14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 14:46
Jamiyat 👁 231

MULOYIMLIK, QATTIQQOʻLLIK, AYYoRLIK: yashash "formula"si insonda qanday boʻlishi kerak?!

MULOYIMLIK, QATTIQQOʻLLIK, AYYoRLIK: yashash "formula"si insonda qanday boʻlishi kerak?!

Asal boʻlib yutilib ketishni, zahar boʻlib tuflanib ketishni istamagan odam oʻzi uchun hayot kechirishning optimal yechimlarini axtarib koʻradi, dastlab. Keyin-chi?! Keyin nima boʻlishini keyinroq bilib olasiz.

Oʻzining dunyosida yashaydigan odamlarni hurmat qilaman: doim oʻzi bilan oʻzi band boʻladi, oʻzi bilan oʻzi dardlashadi, gapirishi va kiyinishlari ham gʻalati tuyuladi boshqalarga. Odatda, bundaylarni tentak deyishadi, yoʻlda ortidan mazax qilib qoladiganlaram topiladi. Biroq ana shunday "boshqacha" hayot tarziga ega insonlarning dunyosiga kirib razm solsangiz, ular siz-u bizdan aqlliroq, dunyoqarashi teranroq ekanini anglaysiz. Bular osmondan olingan gaplar emas, hayotiy kuzatuvlarim. 

Muloyimlik – insoniyatning eng yaxshi xislati! Yaxshilikkayam, yomonlikkayam xushfeʼllik bilan javob qaytarish, oʻzaro hurmat, yon berish, takalluf, shirin soʻz... Qanchadan-qancha dushmanlarni doʻstga, doʻstni qarindoshga aylantirib yuborish xususiyatiga ega. Muloyim odam xuddi bol tutayotgan barmoq misol, bir yomon tomoni – baʼzan shundaylar ham topiladiki, asal tutgan barmoqni tishlab, uzib oladi... Yuraksizlarga sening yumshoq feʼling nima-yu, koʻngling nima? Har narsada meʼyor kerak.

Qattiqqoʻllik – unga izoh yaxshilikka yoki yomonlikka ishlatilganiga qarab beriladi.

Ayyorlik – aynan mana shu illat bilan avval koʻkka "uchib", soʻng taraqa-turuq qilib yerga "qulagan" odamni taniyman. Yiqilgandayam yomon "yiqildi"da shoʻrlik. Xullas, u ham hozir yashash uchun boshqa "operatsiya" qidirib yuribdi...

Endi savol tugʻiladi, yashash uchun qaysi "formula" ish beradi?

Muloyim boʻlib, etiklar ostida qolgan yaproqday ezgʻilanish kerakmi? Yoki qattiqqoʻllik bilan soxta hurmatga ega boʻlish kerakmi? Menimcha, yaxshi yashash uchun yana bir ommabop variant – ayyorlik. Lekin meni tanishimga oʻxshab, yerga "yiqilib" burning sinmasa boʻldi..."

Bino ichkarisida ancha vaqtdan beri davom etayotgan pardozlash ishlari yomon taʼsir qildimi, yo boʻlmasam ishxonadagi hujjatlar ustidan  boʻladigan tekshir-tekshirlar yuragiga ogʻir botdimi, xullas, u bemavrid vafot etdi. Yomon qattiqqoʻl odam edi-da boyaqish, jahli chiqsa, xontaxtani agʻdarardi, kimdir uning yonida nooʻrinroq gapirib qoʻysa, ketidan piyola uchardi-ya", deb eslaydi uni odamlar...

Zamon oʻzgardimi yoki zamonni odamlar oʻzgartirdimi, muloyimlik kamaydi. Mehr-oqibat, odamgarchilik yoʻqlik yoqasiga kelib qolganday. Tabiatda turgʻunlik yoʻqday. Agarda mendan kimdir yashash uchun ishlab chiqilgan yuqoridagi yoʻnalishlardan qaysi birini tanlashimni soʻraganida hech birini tanlamagan boʻlardim. Sababi, inson uchun hayot kechirishning eng optimal yechimi bu – oʻzing boʻlib yashash! Va oʻzing boʻlib qolish. Aslingdan uzoqlashib, oʻzingdan umuman boshqa insonni yaratib olish esa qadaringga qarshi borishday gap. Shahardagi mashhur restoranda bir qoʻlingda sanchqi, bir qoʻlingda pichoq tutib, madaniyat bilan ovqatlanib, qishloqdagi buvijonnikiga borganda oshni yeng shimarib, qoshiqsiz, qoʻlda yeyishing oʻzingga maʼlum boʻlsa, xoʻsh, boshqalar buni sezmaydimi? Sezadi. Keragida muloyim boʻlish, keragida meʼyoridan oshmagan qattiqqoʻllik, chegaradan chiqmagan ayyorlik deyarli barchamizda mavjud xislatlar. Faqat ular kimdadir oz miqdorda, kimdadir oshib ketgan shaklda namoyon boʻladi. Hayot sahnasida esa kimdir boʻri, kimdir tulki, kimdir quyon. Agar bu gapni qishloqdagi buvijonim eshitganida: – "Boʻri" boʻlib hech kimni gʻajima, "tulki" boʻlib hech kimni chuv tushirma, "quyon" boʻlib hurkib yashama bolam, – derdilar.

"Binodagi ichki pardozlash ishlari tugadi. Tekshir-tekshirlarda hech qanday kirdikor fosh boʻlmadi. Chunki kirdikorning oʻzi yoʻq edi-da, ishxonada. Oʻzgargani – bir insonning yoʻqolgani boʻldi. Hayotligida men sanagan obrazlarning uchtasiniyam qoʻllab koʻrgan oʻsha odamning atrofidagilar endilikda yashash uchun "formula" izlamaydigan boʻldi..."

Aziza Madrahimova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019