14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 08:43
Jamiyat 👁 387

Daʼvo muddati va uning oʻziga xos xususiyatlari

Daʼvo muddati va uning oʻziga xos xususiyatlari

Daʼvo muddati deb shaxs oʻzining buzilgan huquqini daʼvo qoʻzgʻatish yoʻli bilan himoya qilishi mumkin boʻladigan muddatga aytiladi. Daʼvo muddati instituti fuqarolik-huquqiy munosabatlar uchun katta ahamiyatga ega. Daʼvo mudatining mavjud boʻlishi fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini amalga oshirishda alohida oʻrin tutadi. Ayniqsa, subʼektning oʻziga tegishli huquqlarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida muayyan vaqt oraligʻining belgilanishi, shaxsning oʻz huquq va majburiyatlariga befarq qaramasligini taʼminlaydi. Shu bilan birga, daʼvo muddati subʼektiv fuqarolik huquq va majburiyatlarini himoya etishi uchun shaxsga beriladigan soʻnggi imkoniyat boʻlib, bu vaqt oraligʻida shaxs oʻz huquqlarini amalga oshirilishini talab qilmasa, shu huquqlarga nisbatan subʼektiv huquqlarini yoʻqotadi.

Daʼvo muddati institutining maqsadi va vazifasi huquqiy munosabatlarni buzmasdan, ular koʻlamiga taʼsir etmasdan huquqiy munosabatlardagi noaniqliklarni bartaraf etishdir. Shu bilan birga, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda daʼvo muddatining tatbiq etilishi ishtirokchilar huquqlarining muayyan vaqt oraligʻida amalga oshirilishiga, hamda huquqiy munosabatdagi har bir holatning aniqligiga mezon boʻlib hisoblanadi. Daʼvo muddatining mavjudligi subʼektning oʻz huquqlarini amalga oshirishga va majburiyatlarni bajarishga befarq boʻlmasligini taʼminlaydi.

Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda daʼvo muddatlarining ahamiyatini yana shu holat bilan belgilash mumkinki, ular sudlarga vujudga kelgan huquqiy munosabatdagi aniq holatni aniqlashda katta yordam beradi. Agar daʼvo muddatlari (belgilangan vaqt, masalan, uch yil) mavjud boʻlmasa, hamda shaxs 10 yoki 20-yildan soʻng ham oʻz huquqini talab etsa (qonunda belgilangan daʼvo muddatlari joriy etilmaydigan huquqlar bundan mustasno), ushbu holatda haqiqatni aniqlash qiyin boʻlishi yoki umuman amalga oshmasligi mumkin.

Oʻzining fuqarolik huquqlarini buzilgan deb hisoblagan fuqaro yoki yuridik shaxslar ushbu huquqlarni himoya qilish maqsadida sudlarga murojaat qiladilar. Sudlarga daʼvo bilan murojaat qilish uchun quyidagi holatlar mavjud boʻlishi lozim:

-daʼvo qoʻzgʻatayotgan shaxs yoki nomidan daʼvo qoʻzgʻatilayotgan shaxs protsessual huquq layoqatiga ega boʻlishi, yaʼni protsessda mustaqil taraf sifatida ishtirok eta olishi lozim (bunday layoqat esa muomala layoqatiga ega fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishli boʻladi);

-daʼvo qoʻzgʻatish orqali boshlanadigan ish sudlarga taalluqli boʻlishi talab etiladi;

-daʼvo qaratilayotgan shaxs fuqarolik huquqining subʼekti boʻlishi va daʼvogar kabi protsessual huquq layoqatiga ega boʻlishi lozim.

Ushbu holatlarning barchasi mavjud boʻlganda sudlarga buzilgan huquqlarni tiklash va himoya qilish maqsadida murojaat qilish mumkin.

Huquqi buzilgan shaxs daʼvo qoʻzgʻata turib, nafaqat bu daʼvo sud tomonidan qabul qilinishini, shu bilan birga ish sudda koʻrib chiqilishini talab qilishi mumkin. Zero, daʼvo qoʻzgʻatishdan asosiy maqsad ham buzilgan fuqarolik huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Bunday himoyaga erishish va ish sud tomonidan koʻrib chiqilishi uchun fuqarolik huquqi nuqtai nazaridan quyidagi holatlar talab etiladi:

a) daʼvo qoʻzgʻatayotgan shaxs tegishli subʼektiv huquqlar sohibi boʻlishi;

b) shu bilan birga uning subʼektiv huquqlari buzilishi yoki unga putur yetkazilishi;

v) bunday buzilish daʼvo boʻyicha javobgar sifatida ishga jalb etilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi.

Umumiy qoidaga koʻra, daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi. Bu qoida shunday maʼnoni anglatadiki, agar javobgar sudga daʼvo muddati oʻtib ketganligini bildirmasa, sud daʼvogar va javobgar oʻrtasidagi nizoni mazmunan koʻrib chiqish va hal qiluv qarori chiqarishi lozim. Bunda daʼvo muddatining oʻtib ketganlik holati ahamiyatga ega boʻlmaydi. Ushbu holatda taraflar oʻzaro bitim tuzish paytida, ular oʻrtasidagi bitim yoki shartnomaga nisbatan daʼvo muddati joriy qilinmasligi toʻgʻrisida kelishuvga erishsalar, bunday kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy sanalmaydi.

Daʼvo muddati institutining bir qator oʻziga xos xususiyatlari mavjudki, bular natijasida ushbu institutning ahamiyatli tomonlarini yanada kengroq tushunsa boʻladi. Bu xususiyatlar jumlasiga:

-taraflarga oʻzaro kelishuv asosida daʼvo muddatlari belgilangan holatda oʻzgartirish huquqi berilmaganligi;

-daʼvo muddati bilan belgilangan vaqt davrlarini oʻzgartirish mumkin emasligi;

-daʼvo muddatini qisqartirish yoki uzaytirish mumkin emasligi va hokazolar kiradi.

Daʼvo muddatini toʻgʻri hisoblash uchun uning qay vaqtda tugashini belgilash zarur. Daʼvo muddatining tugashi daʼvo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlanadi (FKning 154-moddasi). Bunday huquq, yaʼni daʼvo muddati shaxs oʻzining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan oʻta boshlaydi.

Daʼvo qoʻzgʻatilgunga qadar daʼvo muddatining oʻtishi daʼvoni rad qilish uchun asos boʻladi. Binobarin, daʼvogar oʻz huquqini majburiy ravishda amalga oshirish imkoniyatini yoʻqotadi.

Baʼzi hollarda qarzdor oʻz majburiyati daʼvo muddati oʻtgandan soʻng ham bajarishi hollari yuz berishi mumkin. Bunday hollarda avval majbur shaxs oʻz tomonidan bajarilganligi, toʻlangan summaning qaytarilishi toʻgʻrisidagi talabni qoʻya olmaydi. FKda qarzdor daʼvo muddati oʻtganidan keyin majburiyatini bajargan holda, garchi ijro etish paytida daʼvo muddatining oʻtib ketganligini bilan yoki bilishi lozim boʻlganligidan qatʼi nazar bajargan narsasini qaytarishni talab qilishga haqli emasdir, deb koʻrsatiladi (FKning 161-moddasi).

Ayapov Abatbay Konisbayevich, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019