Aholiga qonunçilikdagi yangi özgarişlar haqida maʼlumotlar berildi
Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlaş, aholining huquqiy savodxonligini oşiriş va muammolarni joyiga çiqqan holda hal etiş maqsadida joylarda sayyor qabullar ötkazilişi anʼanaga aylangan. Xususan 24-iyun kuni Amudaryo tumanining Amir Temur ovul fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida ham ana şunday huquqiy muloqot bölib ötdi. Tadbirda jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev, fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi sudyasi Muhabbat Qaypova, şuningdek, Prezident xalq qabulxonasi boş mutaxassisi Sanʼat Avezov, "Madad" taşkiloti yuristi Davron Pirmanov hamda mahalla raisi Şohrux Qodirovlar iştirok etib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yeçim izladilar.
Oçiq muloqot davomida dastlab ekologiya sohasidagi jinoyatlarning oldini olişda sud qarorlarining ahamiyati haqida söz yuritildi. Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev taʼkidlaganidek, tabiiy muhitni asraş va resurslardan oqilona foydalaniş umummilliy vazifa bölib, suv va havo ifloslanişi, örmonlarni noqonuniy kesiş kabi holatlarga qarşi kuraşda sud tizimi qatʼiy pozitsiyani namoyon qilmoqda.
Sud raisi şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 11-iyun kuni imzolangan qonun bilan giyohvandlik vositalari va kuçli taʼsir qiluvçi moddalar aylanmasiga qarşi kuraşiş böyiça qonunçilikka kiritilgan özgarişlarga ham töxtalib ötdi. Mazkur özgarişlardan keyin Jinoyat kodeksiga "Aholi salomatligi va genofondiga qarşi jinoyatlar" deb nomlangan yangi bob kiritildi. Endilikda narkotiklar bilan boğliq jinoyatlar şunçaki jamoat xavfsizligiga emas, balki millat soğliği va kelajak avlod taqdiriga qilingan tahdid sifatida baholanadi. Yangi kiritilgan yana bir moddaga asosan ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etganlik uçun 5-yildan 20-yilgaça, bu kabi jinoyatlarga homiylik va rahnamolik qilgan mansabdorlar uçun esa 5-yildan 20-yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilandi. Şuningdek, giyohvand moddalarni tarqatiş uçun bangixona saqlaganlar 3-yildan 12-yilgaça, voyaga yetmaganlarni bu illatga jalb qilganlar esa 5-yildan 10-yilgaça qamalişi qatʼiy belgilab qöyilgan.
Endilikda 1 gramm yoki 50 kilogramm bölişidan qatʼi nazar, narkotik moddani har qanday şaklda tarqatiş 10-yildan 20-yilgaça bölgan qamoq jazosiga sabab böladi. Şu bilan birga, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan özgartişlarga köra, jamoat joylarida giyohvand moddalarni isteʼmol qilganlik uçun 15 sutkagaça maʼmuriy qamoq belgilandi. Maʼlumotlarga qaraganda, sönggi 4-yil içida giyohvandlik jinoyatlarini takroran sodir etganlar soni 125 foizga oşgani sababli, Jinoyat kodeksining 73-moddasiga binoan ayrim öta oğir narkojinoyatlar uçun muddatidan ilgari şartli ozod qiliş tartibi bekor qilindi.
Sayyor qabul davomida fuqarolik işlari böyiça tuman sudi sudyasi Muhabbat Qaypova tomonidan yer va suv resurslaridan foydalaniş bilan boğliq nizolar tahlil qilindi. Qişloq xöjaligida ekin maydonlarining çegarasi, suğoriş tarmoqlarini tösib qöyiş yoki suv limitlariga rioya etmaslik eng köp uçraydigan nizolar sirasiga kiradi. Qonunçilikka köra, bunday holatlar dastlab muqobil tartibda suv xöjaligi organlari va mahalliy hokimliklar yordamida, kelişuvga erişilmagan taqdirda esa sud orqali hal etiladi. Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga asosan ğayriqonuniy harakatlar oqibatida zarar yetkazilgan taqdirda, masalan, suv sizib çiqişi oqibatida yerning botqoqlanişi yoki ekinlarning qurib qolişi holatlarida, aniq zarar miqdori aybdordan undirib berilişi tuşuntirildi. Kelgusida bunday muammolarning oldini oliş uçun raqamlaştirişni joriy etiş va suv hisoblagiçlarni örnatiş eng maqbul yeçim ekanligi qayd etildi.
Tadbir yakunida fuqarolar özlarini qiziqtirgan barça huquqiy masalalar yuzasidan mutaxassislarga murojaat qilib, tölaqonli va asosli javoblar oldilar. Prezident xalq qabulxonasi boş mutaxassisi hamda "Madad" nodavlat notijorat taşkiloti yuristi tomonidan ham öz vakolatlari doirasida iştirokçilarga zaruriy huquqiy maslahatlar berildi. Qizğin bahs va munozaralarga boy bölgan uşbu oçiq muloqot aholining qonunlarga bölgan işonçini mustahkamlaş va joylardagi huquqiy muammolarga vaqtida yeçim topiş borasida özining yuksak samarasini körsatdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶