Amir Temur – adolat va qudrat timsoli
Jahon tarixida öçmas iz qoldirgan buyuk siymolar köp, ammo Amir Temur nomi ular orasida alohida ajralib turadi. U nafaqat zabardast sarkarda, balki dono siyosatçi va kuçli davlat asosçisi sifatida tanilgan.
Amir Temur 1336-yilda Şahrisabz yaqinida tuğilgan. Yoşligidan jasurligi va qatʼiyati bilan ajralib turgan Temur murakkab siyosiy şaroitda voyaga yetdi. Öşa davrda Movarounnahr hududida tarqoqlik hukm surar, içki nizolar esa tobora kuçayib borayotgan edi.
Ana şunday vaziyatda Amir Temur kuçli markazlaşgan davlat barpo etişga kirişdi. Qisqa vaqt içida u raqiblarini yengib, markazi Samarqand bölgan ulkan imperiyani yaratdi. Samarqand uning davrida nafaqat siyosiy, balki madaniy va ilmiy markazga aylandi.
Temurning harbiy isteʼdodi ayniqsa eʼtiborga loyiqdir. U har bir jangni puxta reja asosida olib borgan, qöşinida qatʼiy intizom örnatgan. Tezkorlik, kutilmagan hujum va aniq strategiya uning asosiy quroli bölgan. Şu sababli u köplab janglarda ğalaba qozonib, öz davrining eng qudratli hukmdoriga aylandi.
Biroq Amir Temur faqat zabt etuvçi sarkarda emas edi. U bunyodkor hukmdor sifatida ham tarixda qolgan. Uning taşabbusi bilan Samarqandda köplab meʼmoriy inşootlar barpo etildi, şaharlar obod qilindi. Ilm-fan va madaniyat rivojiga katta eʼtibor qaratildi. “Temur tuzuklari” asari esa davlat boşqaruvi, adolat va tartib-intizom masalalarini yoritib beruvçi muhim manba hisoblanadi. Unda hukmdorning xalq oldidagi masʼuliyati va qonun ustuvorligi alohida taʼkidlangan.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur – adolat, kuç va donolik timsolidir. Uning boy merosi bugungi kunda ham öz ahamiyatini yöqotmagan va kelajak avlodlar uçun ibrat bölib xizmat qiladi.
Gulrux Saʼdullayeva, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶