Qiliçboylik yoşlar xorijiy tillarni örganiş uçun tuman markaziga qatnamaydigan bölişdi
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoşlar tadbirkorligini, ularning ğoya va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, işbilarmonlik könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan izçil çora-tadbirlar tufayli har yili minglab yoşlar öz biznes-ğoyalarini muvaffaqiyatli amalga oşirmoqdalar. Ayniqsa, ularning startap va innovatsion ğoyalarini röyobga çiqarişlariga kömaklaşiş, kasb-hunar, raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillarni çuqur egallaşlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratib berilayotgani yoşlarning zamonaviy bilimlarni qunt bilan örganişlarida muhim omil bölmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş hamda ularning bandligini taʼminlaşga qaratilgan biznes-loyihalarni qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan Yoşlar işlari agentligi huzurida “Yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş davlat maqsadli jamğarmasi” taşkil etilib, mazkur jamğarma hisobidan “Kömak” loyihasi amalga oşirilayotgani yoşlar uçun keng imkoniyatlar sari yöl oçdi.
Uşbu loyiha xorijiy tillar böyiça S1 darajadagi milliy yoki xalqaro darajadagi sertifikatga ega hamda çekka hududlarda xorijiy tillarga ixtisoslaşgan öquv markazi faoliyatini yölga qöyiş niyatidagi yoşlar uçun möljallangan bölib, bu imtiyozdan amudaryolik yoşlar ham samarali foydalanişmoqda. Loyihaning afzallik tomoni şundaki, taʼlim yönalişida öz biznesini boşlayotgan yoşlarga 3-yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 mln sömgaça ssuda (foizsiz qarz) beriladi.
Amudaryo tumanining Qiliçboy ovulida tuğilib-ösgan Sardorbek Imomiddinov axborot texnologiyalari sohasi böyiça oliy maʼlumotli mutaxassis. U Qiliçboy hududidagi olis qişloq va mahallalardan 35-40 çaqirim yöl bosib, tuman markazidagi xorijiy tillarni örgatiş böyiça öquv kurslariga qatnab, taʼlim olayotgan hamqişloqlariga şaroit yaratişni köpdan orzu qilardi. Ana şu ezgu orzusini amalga oşiriş, qolaversa, yozning jazirama issiği-yu izğirinli qiş kunlarida tuman markaziga qatnab, qimmatli vaqtlarini behuda sarflayotgan qiliçboylik yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida çet tillarni öqitişga ixtisoslaşgan öquv markazini taşkil etişga qaror qildi. Şu niyatda öz biznes ğoyasi bilan Yoşlar işlari agentligi tomonidan taşkillaştirilgan “Öquv markazlari forumi”da iştirok etdi va 130 mln sömlik ssuda uçun vauçerni qölga kiritib, qiliçboylik yoşlar uçun xorijiy tillarni öqitişga ixtisoslaşgan öquv markazi faoliyatini yölga qöydi.
Orzulari yölidagi ilk qadamni öquv markazi binosini eng zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlaş, malakali çet tili öqituvçilarini tanlov asosida işga qabul qilişdan boşlagan Sardorbek Imomiddinov rahbarligidagi çet tillarni öqitişga ixtisoslaşgan taʼlim muassasasida ayni paytda 2 smenada 250 nafar ilmga çanqoq yoşlar katta qiziqiş bilan xorijiy tillarni örganişmoqda. Eʼtiborli tomoni şundaki, mazkur öquv markazining oçilişi nafaqat öquvçi-yoşlar uçun, balki ularning ota-onalari uçun ham avvalo qulaylik, qolaversa, yöl xarajatlarini tejaş imkonini berdi.
Ayni paytda öquv markazida Sardorbek Imomiddinovning şaxsiy taşabbusi bilan kompyuter savodxonligi böyiça bepul maşğulotlar ötkaziş ham yölga qöyilganidan qiliçboyliklar mamnun.
Bilimdon, izlanuvçan, taşabbuskor yoşlar — mamlakatimizning suyanç toğlaridir. Çunki har qanday davlatning jadal rivojlanişi, dunyo miqyosida muayyan yutuqlarga erişişi, xalqning farovon hayoti yoş avlod taʼlim-tarbiyasi hamda ularning kelajagini közlab qilingan ezgu işlarga boğliq. Sardorbek Imomiddinovning ösib kelayotgan qiliçboylik yoş avlodni qöllab-quvvatlaş maqsadidagi saʼy-harakatlari mazmun-mohiyatida ham ona Vatan kelajagiga daxldorlik hissi bilan yaşab, mehnat qilişdek ezgu niyatlar mujassam. Biz taʼlim sohasidagi yoş fidoyi tadbirkor Sardorbek Imomiddinovga mustahkam soğlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶