13.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
13.10.2026, 22:21
Siyosat 👁 1,043

Konstitutsiya — taraqqiyot mezoni, istiqlol poydevori

Konstitutsiya — taraqqiyot mezoni, istiqlol poydevori

Amudaryo tumani 8-dekabr bosh qomusimiz qabul qilingan sana keng nishonlandi. Tuman Madaniyat uyida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbir nafaqat bayramona ruhda, balki mamlakatimizning demokratik taraqqiyot yoʻlidagi islohotlari, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlovchi asosiy hujjat – Bosh qomusimizning oʻrni va ahamiyati xususidagi fikr-mulohazalarga boy tarzda oʻtdi.

Tadbirni tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov ochib berdi. U oʻz nutqida u 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan Konstitutsiya nafaqat huquqiy asos, balki davlatimizning mustaqil taraqqiyot yoʻlini belgilab bergan tarixiy hujjat ekanini taʼkidladi.

Taʼkidlanganidek, bugun muhtaram Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida yangi davrni boshlab berdi. Bosh qomusimizda belgilangan har bir qoida — bugungi hayotimizning bosh mezoni

Tuman prokurori Bahram Masharipov oʻz chiqishida Konstitutsiyaning davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi va jamiyat hayotidagi oʻrniga alohida toʻxtaldi. “Konstitutsiya – bu shunchaki rasmiy hujjat emas, balki har bir fuqaroning huquqlarini himoya qiluvchi, jamiyatda adolat va barqarorlikni taʼminlovchi bosh kafolatdir. Davlat siyosatida qonun ustuvorligini taʼminlash aynan shu hujjatda belgilangan tamoyillarga asoslanadi”, — deya taʼkidladi tuman prokurori. Shuningdek, soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar, yangilangan Oʻzbekistonning demokratik tamoyillarga tayangan holda rivojlanayotganini misollar bilan tushuntirib berdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar Konstitutsiyaning hayotiy ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtishdi. Bosh qomusimizda belgilab qoʻyilgan “Inson – davlat uchun emas, davlat – inson uchun” tamoyili bugungi amaliyotda oʻz ifodasini topayotgani eʼtirof etildi.

Bayram tadbiri tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan bayram kontsert dasturi bilan davom etdi. Vatan, tinchlik, doʻstlik va birdamlikni tarannum etgan kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Madaniyat boʻlimi ijodkorlari, umidli xonandalar va yosh isteʼdodlarning chiqishlari barchaga unutilmas lahzalarni taqdim etdi.

Konstitutsiya – ertangi barqaror hayotning huquqiy kafolati. 33-yil davomida Bosh qomusimiz Oʻzbekistonning davlat qurilishi, siyosiy tizimi, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilishning bosh tamoyili boʻlib xizmat qilib kelmoqda.

Bugun Konstitutsiyamiz xalq manfaatlariga xizmat qilayotgan, islohotlar va yangilanishlar poydevorini belgilab berayotgan, har bir fuqaroning munosib hayotini taʼminlashga qaratilgan huquqiy kafolatlar majmuasidir.

Bayram tadbiri nafaqat quvonch, balki fuqarolarning Konstitutsiyaga, qonun ustuvorligiga, milliy taraqqiyot yoʻliga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamladi.

8-dekabr sanasi - Konstitutsiya kuni – bu umumxalq bayrami, davlatimizning mustaqil yoʻlidagi eng muhim qadamlarni esga soluvchi, har birimizni yanada masʼuliyatli boʻlishga undovchi tarixiy sana.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026