VIJDON VA FIKR ERKINLIGI DAXLSIZDIR
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakatimiz fuqarolarining namunali hayot keçiriş, baxtli yaşaş, orzu-intilişlari, qobiliyatlarini amalda namoyon etişlari uçun mustahkam kafolatli Qomusdir.
Asosiy Qonunimizning 29-moddasida qayd etilganidek: "Har kim fikrlaş, söz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim özi istagan axborotni izlaş, oliş va uni tarqatiş huquqiga ega. Amaldagi Konstitutsiyaviy tuzumga qarşi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boşqa çeklaşlar bundan mustasnodir. Fikr yuritiş va uni ifodalaş erkinligi faqat davlat siri va boşqa sirlarga taalluqli bölgan taqdirdagina qonun bilan çeklanişi mumkin”.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, Konstitutsiyamizning barça moddalarining matnida garçi söz va fikr erkinligi, matbuot erkinligi, eʼtiqod erkinligi kabi iboralar işlatilmasa ham, fuqarolarning ana şu huquq va erkinliklari himoya qilinadi. 29-modda esa töğridan-töğri insonning fikrlaş, söz va matbuot erkinligini taʼminlaşga qaratilganligi, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi huquqiy maqomi belgilab qöyilgan qoidalarni özida mujassam etganligi bilan ahamiyatlidir.
Bundan taşqari, mamlakatimizda fuqarolarning vijdon va diniy erkinligi ham Konstitutsiyamizda mustahkamlab qöyilgan.
Konstitutsiyamizning 31-moddasida belgilab qöyilganidek: "Hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qiliş yoki heç qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmaydi”. Bundan taşqari, "Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida fuqarolarning dinga munosabatida teng huquqlilik printsipi belgilab qöyilgan. Unga köra, fuqarolar dinga munosabatidan qatʼiy nazar, qonun oldida tengdirlar.
Mamlakatimizda fuqarolarning dinga eʼtiqod qilişi, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni ötkazişi diniy taşkilotlar rahnamoligida, amaldagi qonunlar doirasida amalga oşiriladi.
Mamlakatimiz fuqarolari diniy öquv yurtlarida tahsil olişni istasalar, albatta Özbekiston Respublikasining "Taʼlim töğrisida”gi Qonuniga muvofiq umumiy majburiy örta taʼlim olganidan keyin oliy va örta maxsus diniy öquv yurtlariga hujjat topşirişlari va sinovlardan ötgaç, öqişga qabul qiliniş huquqlariga ega.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz fuqarolarining vijdon va diniy eʼtiqod erkinligi, fikrlaş va söz erkinligi Konstitutsiyamizda mustahkam kafolatlab qöyilgan va fuqarolarimizning bu huquq va erkinliklarini çeklab qöyişga heç kimning haqi yöq.
Robiya
YÖLDOŞEVA,
"Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbiri.
(Foto: markaz.tiu.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶