LOLALAR
Sevinçoy Umrboyeva 85-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi. U maktabda aʼlo öqiş bilan birga badiiy ijod bilan ham şuğullanadi.
Quyida Sevinçoyning yangi hikoyasini eʼtiboringizga havola qilamiz.
Ğamgin köngilli bolaning öz tengqurlari orasida emin-erkin, yayrab yurişi ilojsiz ekan. Lola bunday köngil azoblarini öz boşidan keçirdi. U peşonasini yomğirdan höl bölgan deraza oynalariga tirab, yaqin ötmiş kunlarini esga oldi.
... Oilani muqaddas qörğon, deydilar. Lekin bu muqaddas qörğonning kam-köstini butun qiliş ulkan maşaqqatlar bilan bölar ekan. Buni Lola murğak qizaloq paytidanoq his etdi. Çunki oilada biror yetişmovçilik sodir bölsa, onasi janjal kötarib, bunda dadasini ayblardi. Oilada bölib turadigan bunday janjallardan Lolaning yuragi bezillab qolgan edi.
Öşa kungi janjal Qodir akaning toqatini toq qildi. U uydan çiqib ketganiça köp yillar davomida daragi bölmadi.
Umida opa qizi bilan yolğiz yaşaşga qiynalib, qarindoşlari yaşaydigan qişloqqa köçib keldi.
Dadasining siymosi Lolaning esiga ğira-şira kelar, nahotki endi dadamni körmayman, deya xayolga çömar, onasidan dadasi haqida söraşga çöçirdi. Ayniqsa, yangi maktab, yangi qişloq odamlari, yangi tanişlar orasida özini önğaysiz sezardi. Maktabda sinfdoşlari suhbatlaşib ötirişarkan, gap aylanib işga ketgan dadalar haqida bölar, bunday paytlarda ular orasida “dadam menga u olib keldi”, “bunday sovğa olib keladi”, degan bahslar avjiga çiqardi. Şunday paytlarda Lola juda ğamgin bölib qolar edi. Dadam qaytarmikan, degan oğir bir öy boşida aylanaverardi.
Lola hayotning qiyinçiliklarini boşidan keçirib yaşab örgangani uçunmi, tengqurlariga qaraganda ança oğir-bosiq tutardi özini. Kamgap bu qiz yangi sinfdoşlarga yoqib qoldi. Lekin beş qöl barobar emas ekan. Sinfdagi eng şaddod qiz Lobarga bu holat yoqmadi. U Lolaning har bir harakatidan biror kamçilik axtarib, uni kamsitişga urinardi. Bir kuni bayram oldidan öqituvçi sinfga kirib:
– Sizlarning sinfdagi qizlar bayram tadbirida guruh bölib raqsga tuşasizlar, qani kim raqsga tuşadi, – dedi.
Qizlar baravar qöl kötarişdi, Lola ham raqs guruhiga qöşiliş istagini bildirib qöl kötardi. Şunda Lobar yana öz “hujumini” boşladi.
– Raqsga tuşiş uçun alohida köylak kiyiş kerak, sen köylakka pulni qayoqdan olasan, sening otang bölmasa... Lola sinfdan otilib çiqib, uyiga ketdi.
Bu gaplardan xabar topgan sinf rahbari Lobarni qattiq koyidi.
Bayramda özining çiroyli raqsi bilan Lola barçaning eʼtiborini qozondi.
Maktabda öqişlar davom etardi. Özining vazminligi, odobi bilan ajralib turadigan Lola sinfdoşlari orasida katta hurmatga ega bölib oldi. Ularning döstligi şu darajaga borib yetdiki, Lobar Lolaga lola gullarining uruğini keltirib berdi. “Özing Lolasan, uyingda ham lolalar ösib tursin”, dedi hazillaşib.
Lolaning könglidagi dadasini qaytarib olib keliş fikri uni tinç qöymasdi.
Bir kuni keçki ovqat paytida onasidan “oyi, dadam uyga qaytadimi?” deb söradi. Onasi bu gapni eşitib qizini quçoqlaganiça uzoq öyga toldi.
Umida opa sönggi kunlarda ikki öt örtasida qolgan edi. Bir tomondan erining uydan çiqib ketişida özini aybdor his qilib qiynalsa, ikkinçi tomondan qizining otasiz, ğamgin ösayotganligidan kuyardi. Axir kimdir oilaning yana but bölişi uçun ğururdan qaytişi kerak-ku?
Umida opaga qizining bu gapi turtki böldi.
– Böldi, jonim, qizim, sening nomingdan dadangga qönğiroq qilaman, u sen uçun albatta keladi, – dedi.
Lola sevinganidan çapak çalib, onasini mahkam quçoqladi. Köp ötmay Qodir aka oilasiga qaytib kelib, barçaning quvonçiga sababçi böldi.
Lola bugungi kundagi quvonçli hayotidan mamnun holda deraza oldida ösayotgan lola gullariga suv quyarkan, onasi eşikni oçib:
– Lolalar, qani ovqatga, – dedi.
Oila aʼzolari ahillik bilan dasturxon atrofiga töplanişdi.
Sevinçoy Umrboyeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶