AMUDARYoDA YILNING ENG YaXŞILARI “EʼTIROF–2025” MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI
Har bir yil tarix sahifalariga özining betakror voqealari, ulkan bunyodkorlik işlari va erişilgan yutuqlari bilan muhrlanadi. 2025-yil ham Amudaryo tumani hayotida taraqqiyot, yangilaniş va inson manfaatlari ustuvor bölgan yil sifatida öçmas iz qoldirdi. Tugab borayotgan yil mobaynida tumanda amalga oşirilgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş dasturlari, infratuzilmani yaxşilaşga qaratilgan loyihalar aholi turmuş darajasini sezilarli oşirişga xizmat qildi. Ana şu yutuqlarning asosiy ijodkorlari bölgan zahmatkaş insonlarni munosib eʼtirof etiş, ularning mehnatiga çuqur hurmat va minnatdorlik bildiriş maqsadida Yangi yil bayrami arafasida “Eʼtirof–2025” tantanali taqdirlaş marosimi taşkil etildi.
Amudaryo tumani hokimligi taşabbusi bilan ötkazilgan uşbu nufuzli tadbirga davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, mahalla faollari, nuroniylar, faol yoşlar, taʼlim, soğliqni saqlaş, qişloq xöjaligi, sanoat, xizmat körsatiş sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan peşqadam işçi-xizmatçilar jam böldilar. Marosim şunçaki yil yakunlariga bağişlangan hisobot yiğilişi emas, balki inson qadri uluğlangan jamiyatda har bir halol mehnat, har bir taşabbus davlat va jamoatçilik eʼtiboridan çetda qolmasligining yorqin ifodasi böldi.
Tadbirni Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov oçib berdi. U öz nutqida yakunlanayotgan 2025-yilda tuman iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotida röy bergan muhim özgarişlarga keng töxtalib ötdi. Xususan, taʼlim sohasida maktab va maktabgaça taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlangani, zamonaviy öquv xonalari, laboratoriyalar taşkil etilgani, öqituvçilarning kasbiy salohiyatini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar samara berayotgani taʼkidlandi.
Soğliqni saqlaş tizimida ham aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va qamrovi kengayib, qişloq vraçlik punktlari va oilaviy şifokorlik markazlari zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlandi. Şuningdek, qişloq xöjaligida suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, yer unumdorligini oşiriş, fermer va dehqon xöjaliklarini qöllab-quvvatlaş böyiça salmoqli işlar amalga oşirildi. Bu esa tuman iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaş, aholi daromadlarini oşirişga xizmat qildi.
Infratuzilmani yaxşilaş, içki yöllarni taʼmirlaş, içimlik suvi, elektr va gaz taʼminoti tizimlarini yangilaş, yangi turarjoy massivlari barpo etiş böyiça olib borilgan işlar ham aholining kundalik hayotida katta yengillik yaratdi. Tuman rahbari öz sözida bunday natijalar raqamlar yoki hisobotlar bilan emas, balki odamlar hayotidagi özgarişlar bilan ölçanişini alohida taʼkidladi.
— Har bir yutuq ortida oddiy insonlarning sidqidildan qilingan mehnati, masʼuliyati va fidoyiligi yotibdi. Bugungi “Eʼtirof–2025” marosimi ana şu mehnat sohiblariga bildirilayotgan xalqimizning va davlatimizning yuksak minnatdorligidir — dedi tuman hokimi.
Marosimning eng hayajonli va unutilmas qismi — taqdirlaş jarayoni böldi. Sahnaga yil davomida öz kasbiga sadoqat bilan yondaşib, jamoatçilik orasida obrö-eʼtibor qozongan öqituvçi va şifokorlar, muhandis va quruvçilar, tadbirkor va fermerlar, şuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari taklif etildi.
Taqdirlanganlarga tuman hokimligining taşakkurnomalari hamda esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi. Mukofot sohiblari öz çiqişlarida bunday eʼtibor va ğamxörlik ular uçun katta masʼuliyat ekanini, kelgusida yanada samarali mehnat qiliş, tuman ravnaqiga hissa qöşişga undaşini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Darhaqiqat, mehnat eʼtirof etilgan joyda yangi taşabbuslar, yangi ğoyalar vujudga keladi.
Tadbirning badiiy qismi keçaga alohida şukuh bağişladi. Tuman Madaniyat bölimi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan katta kontsert dasturi iştirokçilar eʼtiboriga havola qilindi. Isteʼdodli xonandalar ijrosidagi Vatanni, mehnatni, tinçlik va birdamlikni uluğlovçi qöşiqlar, raqs jamoalarining çiqişlari barçaga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
“Eʼtirof–2025” tantanali taqdilaş marosimi yana bir bor şuni isbotladiki, Amudaryo tumanida inson omiliga bölgan eʼtibor, mehnatkaşlarga hurmat va ularni rağbatlantiriş davlat siyosati darajasida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu tantana nafaqat ötgan yil sarhisobi, balki kelayotgan 2026-yil uçun belgilab olingan yangi maqsadlar sari taşlangan işonçli qadam böldi.
Zero, mehnat qadrlangan, inson eʼzozlangan yurtda taraqqiyot bardavom böladi. Amudaryoliklar yangi yilni ana şunday yuksak işonç, birdamlik va katta maqsadlar bilan qarşi olmoqdalar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶