Konstitutsiya bayrami arafasida Amudaryoda yangi binolar foydalanişga topşirildi
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi Amudaryo tumani hayotida nafaqat bayram, balki taraqqiyot va yangilaniş ruhi bilan yodda qoldi. Bayram arafasida tumanda bir qator muhim ijtimoiy obʼektlarning foydalanişga topşirilgani xalqimiz farovonligi yölida olib borilayotgan izçil islohotlarning amaliy natijasini yaqqol namoyon etdi.
Xususan, Döstlik mahallasida zamonaviy talablar asosida yangidan qurilgan 58-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti foydalanişga topşirildi. Marosimda tuman hokimi örinbosari Nodirbek Kamolov, tuman prokurori Bahram Maşaripov, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratovlar sözga çiqib, bu bunyodkorlik işlari mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasiga berilayotgan yuksak eʼtiborning yorqin isboti ekanini taʼkidladilar.
Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimizning tegişli qarori asosida joriy yilda Amudaryo tumanida 4 ta maktabgaça taʼlim muassasasini quriş va rekonstruktsiya qiliş uçun 24 milliard 902 million söm mablağ ajratildi. Ana şu ezgu dastur doirasida “Xiva Quriliş Kompleks” MÇJ tomonidan qiymati 8 milliard 600 million söm bölgan, 240-örinli ikkita qavatli bino bunyod etilib, bayram arafasida foydalanişga topşirildi.
Bu nafaqat yangi boğça — balki kelajagimiz egalari uçun bilim, tarbiya va mehr maskanidir. Zamonaviy öquv xonalari, öyin maydonçalari, sport va rivojlantiruvçi maşğulotlar uçun möljallangan xonalar — barçasi bolalarning har tomonlama kamol topişi uçun xizmat qiladi.
Bayram arafasida yana bir muhim obʼekt — Oq oltin ovulida yangidan qurilgan Madaniyat markazi binosi ham foydalanişga topşirildi. Mazkur maskan ovul ahlining maʼnaviy hayotida yangi sahifa oçadi.
Markazning oçiliş marosimida tuman hokimi örinbosari Bahodir Ernazarov, tuman prokurori Bahram Maşaripov, tuman Madaniyat bölimi boşliği Murod Ibragimov, şuningdek, quriliş taşkiloti masʼullari sözga çiqib, uşbu bunyodkorlikning tumanning maʼnaviy yuksalişiga qöşadigan hissasi haqida söz yuritdilar.
Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabr kungi “2025-2027-yillarda Özbekiston Respublikasining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida barpo etilgan mazkur maskan “MANĞIT INVEST MAKSIMUM” MÇJ tomonidan qurilib, 2 milliard 700 million söm mablağ sarflandi.
Madaniyat markazlari – xalqning özligini anglaş, maʼnaviyatni boyitiş va yoşlarni töğri yölga boşlaş maktabidir. Ayniqsa, yoşlar uçun tögaraklar, ijodiy studiyalar, kutubxona va sahna zallari uşbu maskanni hududning madaniy markaziga aylantirişi şubhasiz.
Tumanimizda amalga oşirilayotgan bu kabi yirik loyihalar Özbekiston Respublikasining Boş Qomusi — Konstitutsiyamizda belgilangan eng muhim tamoyillar: inson qadri, farovon hayot, bilimli avlod va kuçli ijtimoiy infratuzilma kabi maqsadlarning real ifodasi, Konstitutsiyamizda belgilangan ijtimoiy davlat kontseptsiyasining amaliy ijrosidir. Bolalar boğçalari, madaniyat markazlari, taʼlim va soğliqni saqlaş tizimidagi islohotlar — bularning barçasi fuqarolarimizning munosib turmuşiga qaratilgan uzoq muddatli strategiyaning barqaror amaliy davomidir.
Marosimlarda sözga çiqqanlar barça quruvçilar, muhandislar, loyiha mutaxassislari, homiylar hamda taşabbuskor fuqarolarning mehnati yuqori baholanişini alohida taʼkidladilar. Zero, bunday ulkan loyihalar faqat hamjihatlik va maqsad sari birgalikda intiliş orqali röyobga çiqadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶