy eʼtibor va ğamxörlikka muhtoj fuqarolarning xonadonlarida haşar yöli bilan tozalik va obodonlaştiriş tadbirlari taşkil etildi.
Tumandagi Çoyköl ovuli hududida istiqomat qiluvçi, yolğiz yaşovçi nogironligi bölgan şaxslar Rahima Jumaniyazova hamda Töxta Saburova, şuningdek, Uyşin mahallasida yaşovçi yolğiz nogironligi bölgan fuqaro Şavkat Raximabayevning xonadonlarida sanitariya-tozalaş işlari olib borildi. Mazkur xayrli va savobli işlar Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari, “Mahalla yettiligi” vakillari hamda “Qurboniyazov Jasur” masʼuliyati çeklangan jamiyati assistentlarining özaro faol hamkorligida amalga oşirildi.
Jarayon davomida uşbu xonadonlar va ularning atrof hududlarida joylaşgan daraxtlarga ohak surtilib, tevarak-atrofga şakl berildi. Bundan taşqari, çuqur tozalaş işlari olib borilib, hovli va uy atrofi turli xil maişiy çiqindilar hamda yovvoyi begona ötlardan töliq tozalandi. Natijada hudud qatʼiy sanitariya va gigiyena talablariga muvofiq holatga keltirilib, ozodalik va tartib örnatildi.
Albatta, bunday tadbirlar faqatgina jismoniy mehnat yoki tozalaş işlari bilan çeklanib qolmaydi. Masʼullar tomonidan uşbu fuqarolarning holidan xabar olinib, ularning yaşaş şaroitlari, soğliği va ruhiy holati yaqindan örganildi. Ular bilan ötkazilgan dildan suhbatlar davomida tibbiy, psixologik va boşqa turdagi maişiy-ijtimoiy xizmatlarga bölgan ehtiyojlari tahlil qilinib, mutaxassislar tomonidan tegişli maslahat va kerakli yöl-yöriqlar berildi.
Olib borilgan obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari natijasida uşbu xonadonlarning sanitariya holati yaxşilanib, yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarning munosib yaşaşi uçun yanada qulay va ozoda muhit yaratildi. Bunday xayrli va insonparvarlik tadbirlari jamiyatimizda yolğiz keksalar hamda nogironligi bölgan şaxslarni har tomonlama va manzilli qöllab-quvvatlaş, ularning hayotga bölgan qiziqişi va turmuş sifatini oşirişga xizmat qilişi bilan birga, mahallalarda mehr-oqibat, özaro hurmat hamda hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaşda muhim omil bölmoqda.
Mamlakatimiz böylab Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayramini kötarinki ruhda nişonlaşga tayyorgarlik köriş hamda bayram tadbirlarini yuqori saviyada ötkaziş yuzasidan belgilangan çora-tadbirlar ijrosi doirasidagi bu kabi ezgu işlar tasdiqlangan reja asosida barça hududlarda izçil davom ettirilmoqda. Heç bir inson mehr eʼtibordan çetda qolmaydigan yurtimizda haqiqiy bayram şukuhi har bir xonadonga, har bir yurtdoşimiz qalbiga kirib bormoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶