25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 14:08
Maqolalar 👁 273

Tutingan “aka” yoki tilla zanjir mojarosi

Tutingan “aka” yoki tilla zanjir mojarosi

(Hayotiy voqea)

Oʻsha kuni har doimgiday oʻqishga otlandim. Ikkita dars yaxshi oʻtdi. Uchinchi dars uchun foydalanadigan matnni men tanlashim lozim edi. Eh, sumkamda yoʻq-ku? Uyda qoldiribman. Yarim soatlik tushlik vaqtida olib kelish uchun uyga joʻnadim.

Qaytishda esa tilla buyumlar bilan savdo qiladigan beva, badavlat ayolning ikki qavatli uyi oldiga yaqinlashganimda, uyidan 17-18 yoshlar atrofida bir qiz chiqib, tezgina “Neksiya”ga oʻtirdi. Mashina katta tezlikda koʻzdan gʻoyib boʻldi. Mashina toʻxtab turgan joyga yaqinlashganimda yerda yotgan tilla zanjirga koʻzim tushdi. Hoynahoy, bu oʻsha qizniki, koʻlimga astagina oldim zanjirni, ogʻirgina ekan. Bundan koʻrinib turibdiki, u juda qimmatbaho boʻlishi kerak.

Oʻsha qizning zanjiri yoʻqolganini bilgandagi ahvolini koʻz oldimga keltirdim. Mashina nomerini nimagadir eslab qolgandim. Qizni, mashina egasini topib, zanjirini qaytarishga ahd qildim. “22-22” raqamli “Neksiya” kimniki ekanligini surishtirish kerak. Xayollar bilan yana ikkita dars qanday oʻtganini sezmay qoldim.

Dars tugagandan keyin kursdoshim Komiladan “22-22” raqamli kumush rang “Neksiya” kimniki ekanligini soʻradim. Chunki u shaharning kazo-kazolarini tanirdi. Dadasi bir korxonada boshliqmi, bilmadim, katta lavozimda ishlardi. Undan soʻrab, yanglishmagan ekanman, mashinaning egasini ham, uy manzilini, hatto Dinora ismli yolgʻiz qizini ham bilarkan. Bir parcha qogʻozga yozib oldim.

Ertasiga qoʻlimdagi manzil tomon oshiqdim. Men qidirgan uy uncha uzoq emas ekan. Katta darvoza oldida turib tugmani bosaymi, yoʻqmi deb uzoq oʻyladim. Uchinchi bosishda darvozaning kichkina eshigi ochilib, uydan bir yigit chiqdi. Uyqudan yaqinda turgan shekilli, esnab, koʻzlarini uqalab:

– Xoʻsh, xizmat, – dedi.

– Menga Dinora kerak edi.

– Sen bilan gaplasholmasa kerak, kayfiyati uncha yaxshimas, mazasi ham yoʻq, – dedi uzr ohangida.

– Nimaga kayfiyati yoʻqligidan xabarim bor, uning zanjirini men topib olgandim.

– Uyga kir unda, ostonada turma, – dedi yigit chehrasi yorishib. – Endi qulogʻimiz tinchiydigan boʻldi xarxashasidan. Bugun uning tugʻilgan kuni, oʻtgan kuni bir oydan beri “zakaz” qilib qoʻyilgan zanjirini olib bergandik. Shu kuniyoq yoʻqotib qoʻyibdi anqov.

Bugun tugʻilgan kunida zanjirni doʻstlariga koʻrsatmoqchiligini, endi esa boshqa zanjirga koʻnmayotganini yigit yoʻl-yoʻlakay aytarkan, tinmay “rahmat, rahmat”, derdi nuqul. Ota-onasi, keksa buvisidan tortib, oilaning erkatoyi Dinoragacha hammalari mendan minnatdor boʻlishdi. Hamma ham bunday ishni qilolmasligini tinmay taʼkidlashardi. Keyinroq zanjirning narxini bilganimda bu maqtovlar bekorga emasligini angladim. Uchta mashinaning puli turarkan shu zanjir.

Shu kuni Mahkam amaki, Raʼno opa, Dinora va men qishlogʻimiz tomon joʻnadik. Tanish yoʻllardan mashina yeldek uchib borarkan, qalbim nimagadir entikardi.  Ota-onamning bu voqeadan qanchalar xursand boʻlganlarini eslasam, hozir ham bir boshqacha boʻlib ketaman.

Otam aqlli, rostgoʻy, birovning haqini yemaydigan menday qizi bilan faxrlanib, koʻziga yosh ham oldi. Salga yigʻlaydigan onam yuzlarini esa sevinch yoshlari tinmay yuvardi.

Shu voqea sabab oilalarimiz orasida yaqinlik paydo boʻldi.

Mahkam amaki bilan dadam aka-uka, Raʼno opa bilan oyim opa-singil tutinishdi. Dinora bilan esa ajralmas dugona boʻldik.

Haftada uch kun Dinoranikida boʻlsak, qolgan kunlarini biznikida qishloqda oʻtkazardik. Shu asnoda kollejni tugatdim. Shu yili pedagogika institutiga oʻqishga kirdim.

Dinora sal erkaligini aytmasa, otasining boyligiga maqtanadigan kibrga beriladigan qizlarga oʻxshamasdi. Akasi Ruslan bilan aka-singil tutindik, desam toʻgʻri boʻlmas, “tutingan aka”ning boshidan menga boshqacha koʻz bilan qarashini sezgandim. Oʻzimni undan olib qochishga qanchalik urinmay befoyda edi.

“Aka” meni har kuni oʻqishga kuzatib qoʻyadigan, qaytishda esa “tasodifan uchratib qolib” uyga olib kelib qoʻyadigan boʻldi.

Bir kuni oʻqishdan chiqishimni kutib turgan “aka” oʻzicha xursand boʻlib:

– Bugun oyim bilan gaplashdim, ikkalamiz, haqimizda, dadam bilan gaplashishga vaʼda berdi, – dedi mashinasini oʻt oldirarkan. – Oyimning “gap”i bor ekan, seni yordamga chaqirishdi.

Shu kuni meni uyidagilar boshqacharoq kutib olishdi. Tahqirlashlar, kamsitishlar haqoratlar, hatto 80 yoshli buvisi ham boshqalardan qolishmadi. Har qanday irodasi kuchli inson ham bunday gap-soʻzga chidab turolmasdi. Yigʻlagancha uyidan chiqib ketdim. “Teng-tengi bilan!” degan ovoz eshitildi. Orqamdan “aka” chiqdi, mashinasiga oʻtirishimni soʻradi.

– Uyingizdagilar hamma gapni aytib boʻlishdi? Siz kamiga tuz sepgani keldingizmi?

– Men bunday boʻlishini bilmagandim. Oʻzimga haddan tashqari ishonib yuboribman. Buni tez orada hal qilaman.

Bir haftalar oʻtib, uyga bordim, uydagilar ham bu gapdan xabar topishibdi. Mahkam amaki bilan Raʼno opa kelib ota-onamni rosa talabdi.

Otamning qon bosimi oshib ketibdi. Meni koʻrishni ham istamadi. Gap nimadaligini tushuntirmoqchi edim, gapirtirmadi, qoʻlini koʻtarib ket, degandek ishora qildi. Menda nima gunoh? Onamning koʻz yoshlari toʻxtamasdi. Bir otamning ahvoliga kuyinsa, bir mening ahvolimga achinardi, boyaqish onaginam.

Institutni tugatolmadim. Mahkam akaning “sharofati” bilan oʻqishdan chetlatildim. Endi ota-onam yer bilan bir boʻlishdi. Dadam koʻcha-koʻyga chiqmaydi, toʻy-u maʼrakaga aralashmay qoʻydi.

Uyimizga sovchilar ham kelmay qoʻyishdi. Yoshim 30 ga yaqinlashib qoldi. “Aka” esa uylanib, oilasi bilan ajrashdi.

Yaqinda qoʻshnimiz bir gap topib keldi. Uylariga Mahkam aka bilan Raʼno opa kelishibdi. Hamma qilgan ishlari uchun ota-onamdan uzr soʻramoqchiligini aytishibdi. Sovchi boʻlib kelishsa, qizlarini oʻgʻlimizga berisharmikan, debdi. Oʻzlari kelishga xijolat boʻlishayotgan ekan. Otam meni yonlariga chaqirib:

– Qizim, shu yigitga tegaman, desang qarshilik qilmayman, baxtli boʻlishingni istayman, hamma otalar kabi. Otam birinchi marta menga bunday gapirganliklari uchun oʻzimni tutolmadim, yigʻlagancha otamni quchdim. Otam esa peshonamdan oʻpib:

– Baxtli boʻl, qizim – dedi.

Toʻy katta boʻldi. Kelin salomga qaynonam boʻynimga oʻsha tilla zanjirni taqib qoʻydi. Sevgimizni sinovlarda toblab, shu yergacha yetib kelishiga sababchi boʻlgan tilla zanjirni hozirgacha avaylab saqlab qoʻyibmiz.

Nodira YaNGIBOYeVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026