25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 12:53
Jamiyat 👁 346

ULAR AFGʻON ZAMINIDA JANG QILGAN EDILAR...

ULAR AFGʻON ZAMINIDA JANG QILGAN EDILAR...

Oʻtgan asrning saksoninchi yillarida oʻgʻillari boʻy yetgan ota-onalar yuraklarini hovuchlab iltijo qilardilar: “Ilohim, bolamning taqdiriga Afgʻoniston yozmasin-da”, - deya kun-u tunlarini hadik bilan oʻtkazishardi. Chunki tarixda “birodarkushlik urushi” deb nom olgan Afgʻon zaminidagi notinchliklar sobiq ittifoq hududidagi Respublikalar, ayniqsa Markaziy Osiyoliklar uchun koʻplab yoʻqotishlar olib kelgan, har kuni Afgʻonistondan birodarkushlik janglarini toʻxtatish uchun safarbar etilgan sovet armiyasi askarlarining jonsiz jasadlari “qora lolalar” deb  nom olgan vertolyotlar orqali temir tobutlarda sobiq SSSR hududiga olib oʻtilardi. Ularning deyarli barchasi 18-19 yoshli navqiron yigitlar edilar...

Sobiq ittifoq hududidagi Respublikalardan ushbu urushda 14454 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻzidan 2800 nafar yigit Afgʻoniston urushiga safarbar etildi. Ulardan 88 nafar navqiron yigit qahramonlarcha halok boʻldilar. Yuqoridagi raqamlarga eʼtibor berilsa, musulmon farzandlari boshqa millat vakillariga nisbatan koʻpchilikni tashkil etganini anglash qiyin emas.

Bizning Amudaryo tumanimizdan 13 nafar yigit 18-20 yoshning nari-berisida ushbu qattol urush qurboni boʻldilar. 9-yil-u 2 oy davom etgan talatoʻplardan omon qaytganlarning biri oyogʻi yo qoʻlini, yana biri yarim  jonini begona yurt tuprogʻini yovdan ozod etish uchun boʻlgan qaqshatqich jang maydonlariga tashlab qaytdi. Omon qaytganlarning deyarli barchasi, mana, 32-yildirki, urush asoratlaridan azob chekishadi. Ular orasida Qilichboy zaminida tugʻilib-oʻsgan Qoʻziboy Davletov ham bor edi. U navqiron yigitlik davridan to hozirgacha II guruh nogironi sifatida haftalab, baʼzan oylab shifoxonalarda davolanadi.

Hayot sinovlarga toʻla. Inson taqdiri ana shu sinovlar silsilasida goh ravon, goh notinch kechadi. Umr lahzalarini olib oʻtayotgan vaqt ham baʼzan inson boshidan kechirgan ogʻir sinovlar asoratiga malham boʻlmas ekan...

Qoʻziboy Davletovning orzulari, hayotdan umidi koʻp edi. Serfarzand oilada voyaga yetgan Qoʻziboy Erimmat ota bilan Yoqutjon opaning beshinchi oʻgʻli, yerga ursa, osmonga sapchiydigan norgʻul yigit boʻlib ulgʻaydi.

Xalqimizda oʻnta boʻlsa, oʻrni qirqta boʻlsa, qiligʻi boshqa, degan hikmatli iboraga nisbat beradigan boʻlsak 11 nafar oʻgʻil oʻstirgan Erimmat ota bilan Yoqutjon ona uchun har bir oʻgʻli Asqar togʻday suyanch, oʻn bir xil dunyo, faxrlansa arzigulik quvonchlari edilar.

Qilichboydagi 15-sonli maktabni 1980-yilda tamomlagan Qoʻziboyning ulgʻayganini oʻgʻliga tuman harbiy komissariatidan chaqiruv xati kelganida bilishdi boyaqish ota-onasi. Yoqutjon ona uchun tinch oʻtayotgan kun-u tunlaridan fayz ketdi. Oʻtirsa ham, tursa ham, hatto biron yumush bilan mashgʻul boʻlsa ham nuqul bir gapni takrorlardi: “Ilohim, afgʻonlarga yoʻling tushmagay-da, bolam!”

Yaratganning sinovimidiki, Qoʻziboy 1981-yilning aprel-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida harbiy dala mashgʻulotlarida tayyorgarlik bosqichini oʻtadi. Iyul oyining boshida 149-sonli motooʻqchilar polki  tarkibida, Afgʻoniston Respublikasining Qunduz viloyatida haqiqiy harbiy xizmat vazifasini bajarishga kirishdi. Saraton jaziramasida harorat 50-60 darajagacha yetadigan togʻ-u toshlarda, Afgʻon qishloqlarida jangarilarga qarshi boʻlgan beayov janglarda ishtirok etdi. Jangavor xizmat davomida hozirgina oʻzi bilan bir havodan nafas olayotgan quroldosh doʻstlaridan ayrildi. Oʻlim bilan yuzma-yuz kelgan lahzalarida ham xizmat postini tashlab ketmadi. Goh yaralangan doʻstlarini, goh dushman oʻqidan halok boʻlgan quroldoshlarining jonsiz jasadlarini jang maydonlaridan olib chiqdi. Shunday janglarning birida qozoq millatiga mansub quroldoshi Baxtbekni yelkasida opichlab, sanitar mashinasigacha olib bordi. Jon talashayotgan doʻsti tinmay onasini chaqirgani hamon qulogʻi ostida jaranglaydi. Bir safargi jangda esa gruzin doʻsti oyogʻidan ogʻir yaralandi, toliqqan Qoʻziboy quruqlikda yelkalab yurishga majoli yetmay Gaydarashvilini chuqur soy suviga tashlab, suv orqali eson-omon sanitar postiga yetkazgani, garchi oyogʻidan ajralsa-da, doʻsti undan minnatdor boʻlgani hamon esida.

Qoʻziboy Davletov janglarda koʻrsatgan jasorati uchun harbiy Qoʻmondonlik tomonidan  “Qizil yulduz” ordeni, sobiq SSSR “Qurolli Kuchlarning 70 yilligi” yubiley medallari bilan taqdirlandi. U bir yil davomida necha-necha doʻstlaridan ajraldi. Har gal jangari dushman guruhiga qarshi jangga kirganida: “biz oʻzi kim uchun, nima uchun urushayotirmiz?” – degan savol yuragini timdalar, lekin bu savolga javob topa olmay, battar qiynalardi. Shunday ogʻir janglarning birida BMP mashinasi minaga duch kelib, portlab ketdi. Kim tirik, kim halok boʻldi, bunisi noayon, Qoʻziboy koʻzini ochganida vujudidagi qattiq ogʻriqdan ingrab yubordi. U boshidan ogʻir jarohat olgandi. U avval dala gospitalida, keyinchalik oʻsha paytdagi Turkiston harbiy okrugʻiga qarashli Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan  harbiy gospitalda oylar davomida davolandi. Bosh chanogʻi suyagi ezilib ketgan Qoʻziboy bir necha marta jarrohlik stolida hayot uchun kurashdi. Aʼlal-oqibat suyaklarning tiklash qiyin boʻlgan joyiga plastik (sunʼiy suyak) oʻrnatilib, 1-guruh nogironiga aylandi.

Mana 40-yildirki, Qoʻziboy Davletov boshidagi ana shu ogʻir jarohat asoratidan azob chekadi. Yaxshiyamki, unga Turdigul opaday oqila, mehribon ayol umr yoʻldoshi boʻldi. Turdigul opa bilan ahil-inoq yashab 2 oʻgʻil, 2 qiz tarbiyalashdi. Qizlarini uzatib, oʻgʻillarini uylantirishdi, shirin-shakar 3 nafar nevaraning bobo-buvisi boʻlishdi.

Hayot sinovlarini yengishda insonga faqat iroda kuchi yetmas ekan. Qanchalik kuchli boʻlmang, oilada oʻzaro mehr-oqibat tuygʻusi ildiz otmasa, bunday oila ich-ichidan yemiriladi. Qoʻziboy aka bilan Turdigul opa qurgan oila qoʻrgʻoni esa ana shu mehr-oqibat tuygʻusidan obod va koʻrkam: Er-xotin qoʻsh hoʻkiz, deganlari ham haqiqat. Ikkovlon bir boʻlib, tomorqa xoʻjaligini yuritishdi. Avval sobiq sovxozda, keyinchalik jamoa xoʻjaligida va hududdagi biolaboratoriyada agronom boʻlib ishlagan Turdigul opa eriga hamisha qoʻl-qanot boʻldi. Farzandlarini el-yurt koriga munosib insonlar qilib tarbiyalashdi.

-  Xudoga ming-ming shukr, - deydi Qoʻziboy aka mamnuniyat bilan, - Turdigul chechangiz bilan bolalarning umri-davlatini tilab yashayapmiz. – Oʻgʻil-qizlarni uyli-joyli qildik, kelinlarimiz mehribon, mehnatkash. Bundan ortigʻi boʻlmaydi.
Qoʻziboy akaning oʻzi nogiron boʻlsa-da, boʻsh oʻtirmaydi. Goh mol-holga, parrandalarga qarasa, goh tomorqa ishlariga urinadi. Bahor yaqinlashgani uchun qoʻliga tokqaychi olib, moʻʼjazgina  bogʻ-rogʻiga shakl beradi. Nevaralariga ertaklar oʻqib beradi.

Biz ijodiy jamoamiz bilan Qoʻziboy aka xonadonida boʻlgan kunimiz sobiq afgʻonchi jangchini yoʻqlab doʻstlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Baynalmilal jangchilar uyushmasining Amudaryo tuman boʻlimi raisi Bahodir Jumaniyozov, sobiq afgʻonchilar Rustam Xoʻrozov va Ozod Xoʻjaniyozovlar Qoʻziboy akani yoʻqlab kelishdi. Biri-birini sogʻingan qadrdonlar bir piyola choy ustida olis yillar xotiralarini yodga olishdi. Sobiq sovet qoʻshinlarining Afgʻoniston hududidan olib chiqilganiga 32-yil toʻlgan kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etilayotgani, ushbu tadbirga Qoʻziboy akani ham taklif qilib kelishganidan butun oila aʼzolari mamnun boʻlishdi. Shunday kunda Qoʻziboy aka uyiga sigʻarmidi!? Doʻstlari bilan birgalikda sobiq afgʻonchi jangchilarni 15-fevral sanasi bilan qutlash uchun ularning safiga qoʻshildi.

Shu kuni ular Bahromjon Rahimovnikiga, soʻng Ozod Oʻrozmetovning xonadonlariga ham borishib, barchasi birgalikda Toryop mahallasiga yoʻl oldilar. Yaqindagina afgʻon urushida olgan darohatlari asorati tufayli  vafot etgan Norimmat Boltaboyevning xonadonida boʻlishib, uning rafiqasi va farzandlari bilan uchrashishdi. Norimmat Boltaboyevning oʻgʻli Dilshodbek bilan  Norimmatning hayoti bilan bogʻliq xotiralarni yodga oldilar. Marhumning haqiga qurʼon tilovatlar qildilar, el-yurtga tinchlik-omonlik tiladilar.

Sobiq afgʻonchi jangchilar Norimmat Boltaboyevning izlarida qolgan yaxshiliklar, farzandlari hayotida davom etayotgan ezgu ishlari, orzulari haqida uzoq suhbatlashdilar va tinchlik yurtidan harbiy xizmatga chaqirilib, Afgʻoniston zaminidagi maqsadsiz jang-u jadallarda bevaqt xazon boʻlgan 13 nafar amudaryolik jangchilarni bir-bir yodga oldilar, ularning pok ruhlariga Qurʼon oyatlaridan tilovatlar qildilar.

Ijodiy jamoamiz bilan Afgʻoniston urushining  sobiq jangchilari huzuridan qaytarkanmiz, oradan shuncha yillar oʻtsa-da, yuraklaridagi chandiq, armon dogʻi hamon ketmagan, bugun barchasi nuroniy yoshga yetib, har biri bir etak nevaraga bobo boʻlgan bu insonlar koʻnglini anglaganday boʻldik. Beixtiyor dilimizdan ezgin satrlar kechdi.

Bu hayotning qadr-u qimmatin,
Urush koʻrgan ellardan soʻrang.
Tonglar aro jahannam oʻtin,
Kechib kelgan erlardan soʻrang,
Ular bilar bir burda nonning,
Qadri hayot qadricha ulugʻ.
Tinchlik degan buyuk imkonning,
Har lahzasi baxtga  toʻlugʻ.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026