Konstitutsiya va vijdon erkinligi
Mamlakatimiz Boş Qomusi – Konstitutsiya qabul qilinganligiga 26-yil töldi. Köp millatli mamlakatimiz fuqarolarining huquq va majburiyatlarini, imtiyozlari-yu, burçlarini taʼminlovçi boş omil bu – Konstitutsiyadir. Konstitutsiya davlatimiz mustaqilligining ulkan ramzi bölib, unda öz istiqlol va taraqqiyot yölimiz aks etgan. Konstitutsiyamizda inson hayoti, uning şaʼni, qadr-qimmati, haq-huquqlari, manfaatlari oliy qadriyat sifatida mustahkamlab qöyilgan va boş maqsadimiz – faqat huquqiy demokratik davlat emas, balki adolatli jamiyat quriş ekani aniq-ravşan belgilab berilgan.
Özbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bağrikenglik, barça dinlarga bir xilda munosabatlari uşbu tamoyil asosida amalga oşiriladi.
Qomusimizda barça millat vakillari uçun teng fuqarolik huquqi mustahkamlab qöyilgan. Dinga eʼtiqod qiluvçi fuqarolar ham jamiyatning tarkibiy qismi va şu sababli din fuqarolik jamiyatida öz mavqeiga ega.
Konstitutsiyamizdagi normalar dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-meʼyoriy talablarga töla javob beradi. Har qanday dinga eʼtiqod qiluvçi va heç qanday dinga eʼtiqod qilmaydigan kişilar uçun bir xildagi şartlar qöyilişini taʼminlovçi Özbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, şunday deyiladi: “Hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qiliş yoki heç qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmaydi”.
Bağrikenglik tamoyili Konstitutsiyamizning barça moddalarida öz aksini topgan, desak xato bölmaydi. Özbekiston hududida yaşovçi har bir fuqaroning manfaatlari, haq-huquq va burçlari Qonunimiz doirasida aniqlanib, belgilab qöyilgan. Har kim öz eʼtiqodiga amal qilişda erkin bölgani holda bu huquqqa boşqalar ham ega ekanligini eʼtirof etmoq lozim.
Özbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasi qadr-qimmatini heç narsa bilan ölçab va tenglaştirib bölmaydi. Çunki unda mustahkamlangan qoidalarda va ifodalangan ğoyalar zamirida xalqning, millatning huquq va erkinliklari mujassam. Uni aziz deb bilib, Konstitutsiyadagi qoidalar asosida yaşaş bizning kelgusi hayotimiz farovon bölişining asosidir. Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi örni va ahamiyatini keng tarğib etiş, yoş avlodni qonunlarimizga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalaş işlariga munosib hissa qöşişimiz lozim.
Öktam QUPBONIYoZOV, “Nöğoy eşon”
jomeʼ masjidi imom-xatibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶