“Tax-tepa”: Qardoşlik ruhi va milliy uyğoniş timsoli bölgan etno-madaniy festival
Joriy yilning 21-noyabr kuni Taxtaköpir tumanining “Beltov” aholi punkti, “Tax-tepa” etno ovuli Qoraqalpoğistonning nafaqat tarixiy, balki maʼnaviy hayotidagi yirik voqeaga — Xalqaro etno-madaniy festivalning tantanali oçilişiga mezbonlik qildi. Sahar çoğidan boşlab bu hududda bayramona ruh, quvonçga töla şukuh sezildi. Yuzlab mehmonlar, sanʼatkorlar, milliy ansambllar, mahalliy hunarmandlar va olis yurtdan kelgan ijodkorlarning jamlanişi qadim tarixni, milliy ruhi uyğoq xalqning bugungi öziga xosligini yana bir bor dunyoga namoyon etdi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev sözga çiqib, barça iştirokçilarni festivalning oçilişi bilan samimiy muborakbod etdi. U öz nutqida köp millatli yurtimizda asrlar davomida hukm surib kelayotgan döstlik, ahillik va totuvlikning bugungi kunda yanada mustahkamlanayotganini alohida taʼkidladi.
Uşbu yirik madaniy anjumanda Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi Tursunxon Xudaybergenov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermanov, Qozoğiston Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Beybut Atamkulovning iştiroki festival darajasini, xalqaro miqyosdagi ahamiyatini yanada oşirdi.
Hurmatli Prezidentimizning alohida eʼtibori bilan sönggi yillarda “Beltov” ovulida amalga oşirilgan ulkan bunyodkorlik işlari qişloqqa butunlay yangi ruh, yangi qiyofa baxş etdi. Bir paytlar oddiy aholi manzili bölgan bu hudud bugun mamlakatimizning eng gözal etno-turistik maskanlaridan biriga aylanib, xalqaro miqyosda ham eʼtirof topmoqda.
Bu özgarişlarning ramziga aylangan “Tax-tepa” etno-qişloği esa özining ötmişdan hikoya qiluvçi paxsa uylari, milliy arxitektura, qadimiy turmuş tarzi bilan tom maʼnodagi tirik muzeyni eslatadi. Xususan, qöşni qişloq manzarasidan ilhomlanib barpo etilgan 16 ta paxsa uy har bir mehmonni öziga tortib, qadim ajdodlarimizning hayot tarzi, maişiy anʼanalari bilan yaqindan taniştiradi.
Festivalning aynan şu maskanda ötkazilişi bejiz emas. Har biri öziga xos maʼno va ruhiyatga ega bölgan 70 ta Qora uy — yurtimizda yaşayotgan turli millat vakillarining özligini namoyon etişi, ularning madaniy rang-barangligini namoyiş etuvçi maydonga aylandi. Har bir uyda xilma-xil millatlarga xos anʼanalar, kiyim-keçaklar, hunarmandçilik buyumlari, marosimlarga oid körgazmalar joylaştirildi. Bu — bir zaminda ahil-inoq yaşayotgan xalqlarning birligiga, bir-biriga bölgan hurmatiga, köp asrlik döstligiga ramziy işoradir.
Festival doirasida milliy urf-odatlar, qadimiy marosimlar, folklor sanʼati öziga xos sahna körinişlarida jonlantirildi. Milliy raqslar, ijodkorlar tomonidan kuylangan qöşiqlar, baxşi va jirovlarning jöşqin çiqişlari barçaning eʼtiborini tortdi. Qoraqalpoq, özbek, qozoq, turkman xalqlariga xos milliy öyinlar esa maydonda haqiqiy bayram kayfiyatini yaratdi.
Hunarmandlar tomonidan taşkil etilgan körgazmalar, milliy taomlar festivali, yoş rassomlar burçagi, bolalar uçun etno-madaniy makon festivali iştirokçilariga alohida zavq ulaşdi. Ayniqsa uşbu madaniy boylik xorijdan taşrif buyurgan mehmonlarda çuqur taassurot qoldirdi.
Taxtaköpirning “Tax-tepa” etno ovulida ötkazilgan xalqaro festival nafaqat madaniy tadbir, balki xalqimizning ming yillik tarixiy ildizlarini, milliy öziga xosligini, turli madaniyatlar uyğunligini butun dunyoga körsatib beruvçi yorqin namuna böldi.
Bu kabi tadbirlar yurtimizda turizmni rivojlantiriş, milliy merosni asraş, yoş avlodda tarixiy xotira va milliy ğururni mustahkamlaş borasida islohotlarning amaliy natijalaridir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶