Ajabtovur urf-odatlar haqida bilasizmi?
“Bormayman, Otajon, bormayman! Onajon, ketmayman!..” yor-yor aytilgaç, boşiga hayo pardasi sanalmiş çimildiq tortilgan qizning ikki yangasi qizning ikki qölidan oxista uşlab, el-u yurt duosini olib, kuyov tomonga otlanayotgan kelinçakning ham alamli, ham şarafli nolasi bu! Alamli deganim boisi, şunça yil tuğilib-ösgan ota uyni tark etiş oson emas. Şaraflisi – bu baxtli kunga erişiş, ota uyning ostonasidan obrö-eʼtibor, iffat bilan, elning oq fotihasini olib çiqib ketiş uluğ baxt. Bu onda qizning samimiy yiğisiga atrofdagilar ham qöşiladi. Ha, har bir amudaryoliklar xonadonidagi qizlar mana şu gözal udum ila kuzatib qöyiladi qayn yurtga. “Uyidan yiğlab ketgan qiz kulib keladi mehmonga”, deya hazillaşib qöyadi yangalar.
Darhaqiqat, har bir xalqning, har bir millatning, mamlakat içidagi har bir hududning öz udumi, tutumi, urf-odatlari bor. Biriniki birinikiga öxşamaydi, takrorlanmaydi. Dunyoning turli burçaklarida yaşovçi xalqlarda esa biz bilmagan turli xil dasturlar, udumlar borki, ularni körmasligimiz mumkin, ammo maqolamiz davomida bu haqida öqişingiz va mulohaza yuritişingiz mumkin.
1. Gruzinlarda qiziq odat bor. Gruzinlar mast holatda heç qaçon maşina haydamaydi.Agar siz gruzinnikiga mehmon bölib borsangiz va meʼyordan köp şarob içib qöysangiz, bemalol politsiyaga qönğiroq qilib, içganingiz, hozir maşina roliga ötirsangiz, halokat sodir bölişi mumkinligi haqida ogohlantira olasiz. Şundan söng politsiyaçilar siz aytgan manzilga kelib, özingiz va maşinangizni manzilga bepul eltib qöyişadi.
2. SEMIZ KELINNI SEVADIGAN YuRT. Bu yurt Mavritaniya deb ataladi. Mavritaniya Ğarbiy Afrikada joylaşgan islomiy respublika sanaladi. Bu yerda kelin qança semiz bölsa, şunça gözal hisoblanadi. Şuning uçun ota-ona turmuşga uzatiş oldidan qizlarini alohida «tarbiyaçi»lar ixtiyoriga topşiradi. Qizlar alohida joylarda öşa tarbiyaçilar nazoratida köproq va yana köproq ovqatlanişadi. 8-10 yoşli qizlar ikki kilogaça kuçli kaloriyaga ega taomni yeb bitirişlari, kuniga 100 stakan tuya suti içişlari talab etiladi. Şundan keyin bu qiz yana bir boşqa joyga yuboriladi. Yangi joyda qiz bola heç qanday harakat sodir etmasdan, keça-yu kunduz faqat ovqat yeyişi kerak böladi.
3. Skandinaviyaliklarni dunyoning eng baxtli odamlari deyişadi. Ularning ayrim qoidalar:
1. Oila mehri
Daniyaliklarda uydagi şinamlik hamda qarindoşlar va döstlar bilan muloqotdagi mehrni anglatuvçi juda çiroyli söz bor — «hyugge» (hygge). Bu — juda köp xuşxör taom va içimliklarga töla stol atrofida şamlar yoğdusi ostida va issiqqina kamin atrofida yaqinlar bilan suhbat quriş jarayoni. «hyugge»ni har qanday oila uyuştira olişi mumkin, şu sababli unda dabdaba va manmanlikdan asar ham yöq. «hyugge» — bu jipslik, mehr-oqibat, yaqinlarning qöllaşi va eʼtiborini bildiradi.
Boz ustiga, «hyugge» sözi Oksford luğati talqiniga köra, 2016-yili işlatilgan eng maşhur yangi sözlar qatoridan örin olgan.
2. Kamtarlik va özgaga hurmat. Skandinaviya davlatlarida «Yante qonuni» deb ataluvçi qoidalar majmuasi bor. Bu qoida biror joyda qoğozga aniq qilib tuşirilmagan va individualizmga bölgan huquqni aslo tan olmaydi:
– Men bir xos insonman, deb öylama;
– bizning tengimizsan, deb öylama;
– bizdan aqlliroqsan, deb öylama;
– bizdan yaxşiroqsan, deb öylay körma;
– bizdan köproq narsani bilasan, deb öylama;
– bizdan muhimroqsan, deb öylama;
– barça narsa qölingdan keladi, deb öylama;
– bizning ustimizdan kulişga urinma;
– kimningdir sen bilan işi bor deb öylay körma;
– bizga nimanidir örgatişga qodirsan, deb öylama.
Garçi skandinaviyaliklarning özi bu qonun-qoidalar ustidan tez-tez hajv qilib, kulib turişsa-da, u haqiqatdan ham favqulodda döstona va jips jamiyat hosil bölişiga olib kelgan. Kamtarona böliş va atrofidagi insonlarni hurmat qiliş — bu skandinavça hayot tarzi. Bundan taşqari, bu qonun insonlarni takabbur va manman bölişdan qaytaradi, bu davlatlarda özining erişgan natijalaridan kekkayiş va boyligini köz-köz qiliş odat tusiga kirmagan.
Internet materiallari asosida Aziza Madrahimova tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶