SUYaKSIZ TIL – KIMLIGINGIZNI KÖRSATADI
Odatda uç-tört nafar odam yiğilsa, çor-atrofni “tekislaş”, yaʼni qöni-qöşni, qarindoşlarni muhokama qiliş boşlanib ketadi. Bunday damlarda “aytilgan gap şu yerda qolsin-a”, “yana meni aytdi demang”, kabi iboralar köp işlatiladi. Şuning öziyoq aytilayotgan gapning rostligiga şubha uyğotadi, odamda. Baʼzan rost gapni aytişdan ham tiyiliş lozim böladigan holatlar ham uçrab turadi.
Keyingi vaqtlarda davralardagi suhbatlar mavzui ham kengayib borayapti, menimça. Çunki katta-yu kiçikning qölida şapaloqdek “sotka,” ijtimoiy tarmoqlarda istaganiça kezadi. Öqigan maʼnili, maʼnisiz xabarlarini xuddi biron narsa ixtiro qilgan odamday boşqalarga yetkazişga intiladi. Bunday bemaʼni suhbatlarga umrining aziz lahzalari sarf bölayotganini öylamaydi.
Eng açinarlisi, odamlarning, ayniqsa, yoşlarning xorij hayotiga taqlid qilişga, şarqona odob-axloq qoidalariga bepisand qaraşiga olib kelayapti.
Asrlar davomida özbek xonadonlarida katta yoşli odamning sözini bölmay eşitiş, gap qaytarmaslik, ovozni kötarib gapirmaslik, ularga beminnat xizmat qilişdek odob-axloq qoidalari hukmron bölib kelgan. Bu öz navbatida oilalar tinç-totuv, ahil yaşaşini taʼminlagan.
Keyingi yillarda qadriyat darajasiga kötarilgan buningdek urf-odatlarimizga, şarqona odobimizga putur yetayotgani barçaga yaqqol ayon. Çor-atrofingizga nazar solsangiz – birov-birovdan ovozini kötarib gapirişga intilayotganini körasiz. Barça sözamol. Köp gapning maʼnilisidan köra, maʼnisizi köproq bölişi tayin.
Insonning vujudida pokiza tutilişi lozim bölgan eng muhim aʼzo – bu tildir. Baʼzan tilni tiyiş, sukut saqlaş inson hayotidagi köpgina noxuş hodisalarning oldini olişi, sukut saqlagan insonning kuçliligini körsatib qöyişi mumkin. Axir Pifagorning “ha” va “yöq” sözlari juda qisqa bölsa ham ular jiddiy fikrlaşni talab qiladi”, degani bejizga emas-da.
Töğri mulohaza bilan sözlaş, öz demoqçi bölganini şirin suxanlik bilan aytiş ham yuksak odob belgisi. Kişining lutfi uning kimligini ayon qilib turadi. Zero, jumlai jahonni, barça jonzotlarni yaratgan uluğ zot insongagina zabon, aql-idrok ato etgan. Bas, şunday ekan, öylamasdan gapirişdan, bemaʼni, foydasiz sözlarni gapirişdan tiyilişimiz ham zarur. Zero, tiliga hokim bölolmagan kişi söng puşaymon yeydi.
Aytişlariça bir donişmanddan qizini uzatayotgan kişi unga yangi oilasida özini qanday tutişi lozimligi xususida nasihat berişni sörabdi. Donişmand unga: “Közing kör, tiling soqov, quloğing kar bölsin”, deb javob bergan ekan.
Qissadan hissa şuki, odam körgan yo eşitganini, öqiganini hammaga aytaverişi (agar boşqalarga manfaati bölmasa) şart emas. Tilim bor, deb unga erk beravermasdan sukut saqlaş ham baʼzan inson qadrini oşiradi. Fikrimga qöşilasizmi, aziz gazetxon?
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶