ZULFIYa ŞEʼRLARIDA AYoL VA ONA TIMSOLI
Zulfiya özbek şeʼriyatiga bahor tarovati, insoniylik tuyğulari, ayollik latofati, onalik muhabbati bilan kirib kelgan qalami ötkir şoira edi. Şeʼrlaridagi mavzular xilma-xilligi uning serqirra ijodkorligini anglatsa, ayol va ona madhi esa şoiraning möʼtabar opa-singillariga sirdoş, hamfikrligidan, munis onalarga çeksiz muhabbati, ehtiromidan dalolat. Şoiraning mislsiz ilhom dengizining sababçisi ham aynan muştipar onasi edi. Çunki Zulfiyaxonimning hayotga, badiiy adabiyotga, möʼjizalarga işonib, şeʼriyatga muhabbati uyğonişida onasining hissasi beqiyos ekanligini şoiraning özi şunday taʼkidlaydi:
“Möʼjizalarga sabab böluvçi, dunyoni foş qiluvçi, insoniyatni ajoyibotlar sari yetaklovçi ”söz”ga bölgan mehrni oddiygina ayol – onam uyğotganlar...”
Ha. Onaning mehri bu dunyoda har işga qodir. Farzandi uçun jonini berişga tayyor turgan ona mehri ila insoniyat har qanday közga körinar-körinmas kuçlar va tösiqlarni yengib öta oladi va Onaning duosi bilan farzand buyuk martabalarga, qalb xotirjamligiga erişadi. Buning isbotini şoiraning “Öğlim, sira bölmaydi uruş!” şeʼridagi “Ona qalbi oyoqqa tursa, öğlim, sira bölmaydi uruş!” deya yozgan satrlari orqali anglaşimiz mumkin.
Zulfiya ijodida özbek ayolining taqdiri muhim örin egallaydi. Uning mamlakat hayotidagi faol örni katta ahamiyat kasb etadi. Zulfiya uzoq ötmişda ayol örni - uy-rözğor yumuşlari doirasida bölganligini, uyda ham bek, ham hukmdor bölgan eriga itoatli çöri bölib boş egişi lozim bölganligini yaşirmaydi. Bugungi kunda esa ayol jamiyatda özining munosib örni va mavqeiga ega inson. Ammo şunday bölgani bilan ayol – bu eng avvalo eng nozik köngil sohibasi. U mehr-muhabbatga taşna va munosib. Ayolga aytilgannhar bir iliq söz, körsatilgan eʼtibor ayoldan ön barobar ortiği bilan qaytadi. Ayollik – bu Allohning bizga bergan buyuk inʼomi deb biladi şoira.
Zulfiyaxonimning irodasi xuddi otasining har xil şakllarda tovlantira olgan temirlaridan-da baquvvat va mustahkamroq bölgan. Hayotda köplab qiyinçiliklarga duç keldi. Ayriliq oğusini içiş şoiraning çekiga yozilgan edi. Atigi 10-yil. Bu juda qisqa muddat bölsa ham şoiraning butun umriga tatigulik ayollik baxtini his qila oliş, turmuş örtoği, farzandlari davrasida bekam-u köst, baxtli yaşaş nasib etdi. Va bu baxt Zulfiyaning butun umr hayot yöllarini bezab, mazmunli qilişga yetarli böldi. Turmuş örtoği Hamid Olimjon vafot etsa ham bir umr uning yodi bilan yaşadi. Uşbu haqli fikrlarni şoira özining hayoti misolida ifodalab beraoladi. “Açinmay qöydim” şeʼrida şoiraning öz hayotidan rozi va mamnun ekanligini körişimiz mumkin:
“Men ötgan umrga açinmay qöydim,
Heç kimda körmayin umrimga öxşaş:
Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim,
Izzat nima – bildim. Şu-da bir yaşaş.
Xulosa örnida şuni taʼkidlab ötiş kerakki, haqiqatan ham Zulfiya özbek ayolining vafo va sadoqat timsoli, özbek onalarining esa mehr va muhabbat ramzidir.
Salomat Karimova, Ajiniyoz nomidagi NDPI özbek tili va
adabiyoti yönalişi 2-kurs magistranti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶