14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 05:04
Maqolalar 👁 255

VIJDON AZOBI...

VIJDON AZOBI...

(Hayotiy voqea)

Xolida aya chuqur “uh” tortdi... Bugun tongning otishi juda qiyin boʻldi. Tuni bilan koʻzlarining yoshi tinmadi. Yigʻlayverib yostiq jildlari hoʻl boʻlib ketdi, buni bilsa ham yigʻlayverdi, yigʻlayverdi, u yogʻidan-bu yogʻiga agʻdarilishga ham kuchi yoʻq edi. Koʻz oldiga chopqillab  yurgan ikkita nevarasi kelaverdi...

Oʻgʻli oʻzi tanlab, oʻzi suyib uylandi. Kelinga gap yoʻq, yuvoshgina, aqlli, epchil. U bu oilaga kelishi bilan dala ishlariga ham, roʻzgʻor ishlariga ham  koʻnikdi. Kelinlik vazifasini aʼlo bajardi. Yaxshi gapirdi, mehmon kutdi, roʻzgʻor ishlarining hammasini epladi. Kamchilik kimda yoʻq deysiz, hammada ham bor, kelinning kamchilikligini qaynona bildirmasagina oila tinch boʻladi. Roʻzgʻorga baraka kiradi...

Xolida aya aybni oʻzidan izlay boshladi...

Kelini ikkita oʻgʻildan soʻng tugʻmadi, buni uning yuziga solaverdi. Kelin bechora ulgurolmagan ishlarni sanab, oʻgʻliga vaysashdan tinmadi, baʼzida ikkovini urishtirib xumoridan chiqdi, bu uyda men xoʻjayinman, degandek gerdaygan kunlari qancha?

Alloh ikkita nevara ham berdi. Ketma-ket ikkita oʻgʻilli boʻlgan kelin bolalari bilan andarmon boʻlib, baʼzi ishlar qolib ketdi.

Roʻzgʻorda kamchilik topilaverdi, ikkita goʻdakning parvarishi kelinni toliqtirdi.

Chala ishlar koʻpaydi, buni qaynona kelinning yuziga solishdan charchamadi.

Lekin kelini aqlli, sabr-toqatli ekan. Baʼzida xonasiga berkinib yigʻlab-yigʻlab olardi, dardini yashirardi. Kimga aytsin, onasiga gapirolmaydi, "oʻzing tanlab tegding", deyishi aniq, shunga ichiga yutadi, yana roʻzgʻor ishlariga kirishib ketaveradi. Na iloj – bolalari bor, erini sevadi, qaytsa, ota-onasiga qiyin boʻlishini biladi, yaxshi boʻlib ketadi, degan umid bilan alamini ichiga yutib yuraverdi kelin...

Shu asnoda oʻgʻil oʻzgardi, xotiniga qattiq-qattiq gapiradigan, jerkadigan, ichib kelib azob beradigan odatlari koʻpaydi, baʼzan qoʻl koʻtaradigan ham boʻldi. Ona buni bilardi, bilgan sari sevinardi. Oʻgʻliga dakki bermaydi. Erini ham aralashmang, deb qayirib solardi.

Oilada hayot mana shunday davom etar, yegan oshi bir kun tatisa, oʻn kun tatimaydi, ogʻzibirchilik ketib, kelinning yuzi-koʻzi koʻkarib yurganlari butun qishloqqa ovoza boʻldi. Koʻza kunda emas, kunida sinadi, deyishadi.

Kelinning sabri tugadi, u bolalari maktabga chiqqunicha yaxshilikni kutgan edi. Ammo kutgani boʻlmadi, farzandlari aqlli, yuzi-koʻzi koʻkargan onasi yigʻlasa, otasini yomon koʻradigan boʻlishdi.

Ota-onasidan necha yillar yashirgan sirlari oshkor boʻldi. Kelin qatʼiy bir qarorga keldi:

- Ajrashaman, boshqa choram yoʻq.

Uning bu gapini eshitgan er eshikni koʻrsatdi:

- Ket, ketaver!

Ona kerildi:

- Oʻgʻlimga onasi oʻpmagan qiz olib beraman!

Oilada hech kim uning yoʻlini toʻsmadi, ikkala oʻgʻlini yetaklab chiqib ketayotgan kelin orqasiga oʻgirildi. Oʻtgan 8-yil davomida xizmat qilgan xonadonida uni ushlab turadigan hech narsa yoʻq ekanligidan ezildi.

- Baxtimga bolalarim sogʻ boʻlsin, - dedi-yu bu xonadonni bir umrga tark etdi...

Oradan kunlar, haftalar oʻtdi...

Kelin ortga qaytmadi...

Xolida ayaning yuragi bezovta qildi. U nevaralarini sogʻindi, oʻzidan oʻtganini ichi bildi, Allohdan qoʻrqdi. U endi qachon boshqa kelin oladi-yu, qachon nevarali boʻladi?

Oʻgʻlining hayoti bunday buzilib ketishida oʻzining aybi koʻproq, buni biladi. Bilgani sari vijdoni qiynaladi. U tonglar qanday otishini bilmaydi, bilolmaydi, oʻz xatolarini sanayveradi, qilgan ishidan vijdoni qiynalib azoblanaveradi. Ikkala nevarasi koʻz oldidan ketmaydi.

Uyidan esa kelini bilan birga fayz-baraka ham ketib boʻlgan, oʻgʻli doim kayf-safoda, yarim tunda eshik taqqilatishni odat qilgan. Doim nevaralar qurshovida oʻtiradigan aya endi yakka moxovga oʻxshab qolgan yolgʻiz, na yegani, na ichgani tatiydi. Nevaralari sogʻinchi yiqdimi, eri ham oʻtib ketdi. Shu kunlarda mish-mishlar koʻpayib qolgan.

Emishki, Xolida aya oʻgʻliga kelinlikka qiz izlayotganmish...

Tuni bilan nevaralarini sogʻinib yigʻlagan Xolida aya kunduzi tamoman oʻzgaradi. Sababi u qalbida daraxtdek yashab ketgan gʻururidan na voz kecha oladi, na uni sindira oladi. Ikkala oʻgʻil nevarasini sogʻinsa ham, kelinining aytarli tarozi toshini bosadigan aybi yoʻqligini bilsa hamki, tunda vijdon azobidan qiynalib, “mana shu tong otsin, nevaralarimni olib kelaman”  degan qarorga keladi-yu, oʻz gʻurur otidan tusholmay ikkilanaveradi. Mana shu ikkilanishlarga bugun chek qoʻyildi. Sababi, sud tomonidan kelinining ajrim haqidagi arizasini oʻqishi bilan, butun tanasi boʻshashib qoldi. Va shu yerda qon bosimi oshdimi, jonsiz yiqildi...

 

Zuhra Ahmedova.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019