Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligiga bağişlangan şeʼriyat keçasi ötkazildi
Özbekistonga har yil bahor nafaqat tabiat uyğonişi, balki qalblar uyğonişi bilan kirib keladi. Bu faslning ilk nafasi şeʼriyat va nafosat timsoli — Zulfiyaxonim nomi bilan köngillarga singadi. Uning qalamiga mansub satrlardagi latofat, ona Vatanga muhabbat va ayol qalbining nozik tuyğulari bugun ham yuraklarda jaranglab turibdi. Şoira şeʼrlari va ularga bastalangan qöşiqlar bahorning mayin şamoli kabi el orasida keng tarqalib, avlodlar qalbini ezgulikka çorlab kelmoqda.
Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan ötkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar şuni körsatadiki, şeʼriyat — millat qalbining tarjimonidir. Bahor esa ana şu qalbni uyğotuvçi fasl sifatida şoira ijodi bilan uyğunlaşadi. Uning nomi bilan taʼsis etilgan davlat mukofoti yurtimiz qizlarini bilim va ijod sari ilhomlantirib, ularni yuksak maqsadlar tomon yetaklab kelmoqda.
2-mart kuni Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 3-sonli umumiy örta taʼlim maktabi öquvçilari tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda özbek xalqining sevimli şoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligiga bağişlab “Zulfiyaxonim izdoşlari” mavzusida “Bahor keldi seni söroqlab” nomli şeʼriyat keçasini taşkil etdilar.
Mazkur tadbirda maktabning 6-sinf öquvçilari faol iştirok etib, şoira ijodidan namunalarni ifodali tarzda öqib berdilar. Öquvçilar tomonidan tayyorlangan sahnaviy çiqişlar, şeʼriy kompozitsiyalar va adabiy lavhalar keçaga alohida kötarinki ruh bağişladi.
Zulfiyaxonim şeʼrlaridagi Vatanga muhabbat, insonparvarlik, sadoqat va mehr-oqibat ğoyalari yoş ijroçilar talqinida yanada taʼsirçan yangradi. Ayniqsa, ona obrazi, ayol qalbining orzulari va umidlari haqidagi satrlar tinglovçilar qalbida çuqur taassurot qoldirdi.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan şoiraning hayoti va ijodiy faoliyati haqida atrofliça maʼlumotlar berildi. Uning özbek adabiyotida tutgan örni, jamoatçilik işlaridagi faol iştiroki, ayollar maʼnaviyatini yuksaltiriş yölidagi xizmatlari haqida alohida töxtalib ötildi. Taʼkidlanganidek, Zulfiyaxonim nafaqat isteʼdodli şoir, balki jamiyatda ayol nufuzini oşiriş, maʼrifatni tarğib qiliş yölida faol kuraşgan fidoyi inson sifatida ham tarixda qolgan.
Tadbir davomida öquvçilar tomonidan şoira ijodiga bağişlangan viktorinalar, savol-javoblar ham ötkazildi. Bu jarayon yoşlarning adabiyotga bölgan qiziqişini yanada oşirib, ularning bilimlarini mustahkamlaşga xizmat qildi. Kitob körgazmalari taşkil etilib, şoira asarlari namoyiş etildi. Keça iştirokçilari nafaqat şeʼr tingladilar, balki adabiyot orqali maʼnaviy ozuqa ham oldilar.
Tadbir söngida faol iştirok etgan öquvçilar tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovğalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Bu kabi eʼtiroflar yoşlarning ijodiy izlanişlariga rağbat bağişlab, ularni adabiyot va sanʼatga yanada yaqinlaştiradi. Eng muhimi, bunday tadbirlar orqali yoşlar qalbida milliy ğurur, maʼnaviy poklik va gözallikka intiliş tuyğulari mustahkamlanadi.
Şeʼriyat keçasi kötarinki ruhda ötdi. U nafaqat adabiy tadbir, balki yoşlar uçun maʼnaviy bayramga aylandi. Zero, Zulfiyaxonim ijodi — bu ezgulik, vafo, muhabbat va insoniylik maktabidir. Uning satrlari yoş avlodni komillik sari çorlaydi, qalblarni nurga töldiradi.
Darhaqiqat, Özbekistonga bahor Zulfiyaxonimning nomi, satrlari va ezgu ruhiyati bilan kirib keladi. Uning ijodi qalblarda abadiy yaşaydi va kelgusi avlodlarni ham ezgulik, nafosat va yuksak maʼnaviyat sari çorlayveradi.
R.Ramanova, tuman Axborot-kutubxona markazining axborot-bibliografiya xizmat rahbari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶