16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:51
Fan va taʼlim 👁 268

"Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi

"Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi

Amudaryo tumanida xorijiy tillarni oʻqitish sifatini yanada oshirish, maktablar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va taʼlim samaradorligini yuksaltirish maqsadida “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.

1-sonli maktabda oʻtkazilgan mazkur tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taʼlim markazi direktori Nargiza Matlatipova, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri Yalgʻashboy Shamuratov, tuman ixtisoslashtirilgan maktabi masʼul xodimi Muhayyo Toirova hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Tanlovning asosiy maqsadi maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish darajasi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, xalqaro mezonlar va standartlar asosida yuqori natijalarga erishish uchun mustahkam zamin yaratishdan iborat. Shuningdek, taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini tahlil qilish, samarali faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish ham tanlovning ustuvor vazifalari sifatida belgilandi.

Nizomga muvofiq, tanlovda har bir maktabdan bitta xorijiy til yoʻnalishi — ingliz, nemis yoki frantsuz tili boʻyicha 5 nafar 7–9-sinf oʻquvchilaridan tashkil topgan jamoa qatnashdi. Amudaryo tumanidagi 84 ta umumtaʼlim maktabidan jami 420 nafar oʻquvchi mazkur bilimlar sinovida ishtirok etdi. Bu esa tanlovning keng qamrovli va yuqori raqobat muhitida oʻtganini koʻrsatadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktablar 2025-yilning sentyabr–dekabr oylarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining axborot tizimiga belgilangan asosiy koʻrsatkichlarni kiritgan hamda ular tizim tomonidan baholangan. Asosiy bosqichda esa oʻquvchilarning xorijiy tilni bilish darajasi test sinovlari orqali aniqlandi. Ishtirokchilarga xalqaro taʼlim standartlari asosida tayyorlangan 30 ta topshiriqni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratildi.

Yakuniy natijalar yaqin vaqt ichida eʼlon qilinadi va tanlovning tuman bosqichida 1-oʻrin sohibiga 100 million soʻm, 2-oʻringa 75 million soʻm, 3-oʻringa esa 50 million soʻm miqdorida Prezident sovrini beriladi.

Mazkur tanlov nafaqat oʻquvchilarning bilimini sinovdan oʻtkazish, balki maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish sifatini yangi bosqichga olib chiqish, oʻqituvchilar mehnatini munosib baholash va taʼlim muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobatni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Har yili muntazam ravishda oʻtkazib kelinayotgan ushbu tanlov maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini tahlil qilish, xorijiy tillar boʻyicha oʻquvchilarga sifatli taʼlim berayotgan, samarali faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda. Qolaversa, maktablarda xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish, ularda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalar toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xolis axborotlar bilan taʼminlashda ham ushbu tanlovning oʻrni beqiyosdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026