15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 04:50
Jamiyat 👁 211

2023-YILNING MAShHUR 7TA ILMIY KAShFIYoTI

2023-YILNING MAShHUR 7TA ILMIY KAShFIYoTI

Ana xolos:  Uygʻongan qadimiy qurt

Olimlar 46 000-yil davomida uxlab yotgan nematoda qurtini jonlantirishga muvaffaq boʻlishdi. Bu biz bilgan eng uzoq uyqu davri! Olimlar shu paytgacha bor-yoʻgʻi 39-yil uxlagan mavjudotlarni uygʻotishga muvaffaq boʻlishgan.

Bu kashfiyot bizga uzoq umr koʻrish va bundan 46 ming yil avval nematoda muzlab uxlab qolgan paytda mavjud boʻlgan dunyoni oʻrganish imkonini beradi. Qizigʻi shundaki, bu qurt Sibirdagi abadiy muzliklarda topilgan – bu biz mazkur hududdagi qadimgi hayot haqida koʻproq maʼlumot olishimiz mumkinligini anglatadi.

Dengiz tubida yangi ekotizim

Olimlar sayyoramizdagi hayotni oʻrganish va tushunish uchun yangi imkoniyatlar yaratib, okean ostida butunlay yangi dunyoni kashf etdilar. Ekotizim dengiz tubiga chuqur shoʻngʻiydigan robot tufayli kashf etilgan. Tinch okeani tubidagi gidrotermal teshiklar ostidan qurtlar, salyangozlar va kimyosintetik bakteriyalar topilgan.

Ushbu kashfiyot dengiz resurslari va biologik xilma-xillikni saqlash va himoya qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Va bu insoniyat sayyoramiz haqida qanchalik oz narsa bilishini koʻrsatib, kelgusida yanada koʻproq kashfiyotlar qilishga ilhomlantiradi.

Bir nechta muhim yangi dorilar

Rossiya olimlari ankilozan spondilitga qarshi yangi dori yaratishdi. Ushbu surunkali yalligʻlanish holati bel ogʻrigʻi va progressiv umurtqa qattiqlik bilan namoyon boʻladi. Koʻpincha ankilozan spondilit juda ertadan - 20-30 yoshda sodir boʻladi. Yangi dori bunday bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin.

Bundan tashqari, FDA (AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi) Altsgeymer kasalligi uchun yangi dorini tasdiqladi. Preparat kognitiv funktsiyalarni yoʻqotishni 27 foizga toʻxtatishga imkon beradi, ammo miya shishi shaklida yon taʼsirga ham ega. Rivojlangan mamlakatlarda Altsgeymer kasalligi oʻlim sabablari boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi, shuning uchun koʻplab resurslar shifo topishga sarflanadi. Yangi dori ushbu neyrodegenerativ kasallikni yanada samarali davolashga umid beradi.

Oʻsimliklarning qichqirigʻi

Olimlar oʻsimliklar oʻzini yomon his qilganda, masalan, ularda namlik yetarli boʻlmasa yoki aksincha, namlik ortib ketib, oʻsimlik chirishni boshlasa, tovush chiqarib, qichqirishini kashf qildilar. Qichqiriq ultratovush diapazonida eshitiladi, shuning uchun biz uni eshita olmaymiz, lekin maxsus qurilmalar eshita oladi. Hayvonlar bilan ham xuddi shunday holat kuzatiladi. Balki gullar ham hasharotlar bilan gaplashar – ular nima haqida gaplashayotganini tasavvur qiling!

Bu kashfiyot bizga nafaqat oʻsimlik dunyosi haqida qiziqarli maʼlumot beradi, balki oʻsimliklar bu maʼlumotlarni qanday uzatishi haqida ham tasavvur uygʻotadi. Bu dehqonlar mehnatiga ham taʼsir koʻrsatib, yetishtirilayotgan ekinlarning holatiga tashxis qoʻyishga boshqacharoq nazar tashlash imkonini yaratadi.

Grippga qarshi universal emlash

Gripp – keng tarqalgan va juda xavfli virus boʻlib, har yili dunyo boʻy-lab 250–650 ming kishining oʻlimiga sabab boʻladi. U tezda mutatsiyaga uchraydi, shuning uchun vaktsina har yili yangilanishi kerak. Shu sababli, butun dunyo olimlari universal, yaʼni uzoq muddatli grippga qarshi emlash retseptini izlash ustida uzoq vaqtdan buyon bosh qotirib keladilar. 2023-yilda buning imkonini beruvchi birinchi jiddiy sabablar paydo boʻldi.

Ayni paytda Qoʻshma Shtatlarda bir nechta dorilar birinchi sinovdan oʻtkazilmoqda. Milliy salomatlik instituti yaratgan preparat ustida 2-bosqich tadqiqotlari oʻtkazilmoqda. Yaʼni, preparatning odamlar uchun xavfsiz ekanligi tekshirilmoqda. Bu borada Modernaning mRNK texnologiyasiga asoslangan yana bir ishlanmasi (bu texnologiya yordamida birinchi Covid vaktsinalari yaratilgan) ham yakuniga yetkazilmoqda. Rossiya olimlari ham grippga qarshi oʻz universal dori vositalarini ishlab chiqmoqdalar.

Kelajak matosi:

u tashqi taʼsir ostida rangini va shaklini oʻzgartiradi

Vaterlou Universiteti olimlari bir vaqtning oʻzida shakli va rangini oʻzgartira  oladigan aqlli matoni namoyish qilishdi. Transformatsiya tashqi stimullarga – issiqlik va elektr energiyasiga javoban sodir boʻladi.

Agar siz matoni fen yoki boshqa qurilma bilan qizdirsangiz, u binafsha rangdan koʻk rangga oʻzgaradi. Asosiy qoida – 200Sdan  600Sgacha boʻlgan harorat oraligʻini ushlash. Aks holda “sehr” sodir boʻlmaydi.

Mato soviganda, u asl binafsha rangiga qaytadi. Hozirgi bu variant faqat ikkita rangni oʻzida namoyon qiladi, ammo keyinchalik palitrani kengaytirish mumkin.

Mikroblar past haroratda plastmassani parchalashi aniqlandi

Alp togʻlari va Arktikada past haroratlarda plastmassani yutib yuborishi mumkin boʻlgan mikroblar topildi. Bu poligonlarda toʻplanib, jahon okeanlarini bulgʻayotgan plastik chiqindilarni utilizatsiya qilish bilan bogʻliq katta muammoning yechimi boʻlishi mumkin.

30 darajadan yuqori haroratlarda plastmassani parchalash qobiliyatiga ega bakteriyalar allaqachon maʼlum boʻlgan. Lekin ularni sanoatda qoʻllash uchun juda koʻp energiya kerak boʻladi, bu esa qimmatga tushadi va atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishiga olib keladi.

Shveytsariyaning WSL Federal instituti olimlari plastikni 15 daraja Tselsiyda parchalashi mumkin boʻlgan mikroorganizmlarni aniqladilar. Bu esa qayta ishlash uchun inqilobiy yechim sifatida baholanmoqda.

Internet materiallari asosida Robiya Yoʻldosheva tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019