HUDUDLAR EKOLOGIK HOLATINI YaXŞILAŞDA JAMOATÇILIKNING FAOLLIGI OŞMOQDA
Atrof muhit muhofazasi – eng avvalo soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkazişning muhim omillaridan biridir. Çunki, biz yaşayotgan makon qançalik toza, sarişta va kökalamzor bölsa, hayot tarzimiz şunçalar gözal bölib boraveradi. Bunday muhitda yaşaş nainki farzandlarimizga, balki özimizga ham zavq-şavq bağişlaydi.
"Ekologik nazorat töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasida fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari bandma-band belgilab berilgan. Unga köra özini özi boşqariş organlari atrof muhit ifloslanişining oldini oliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, fuqarolarning hayotiga, soğligiga jiddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan holatlarning oldini oliş borasida qonun hujjatlariga muvofiq atrof muhit muhofazasi bilan boğliq barça muammolarni hal etişda masʼuldir.
Xöş, tumanimizdagi "Çoyköl”, "Qipçoq” va "Qangli” OFYlari hududida atrof muhit muhofazasi, obodonlaştiriş işlarining borişi qay ahvolda? Bu işlarga masʼul bölgan özini özi boşqariş organlari tomonidan ekologik nazorat işlari yuritilyaptimi? Bugungi suhbatimiz ana şu xususda.
Raşid Yöldoşev, "Çoyköl” OFY raisi:
– Bizning "Çoyköl” ovulimiz juğrofiy örni jihatidan juda qulay yerda joylaşgan. Ovulning bir çekkasi Manğit şahriga tutaşib ketganligi bois, ovul guzari kun sayin gözal qiyofa kasb etib bormoqda.
Ovul hududida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini olib borişda tuman DSENM xodimlari, tuman xotin-qizlar qömitasi, obodonlaştiriş boşqarmasi, hududdagi umumtaʼlim maktablari va mahalla qömitalari bilan qilayotgan hamkorlikdagi işlarimiz yaxşi natijalar bermoqda. Ayniqsa, ovul xududidan oqib ötuvçi "Bosuv” kanalining muhofaza xududini, qabristonlarni obodonlaştiriş, turar joylarning fasad qismini oqlaş, taʼmirga muxtoj xonadonlarda taʼmirlaş işlarini olib borişda aholi bilan birgalikda iş yuritiş bu boradagi köplab muammolarni hal qiliş imkonini berdi. Çunonçi, barça suv yöllari böyida tabiiy ravişda ösib, köpayuvçi töronğil, jigildak, qoramon kabi daraxtlarning noqonuniy kesilişiga barham berildi. Kanaldan suv oluvçi barça ariqlar tozalanib, zarur joylarda qaziş işlari olib borildi va yondoş ariqlarning soğa qismiga kötarma bögat (şandor)lar qurildi.
Ovul ahli öz xonadonlarinigina emas, köçalarni, özlari yaşaydigan mahalla hududini toza saqlaş uçun jon kuydiradilar. Xonadonlardan çiqadigan axlatlarning asosiy qismini öz tomorqa xöjaligi uçun foydali mahalliy mineral öğitga aylantiriş yöllarini yaxşi biladilar.
Ovul xududidagi Qoraqipçoq, Şayx qalʼa va Çoqça aholi punktlarida axlat taşlaydigan öralar qurildi. Qabristonlar obodonlaştirilib, yer isrofgarçiligiga çek qöyildi. Eng muhimi, ovulimiz hududi aholisini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş maqsadida "Şayx qalʼa”, "Nöğoy eşon”, "Qoraqipçoq”, "Os” aholi punktlariga salkam 16 kilometr uzunlikda toza içimlik suvi tarmoqlari tortildi.
Uluğbek Olloberganov, "Qangli” OFY raisi:
– Halqimizda asrlar sinovidan ötgan bir ibora bor: "özini anglagan odam özgani anglaydi”, – deydilar. Haqiqatan ham, öz hayotini töğri yölga solişning uddasidan çiqqan odam öz yaqinlaridan, qöni-qöşnilaridan ham şuni talab qila oladi. Ayniqsa, atrof-muhit muhofazasi masalasida. Öz xonadonida soğlom turmuş tarzini qaror toptirgan inson atrofdagilarga ham ijobiy taʼsirini ötkaza oladi. Şu nuqtai nazardan kelib çiqib aytmoqçimanki, "Qangli” ovuli hududida yaşovçi aholi yilning barça fasllarida ham birday tozalikni taʼminlaşga harakat qilişadi. Har yilgi köçat ekiş oyligi deysizmi, obodonlaştiriş va atrof tabiiy muhit muhofazasi deysizmi, barça tadbirlarda faol iştirok etişadi. Natijada, ötgan yilgi köçat ekiş oyligida ovulimiz ahli tomonidan 3000 tup manzarali, 2500 tupdan ortiq mevali daraxt hamda 4000 tupdan ziyod gul köçatlari ötqazildi. Tuman xotin-qizlar qömitasi va obodonlaştiriş boşqarmasi bilan hamkorlikda köçatlarning rivojlaniş darajasini nazorat qilib körganimizda, ularning 90 foizi unib-ösib, tuproqqa ildiz taşlayotganini kuzatdik. Bu nimadan dalolat? Bu–eng avvalo ovulimiz ahlining öz tuğilgan maskaniga mehri balandligidan. Qolaversa, ona Vatanning har bir qariç yerini boğroğga aylantiriş tuyğusining kuçliligidandir.
Biz tuman DSENM xodimlari, bilan hamkorlikda hududimizdagi suv yöllarining tozaligini taʼminlaş, oqar suv isrof bölişining oldini oliş maqsadida nazorat-kuzatuv işlarini tizimli ravişda, rejaga muvofiq olib boramiz. Ayniqsa, oqar suvdan noqonuniy foydalaniş holatlarining oldini olişda samarali işlar amalga oşirilmoqda. Natijada toza suvni zahkaşlarga oqizib qöyiş, oqar suv yöllariga axlatlar taşlaş holatlariga çek qöyildi. Ovul hududidagi 2 ta mahallada maxsus axlat taşlaş joylari qurilib, xonadonlardan çiqarib taşlanadigan axlatlar endilikda zararsizlantirilib, aholi yaşaş joylaridan uzoqqa çiqarib taşlanişiga erişilmoqda.
Ovul hududidagi yaşil maydonlarni yanada kengaytiriş, suv yöllarining böylaridagi tabiiy daraxtzorlarni asrab-avaylaş esa doimiy diqqat markazimizda. Çunki, har bir tup daraxt–eng avvalo tabiiy, sof kislorod manbai, ekologik sanitar vazifasini ötaydi. Ana şu tabiat inʼomidan oqilona foydalaniş–har birimizning zimmamizdagi burçimizdir.
Tirkaşboy Jumaniyozov, "Qipçoq” OFY raisi:
–Qipçoq ovuli tumanimizdagi yirik ovullardan biri. Bundan taşqari, hududimizdan Amudaryo oqib ötadi, 3 ta mahallani birlaştirgan ovul hududini obodonlaştiriş, ekologik muhitni soğlomlaştiriş bugungi kunda nafaqat OFY va MFY raisining, balki har bir fuqaroning masʼuliyatli vazifasiga aylangan. Hudud aholisini oqar suv bilan taʼminlovçi Qipçoq arna kanalining muhofaza hududini toza saqlaş eng birinçi galdagi vazifamizga kiradi. Fermer xöjaliklari hisobida turuvçi ijaraçi-dehqonlarning va aholining özlari uçun önğay, töğri kelgan joydan arnadan suv olişi natijasida arna qirğoqlari ança zaiflaşib, suv isrofgarçiligiga yöl qöyiliş holatlari sodir böldi. OFY va Qipçoq MMTP masʼullari bilan hamkorlikda ötkazilgan nazorat natijasida bu salbiy holatga barham berilib, Qipçoq arna kanalidan suv oluvçilar uçun 17 ta joyda maxsus buramali şandor(bögat)lar qurildi.
Hududimizdagi tabiiy örmonzorlarni asrab-avaylaş maqsadida Amudaryo va Qipçoq arna kanalining muhofaza hududida tabiiy ravişda ösib, köpaygan daraxtlar jiddiy nazorat qilingani bois, ularni töğri kelgan odam kesib ketişiga çek qöyildi. Xududdagi köçalarda va Manğit-Qipçoq davlat ahamiyatidagi avtomobil yöli böyining ovulimiz hududidagi qismida yilning barça fasllarida keng miqyosda obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda.
Har yili kamida 39-40 ming tup mevali, 45-46 ming tup manzarali daraxt köçatlari va 2000 tupdan ziyod gul köçatlari ekilib, ularning unib-ösib ketişiga alohida eʼtibor berilganidan ovulimiz sönggi yillarda boğ-roğlar göşasiga aylandi. Bu esa xalqimiz dasturxonining tökinligi, farovonligining,eng muhimi, soğlom turmuş tarzining birdan-bir asosidir.
Muloqotni Robiya Yöldoşeva yozib oldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶