Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi keng nişonlandi
Har bir yurtning tarixida muhim sanalar va voqealar böladi. Qoraqalpoğiston Respublikasi uçun ana şunday tarixiy kunlardan biri, şubhasiz, Konstitutsiya qabul qilingan sanadir. Bundan roppa-rosa 33-yil muqaddam, yaʼni 1993-yilning 9-aprel kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Oliy Kengaşining sessiyasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan edi. Ötgan davr mobaynida Konstitutsiya köp millatli xalqimizning hamjihatligi va döstligini mustahkamlovçi, ularni uluğ bunyodkorlik işlariga boşlovçi asosiy hujjat bölib xizmat qilmoqda.
Uşbu sana respublikaning barça şahar va tumanlarida keng nişonlanmoqda. Xususan, Amudaryo tumanida ham Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri taşkil etildi.
Tuman Madaniyat bölimi binosida bölib ötgan uşbu tantanali marosimda deputatlar, tuman hokimligining masʼullari, hududdagi korxona va taşkilotlar vakillari, taʼlim muassasalari xodimlari hamda keng jamoatçilik iştirok etdi.
Bayramning rasmiy qismi Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boşlandi.
Tantanali tadbirni Xalq deputatlari tuman Kengaşining kotibiyati mudiri Mansur Örozboyev kiriş sözi bilan oçib berdi. U öz nutqida Konstitutsiyamizning davlat va jamiyat taraqqiyotini, xalq jipsligini taʼminlaşdagi beqiyos örni va ahamiyatiga alohida töxtalib ötdi.
Taʼkidlanganidek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstituiyasi — köp millatli xalqimizning özaro hamjihatligi, döstligi va totuvligini mustahkamlovçi, ularni birdamlikka daʼvat etuvçi muhim huquqiy hujjatdir. Konstitutsiya nafaqat davlat tuzilişini, balki har bir fuqaroning qadr-qimmati, şaʼni va kelajagini himoya qiladigan qalqondir. Ötgan 33-yil içida erişilayotgan barça yutuqlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi özgariş va yangilanişlar, xalqimizning turmuş darajasi yuksalişi bevosita mana şu Konstitutsiyamizda belgilangan normalarning hayotiy ifodasidir.
Yurtimizning bugungi taraqqiyot bosqiçlariga nazar taşlar ekanmiz, iqtisodiyotimizning yildan-yilga mustahkamlanib borayotgani, şahar va qişloqlarimiz qiyofasi tubdan özgarayotgani barçamizni quvontiradi. Bu yutuqlar zamirida inson manfaatlarini hamma narsadan ustun qöyuvçi çuqur va puxta öylangan strategik maqsadlar mujassam.
Ayniqsa, keyingi yillarda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida Qoraqalpoğiston Respublikasini rivojlantiriş böyiça qabul qilingan alohida farmon va qarorlar, davlat dasturlari hayotimizda muhim buriliş yasadi. Uşbu hujjatlar asosida respublikaning eng çekka hududlarigaça yetib borayotgan islohotlar, yangidan barpo etilayotgan zamonaviy turar joylar, ijtimoiy soha obʼektlari, maktab va boğçalar, tibbiyot maskanlari xalqimizning ertangi kunga bölgan işonçini yanada mustahkamlamoqda. Amudaryo tumani misolida ham ana şunday ulkan quriliş-taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlarining guvohi böliş mumkin. Bularning barçasi Konstitutsiyamizda muhrlangan tamoyillarning amaldagi ijrosidir.
Konstitutsiya bayramiga bağişlangan tadbirning badiiy qismi ham nihoyatda mazmunli va rang-barang böldi. Tuman madaniyat bölimi xodimlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi yiğilganlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi. Tinçlik va döstlikni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar, milliy raqslar va badiiy çiqişlar orqali xalqimizning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlarimiz yana bir bor namoyiş etildi.
Şu örinda aytiş joizki, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda böliş, ularni eʼzozlaş va hayotimizga tatbiq etiş yurt tinçligi va taraqqiyotining eng töğri yölidir. Bugungidek şodiyonalar esa xalqimizning yakdilligini oşirib, ezgu maqsadlar sari yangi kuç-ğayrat bağişlaydi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶