40-sonli maktabda «Amir Temur — buyuk Sohibqiron» deb nomlangan tadbir ötkazildi
9-aprel sanasi nafaqat Özbekiston, balki butun jahon tamadduni tarixida alohida örin tutgan, markazlaşgan davlat asosçisi, ilm-fan va madaniyat homiysi, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan sana sifatida keng nişonlanadi. Sohibqiron bobomizning boy merosi, u yaratgan adolatli boşqaruv tamoyillari va bunyodkorlik işlari asrlar oşa bizga maʼnaviy kuç va qudrat bağişlab kelmoqda. Sna munosabati bilan yurtimizning barça göşalarida bölgani kabi, Amudaryo tumanida ham maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etildi.
Tuman madaniyat bölimi bilan hamkorlikda 40-sonli maktabda taşkil etilgan «Amir Temur — buyuk Sohibqiron» deb nomlangan bayram tadbiri nafaqat tarixiy sanani yod etiş, balki yoş avlod qalbida milliy özlikni anglaş va ajdodlar merosiga bölgan çeksiz hurmatni şakllantiriş yölidagi navbatdagi muhim qadam böldi.
Tadbirning oçiliş marosimida sözga çiqqan Amudaryo tumani madaniyat va maʼrifat markazi rahbari Islom Matkarimov yiğilganlarni bayram bilan muborakbod etar ekan, Amir Temur şaxsiyatining jahon tarixidagi örni va ahamiyatiga alohida töxtalib ötdi. Taʼkidlanganidek, Sohibqironning «Kuç — adolatdadir» degan oliy tamoyili bugungi kunda ham davlatçilik va jamiyat taraqqiyotining poydevori bölib xizmat qilmoqda.
Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy keçaning asosiy maqsadi — öquvçi-yoşlarga milliy qadriyatlarimizni singdiriş, ularda buyuk ajdodlarimizga nisbatan faxrlaniş tuyğusini uyğotiş hamda vatanparvarlik ruhini kuçaytirişdan iboratdir. Zero, tarixini bilgan, öz ötmişidan saboq olgan millatninggina kelajagi porloq böladi.
Tadbir davomida ijro etilgan kuy-qöşiqlar, sahna körinişlari va Sohibqiron hayotiga oid maʼlumotlar yoşlarning tarixiy bilimlarini boyitişga xizmat qildi. Davraga yiğilgan yoşlarning közidagi şijoat va intilişni körib, ularning qalbida tarixiy özlikni anglaş va Vatanga muhabbat tuyğulari naqadar yuksak ekanligiga amin böliş mumkin. Aynan mana şunday tadbirlar orqali yoş avlod vakillari özlarining Temur avlodlari ekanini, zimmalarida esa ajdodlar munosib vorisi bölişdek ulkan masʼuliyat borligini çuqurroq his etadilar.
Bayram dasturi davomida Amir Temurning harbiy mahorati bilan bir qatorda, uning maʼnaviyat va madaniyat rivojiga qöşgan hissasi, buyuk saltanat barpo etişdagi fidokorligi ham keng yoritildi. Tuman madaniyat bölimi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy çiqişlar keçaga alohida fayz kiritdi. Tadbirning har bir daqiqasi iştirokçilar xotirasida öçmas iz qoldirib, ularni yurt istiqboli yölida fidokorona mehnat qilişga, ilm-fan çöqqilarini zabt etişga undadi.
Amudaryo tumanida ötkazilgan uşbu tantanali tadbir Amir Temur şaxsining millat ruhiyatidagi örni naqadar yuksakligini yana bir bor isbotladi. Biz bugun erkin va obod vatanda yaşar ekanmiz, bu zaminning har bir qariçida ajdodlarimizning nafasi va bunyodkorlik ruhi borligini unutmasligimiz lozim. Sohibqiron tavalludi munosabati bilan taşkil etilgan mazkur keça yoşlar qalbida vatanparvarlik va tarixiy xotira tuyğularini yanada yuksaltirişga xizmat qilgani bilan ahamiyatli böldi. Zero, öz tarixini eʼzozlagan va undan kuç olgan xalq heç qaçon kam bölmaydi va albatta közlagan uluğ maqsadlariga yetadi. Sohibqiron Amir Temurning maʼnaviy merosi esa biz uçun hamişa yölçi yulduz bölib qolaveradi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶