Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya ötkazildi
Bugungi kunda global iqlim özgarişlari, suv resurslarining taqçilligi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş masalalari dunyo hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Ayniqsa, ekologik vaziyati öziga xos va murakkab bölgan Orolböyi mintaqasida qişloq xöjaligini faqatgina ilm-fan yutuqlariga va raqamli texnologiyalarga asoslangan holda rivojlantiriş hayotiy zarurat hisoblanadi. Ana şunday strategik maqsadlarni közlagan holda, Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida “Qişloq xöjaligining dolzarb masalalari va innovatsion yeçimlar” mavzusida nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bölib ötdi.
Mazkur anjuman nafaqat mintaqa olimlarini, balki jahonning yetakçi agrar mutaxassislarini yagona ilmiy platformada birlaştirgani bilan ahamiyatli böldi. Tadbirda Yaponiya, Qozoğiston, Turkiya kabi agrar sohasi rivojlangan davlatlardan taşrif buyurgan yetakçi professorlar, xalqaro ekspertlar hamda Özbekistonning turli hududlaridan kelgan taniqli olimlar iştirok etdilar.
Konferentsiyada Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, Vazirlar Kengaşi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi masʼul rahbarlari va vakillari ham qatnaşib, sohadagi davlat siyosatining ustuvor yönalişlari haqida fikr bildirdilar.
Anjumanni Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Berdiyar Jollibekov kiriş sözi bilan oçib berdi. Rektor öz nutqida bugungi kunda institutda olib borilayotgan keng kölamli islohotlar, taʼlim, fan va işlab çiqariş integratsiyasining kuçaytirilayotgani haqida töxtaldi. Xususan, institutning ilmiy salohiyati, amalga oşirilayotgan ilmiy-tadqiqot işlari va sönggi yillarda olimlar tomonidan yaratilgan yangi navlar hamda texnologiyalar borasida erişilgan natijalar iştirokçilar eʼtiboriga havola etildi.
Konferentsiya öz işini beşta asosiy şöʼbaga bölingan holda davom ettirdi. Bu esa sohadagi muammolarni çuqur va atrofliça tahlil qiliş imkonini berdi. Birinçi şöʼbada qişloq xöjaligi sohasida erişilgan umumiy ilmiy yutuqlar, mavjud tizimli muammolar va istiqbol rejalari muhokama qilindi. Ikkinçi şöʼba iştirokçilari Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi vakillari bilan hamkorlikda çorvaçilik sohasidagi muammolar va ularning yeçimlariga urğu berdilar. Naslçilikni yaxşilaş va ozuqa bazasini mustahkamlaş masalalari diqqat markazida böldi.
Uçinçi şöʼbada qişloq xöjaligining drayver yönalişlaridan bölgan ipakçilik va akvakultura sohasidagi masalalar va ularni rivojlantiriş tamoyillari körib çiqilgan bölsa, törtinçi şöʼba mintaqa uçun eng oğriqli mavzu – ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi masalalarni yeçişda zamonaviy ğoyalar va innovatsion yeçimlarga bağişlandi. Beşinçi şöʼbada esa qişloq xöjaligi masalalarini yeçişda axborot texnologiyalari, aniq va tabiiy fanlarning ahamiyati, “aqlli qişloq xöjaligi” tizimini joriy etiş masalalari tahlil qilindi.
Tadbir davomida qişloq xöjaligida suv tejovçi zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalasi qiziğin munozaralarga sabab böldi. Xalqaro olimlar tomonidan tomçilatib suğoriş, resurslardan samarali foydalaniş va ularning iqtisodiy samaradorligi böyiça taqdimotlar ötkazildi. Xususan, Yaponiya va Turkiya tajribasi misolida şörlangan yerlarda dehqonçilik qilişning yangi usullari körsatib berildi.
Institutning zooinjeneriya fakulteti tomonidan taşkillaştirilgan mazkur konferentsiya yakunida qişloq xöjaligi tizimini modernizatsiya qiliş, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etiş va bu borada xalqaro hamda mahalliy ilmiy muassasalar örtasidagi özaro hamkorlikni kengaytiriş zarurligi taʼkidlandi.
Tadbir söngida faol iştirokçilarga institut maʼmuriyati tomonidan esdalik sovğalari va maxsus sertifikatlar topşirildi. Uşbu anjuman Orolböyi mintaqasida agrar sohani ilm-fan asosida rivojlantiriş yölidagi muhim qadam böldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶