17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 15:22
Jamiyat 👁 699

AHOLINING SIFATLI TIBBIY YoRDAM OLISh IMKONIYaTLARI KENGAYMOQDA

AHOLINING SIFATLI TIBBIY YoRDAM OLISh IMKONIYaTLARI KENGAYMOQDA

Tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bugun ustuvorlik kasb etmoqda. Shu bois, keyingi yillarda mamlakatimizda sogʻlikni saqlash sohasida ichzil islohotlar olib borilmoqda. Natijada, aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligi oshmoqda, barcha boʻgʻindagi tibbiyot tarmoqlari raqamlashtirilmoqda, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy sugʻurta tizimi tatbiq qilinmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida tibbiyotni tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etildi. Mazkur amaliyot shu yildan boshlab Toshkent shahri tibbiyot muassasalariga tatbiq qilinyapti. Eʼtiborlisi, tibbiyot muassasalariga joriy qilingan davlat tibbiy sugʻurtasi bosqichma-bosqich respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari hamda 22 ta xususiy tibbiyot tashkilotlariga ham joriy etildi. Bu esa davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlarida davlat mablagʻlari hisobidan tibbiy xizmatlar olish huquqini bermoqda.

Davlat hisobidan kafolatlangan tibbiy xizmatni rivojlantirish maqsadida 2021-yildan boshlab, tibbiyotning birlamchi boʻgʻinida aholini 66 turdagi, 2022-yilda esa 120 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan bepul taʼminlash yoʻlga qoʻyildi. Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda surunkali kasalliklar boʻyicha “D” nazoratidagi bemorlar elektron retsept asosida dorixonadan bepul beriladigan 11 turdagi dori vositalari bilan ambulator davolash “reimbursatsiya” tizimi joriy etildi. Bunda asosan, yuqori qon bosimi, yurak xuruji, qandli diabet, nafas yoʻllari surunkali kasalliklari boʻyicha davolanishda fuqarolar uzoqqa bormasdan dorilarini poliklinikaning oʻzida yoki unga yaqin joylashgan dorixonadan olishmoqda.

Bularning barchasi fuqarolarimizning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat mablagʻlari hisobidan bepul olishga boʻlgan Konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash imkonini bermoqda. Chunki aholining ayrim qatlamlari pulli asosda yoki xususiy shifoxonalar xizmatidan foydalanishga imkoniyati yetmasligi mumkin. Bunday vaziyatda davlat oʻz fuqarosini kafolatlangan tibbiy xizmat bilan taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga olgani, yaʼni, barchaga kafolatlangan paket doirasida, sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bepul tibbiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlashi, fuqarolar, ayniqsa, moddiy sharoiti yaxshi boʻlmagan fuqarolarning sogʻligini saqlashga davlat gʻamxoʻrlik qilishdan toʻxtamasligini anglatadi.

Buning uchun, albatta mamlakatimizda barcha choralar koʻrilmoqda. Masalan, sohaga ajratilayotgan mablagʻlar sezilarli darajada oshdi. Birgina 2022-yilning oʻzida tibbiyot sohasiga byudjetdan 29 trln. soʻm yoʻnaltirilgan boʻlib, bu mablagʻ 2016-yilga nisbatan 5 baravar koʻpdir. Oʻtgan besh yilda shifoxonalar va tez tibbiy yordam punktlarini dori-darmon, tibbiy buyumlar bilan taʼminlashga ajratilayotgan mablagʻlar 12 baravar koʻpaytirildi.

Mamlakatimizda inson salomatligi va uning turmush farovonligiga boʻlgan bunday eʼtibor natijasida shifo maskanlarida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati oshib, fuqarolar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, sogʻlikni saqlash sohasiga Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishdan oldin Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya, Frantsiya, Germaniya, Norvegiya, Rossiya kabi davlatlarning tibbiy sohaga oid tajribasi atroflicha oʻrganildi.

Tahlillar shuni koʻrsatdiki, bugungi kunda koʻplab mamlakatlarda maxsus tibbiy sugʻurtalash jamgʻarmalari faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy maqsadi — bemorlarga sifatli tibbiy va profilaktik yordam koʻrsatilishini taʼminlash uchun majburiy tibbiy sugʻurtalash tizimini  moliyalashtirishdir.

Sugʻurta oʻzi nima? Sugʻurtadan aholiga nima foyda? Bu tibbiyot tizimiga nima beradi, kabi savollar tugʻilishi mumkin. Sugʻurta soʻzi koʻpchilikda majburiy, foydasiz narsa degan salbiy fikrlar uygʻotishi tabiiy. Negaki, koʻp hollarda sugʻurta majburiy boʻlib, odamlar tegishli miqdorda mablagʻ toʻlab, sugʻurta polislari sotib oladi. Ammo bugun milliy sogʻlikni saqlash tizimiga joriy etilgan sugʻurta tizimida aholi pul toʻlamaydi, sugʻurta doirasida har bir fuqaroning salomatligini kafolatlangan paket asosida davlat byudjeti mablagʻi hisobidan sugʻurta qilinadi. Bu bilan sohaga ajratilayotgan byudjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish, kasalliklarni erta aniqlash, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va koʻlamini yanada oshirishga erishiladi.

Tibbiyot sohasida sugʻurta tizimining toʻliq yoʻlga qoʻyilishi  sogʻlikni saqlash tizimiga ajratilayotgan mablagʻlar doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ulushi oshishiga, aholining ijtimoiy zaif toifalari vakillarining sifatli tibbiy xizmat bilan taʼminlanganlik darajasini oshirishga, tibbiy xizmatlar bozorida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga, aholining tibbiy yordam uchun toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlovlari darajasini kamaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, tibbiyot muassasalarining moliyaviy mustaqilligini yaxshilash, tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish, aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam koʻrsatishga xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb qilgan holda tibbiy xizmatlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Bir soʻz bilan aytganda, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga zamin yaratadi.

Zumrad BEKATOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi depututi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026