25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 20:22
Maqolalar 👁 527

YeTIMNING HAQI

YeTIMNING HAQI

 (Boʻlgan voqea)

Bibixadicha Sorabibining  uch oʻgʻildan keyin koʻrgan yolgʻiz qizi edi. Institutni bitirgan yili qoʻshni qishloqqa uzatishdi. Kuyovi ham, qaynona-qaynotasi ham juda odamoxun, tushungan insonlar boʻlganligidan Sorabibi enaning qizidan koʻngli  toʻq, xotirjam edi. Qizi bilan kuyovining kulib-oʻynab kelishlaridan ich-ichidan quvonar, “baxtingga koʻz tegmasin, bolam”, deb orqasidan qiziga sezdirmay “tuf-tuf”lab qoʻyardi. Ammo... Alloh bu baxtiyorlikni Sorabibi enaga koʻp koʻrdimi yo bu bir sinovi boʻldimi, u bir kunda kuyovidan ham, qizidan ham  judo boʻldi...

Birinchi farzandiga homilador, bugun-erta koʻzi yoriydi, deb nevara kuti-shayotganida ikki oila boshiga kulfat qoʻpdi, avtohalokat tufayli birin-ketin ikkalasi ham bu dunyoni tark etishdi. Nuriddin shu kunning oʻzida, Bibixadicha esa ikki kun hayot bilan kurashib, uchinchi kuni jon berdi. Baxtli tasodifmi yoki Allohning irodasimi, Bibixadicha vafot etmasidan bir kun oldin oy-kuni yetib turgan chaqaloqni kesarcha kesish orqali dunyoga keltirdi. Qornidagi bola qanday dunyoga keldi, oʻgʻilmi, qizmi? Bibixadicha  bildimi, yoʻqmi, bunisi Allohga ayon. Boz ustiga bu dardni koʻtara  olmagan qudagʻayi ham bir oyning nari-berisida olamdan oʻtdi-ketdi. Bir oylik chaqaloq esa...

Dunyoning barcha gʻamlaridan bexabar goʻdak tugʻruqxonaning chaqaloqlar boʻlimida, shifokorlar nazoratida kun oʻtgan sayin onasiga intiq “inga”lab ulgʻayardi.

– Singlingdan qolgan yodgor, bolani oʻzimiz parvarish qila qolaylik, – dedi onaizor kenja oʻgʻli Nodir bilan kengashib.

Kelini Zohidaga  qaynonasining gapi yoqmadi, shekilli, asta tomogʻini qirib qoʻydi.

– Uyidagilar nima der ekanlar? – dedi Zohida eriga sinovchan tikilib.

– Uyidagilarmi, – chaynaldi Nodir, – uyida bolani parvarishlaydigan odam bormi? Quda buva nogiron boʻlsa, katta kelinining roʻzgʻori boʻlak.

– Oʻzimiz katta qilamiz! – choʻrt kesdi Sorabibi ena.

Nodirning bitta qizalogʻi bor edi. Endi oʻgʻilli ham boʻladi, jigarini begonaga bersinmi? Bermaydi! Oʻzi  parvarish qiladi, tamom, vassalom!

Nodir shunday qildi, goʻdakni uyiga olib keldi.

Yodgorjon maktabni bitiradigan yili Sorabibi ena oʻgʻliga kichkina tuguncha berdi:

– Mana bu singlingning taqinchoqlari, – dedi u koʻzlari yoshlanib. – Yodgorjon  uylanganida, kelinga beraman, deb asrab qoʻygandim. Ha, aytgancha, mana bu omonat daftarcha. Unga har oyda Yodgorjonga beriladigan nafaqa pullari oʻtkaziladi. 16-yildan beri qancha boʻlganini bilmayman. Faqat iltimos, 1 tiyiniga ham tegma, bolam, “Yetimning haqi yetti daryoni quritadi”, – deyishadi. Yetimning haqiga xiyonat aslo kechirilmaydi, ehtiyot boʻl, bolam.

Nodir ishga ketayotib sabri chidamadi, mashinasini toʻxtatib, sekin-astalik bilan tugunni ochdi. Tuguncha ichida oltin va kumush taqinchoqlar, onasi bergan omonat  daftarchasi ham bor edi. U onasining gaplarini esladi: “Bir tiyiniga ham tegma, yetimning  haqi yetti daryoni quritadi...”

Shu kuni kechqurun Nodir taqinchoqlar solingan tugunchani Zohidaga berdi:

– Olib qoʻy, Yodgorjonning onasiniki, uni uylantirganimizda kelinga beramiz.

Zohidaning koʻzlari yonib ketdi. Taqinchoqlarni bir-bir tomosha qilarkan, oʻzicha taxmin qildi:

– Tillalari asl ekan, kamida 100 gramm keladi-yov. Hammasi qadimiy. Hozirgi tillalarga ishonch yoʻq. Kumush taqinchoqlari ham juda asl-a!

– Men senga sifatini aniqla, demadim, asrab qoʻy, dedim, – jahli chiqdi Nodirning. – Bular yetimning haqi, birontasiga tega koʻrma!

– Voy, voy-a, Yodgor yetimmi? Yegani oldida, yemagani ortida-ku! Oʻz bolamizday avaylab katta qilgan boʻlsak.

Zohidaning bu gaplarini ostonada paydo boʻlgan qaynonasi eshitib, dili ogʻridi:

– Hay bolam-a, yetim oʻz oshini ichar, deganlar. Boqib katta qilganimiz – shu norasida uchun bir xayr-ehson boʻlaqolsin. Bu gapni boshqa tilingga olakoʻrma.

Shu yili Yodgorjonning omadi kelib, Samarqand tibbiyot institutiga davlat granti asosida oʻqishga kirdi. Koʻzim tirikligida nevaramni uylantiraman, deb niyat qilgan Sorabibi ena yana 4-5-yil kutadigan boʻldi. Bu orada Nodir qoʻshni mahalladan yer olib, yangi imorat tikladi. Imorati bilan yonma-yon oziq-ovqat doʻkoni ham qurib, yangi yil arafasida savdo-sotiqni boshlab yubordi. Savdodan kelgan daromad evaziga imoratini butlab, Yodgorjon oʻqishini bitiradigan yili oilasi bilan koʻchib oʻtdi. Hayhotdek hovlida Sorabibining yolgʻiz oʻzi yashay boshladi.

– Yana bir-ikki oydan Yodgʻorjon institutni bitiradi, uylantiramiz, uyimiz toʻlib qoladi, – dedi Nodir xijolatpazlik bilan. – Ungacha biz bilan yashab turing, iltimos, u yoqda doʻkon ishlari toʻxtab qolmasin, oʻzimiz boshida boʻlmasak, boʻlmaydi.

– Otang, opangning chirogʻini kim yoqadi, bolam, meni qaygʻurma, – dedi Sorabibi ena oʻgʻliga xotirjamlik bilan.

Avvaliga doʻkon savdosidan koʻngli toʻq, biri ikki, ikkisi oʻn boʻlayotgan Nodirning soʻnggi paytlarda negadir ishi yurishmadi. Buni doʻkondagi mollar xilma-xilligini taʼminlayolmayotganiga yoʻyib, savdodan tushgan bor pulini sarflab, doʻkonni toʻldirib tashladi.

Yodgordan toʻrt yosh kichik boʻlgan oʻgʻli Botirjon Nukusda, universtitetda shartnoma asosida oʻqirdi. Oʻsha kuni taʼtilga chiqib kelib, dadasiga doʻkon ishlarida koʻmaklasha boshladi. Peshindan soʻng, Nodir mahalladagi toʻyga chiqib ketdi. Doʻkon ishlarini Botirjonga tashlab, Zohida ham birrov koʻrinib kelay, deb qoʻshni ayollar bilan toʻyga otlandi. Ota-onasi ketgach, Botirjon choy ichgisi keldi, doʻkon ichkarisiga oʻtib stol ustida turgan elektr chovgumda suv qoʻyib qoʻydi. Bu orada kechqurungi savdo avj oldi. Birov toʻyga borayotib savdo qildi, birov kelayotib. Botirjon elektr chovgumni butunlay unutdi. Boz ustiga doʻkon ichkarisiga kiriladigan eshik ham zich yopilganidan ichkarida boshlangan yongʻinni birdaniga ilgʻab olish qiyin edi.

– Botir! – doʻkonga kirgan xaridorlardan biri bor ovozi bilan baqirib yubordi. – Yonayapti, ichkari yonayotir, tashqariga, tashqariga chiqinglar!

Dovdirab qolgan Botir tashqariga emas, doʻkon ichkarisiga qarab yurdi. Temir eshik tutqichiga tekkan qoʻli havoda muallaq qoldi. Qandaydir kuch uni  qattiq itarib yubordi. Kuchli guvillagan ovoz eshitildi-yu birdaniga butun doʻkon, unga qoʻshilib, doʻkon yonboshidagi hovli-joy ham olov ichida qoldi. Odamlar Botirjonni zoʻrgʻa tashqariga olib chiqishdi. Oʻt oʻchiruvchilar, “tez yordam” mashinasi yetib kelgunicha Nodirning uy-joyi ham, doʻkoni ham dahshatli olov ichida guvillab yonar, yongʻin endi qoʻshni uylarga ham oʻrlay boshlagandi.

Shifoxonada oʻziga kelgan Botirjonning tepasida bemajol oʻtirgan Nodir va Zohidani tanib boʻlmas, nevarasining omon qolganiga tinmay shukrona aytayotgan Sorabibining ichiga chiroq yoqsa yorimas, koʻngli xijil, zil edi. Botirjon oʻziga kelgach, kelini va oʻgʻli bilan uyiga qaytgan Sorabibi Yodgorning boquvchisini yoʻqotganlik  nafaqasi jamgʻariladigan omonat daftarchasidagi pullarni “dollar”ga aylantirib qoʻyamiz”, deganlari uchun Nodirga naqdlashtirib olib berganini esladi-yu, battar yuragi zil ketdi. “Shu pullarni ishlatib qoʻydimikan-a?” Xudo asrasin, Nodiri bunday aqlsiz emas, ishlatmagandir”, Sorabibi ena oxiri jurʼat qilib dilidan kechganlarini tiliga chiqardi:

– Yodgorning nafaqalari jamgʻarmasiga... tegmaganmiding?

Nodir lom-mim demadi. Boshini quyi solgancha oʻtiraverdi. Sorabibi “Oh!” deb yubordi. Zohida esa yigʻlagancha ichkariga kirib ketdi. Birozdan soʻng chiqib:

– Siz qargʻagansiz, ena, qargʻagansiz, shu yetimning tarafini olaverib, bizni quritdingiz, quritdingiz!

Darvoza oldida qoʻllarida tovoq koʻtargan qoʻshni ayollar bilan mahalladagi eng keksa onaxon Roʻzigul momo koʻrindi. Zohidaning ovozini eshitib, ular ostonada toʻxtab qolishdi. Munkillab qolgan Roʻzigul momo asta Sorabibi ena oʻtirgan soʻriga yaqinlashdi va:

– Zohida kelin, bu yoqqa kel, – dedi ovozini koʻtarib.

Yigʻlayverib koʻzlari shishib ketgan Zohida itoatkorlik bilan Roʻzigul momoning oldiga keldi.

– Onalar bolalarini qargʻamaydi, bildingmi? Enangga tik boqib, tuhmat qilgandan koʻra, “tavba” de. Botirjonning omon qolganiga shukur qil. Yodgorjonning haqiga tekkan boʻlsanglar, kam qilmay joyiga qoʻyinglar. Yetimning haqini Alloh beradi, Allohning inʼomiga xiyonat qilganning ahvoli ne kechishini, mana, koʻrib turibsan. Qachonki, yetimning hurmatini joyiga qoʻymas ekansan, biring ikki boʻlmaydi. Ikkinchi ovozingni koʻtarib, shallaqilik qilma!

Zohida oʻkrab yigʻlab yubordi. U Bibixadichaning taqinchoqlarini olib chiqib, qaynonasiga berarkan:

– 50 grammlik tilla zanjirini sotib, yangi uyga pardalar olgandim, qaytararman, – dedi nadomat bilan. – Nafaqa pullari... Oʻsha pulga doʻkon qurgan edik...

Ofat yetgan xonadonga kechki osh-ovqat olib chiqqan qoʻshnilar dong qotib qolishdi. Sorabibi ena esa unsiz yigʻlar, oldida bosh egib oʻtirgan keliniga, nariroqda yer chizib qolgan oʻgʻli Nodirga biron gap aytishdan ojiz edi. Nodirning quloqlari ostida onasining soʻzlari tinmay aks-sado berardi:

–Yetimning haqi yetti daryoni quritadi... quritadi... quritadi!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026