20.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
20.10.2026, 11:05
Maqolalar 👁 404

“BOPI ELGA YaXShILIGʻ QILGʻILKI...”

“BOPI ELGA YaXShILIGʻ QILGʻILKI...”

Hozirgi davrda yurtdoshlarimiz orasida bir-birovga muruvvat koʻrsatish, yaxshilik qilish kabi xislatlarning kamayib borayotgani haqidagi gap-soʻzlar tez-tez aytiladigan boʻldi. Aslida yaxshilik oʻziga nisbatan qilinishini hamma istaydigan, biroq boshqaga nisbatan qilinishi oson boʻlmaydigan fazilatdir. Axir: “Oʻzingning koʻnglingni qoldirmay oʻzganing koʻnglini topolmaysan”, degan hikmat bekor aytilmagan-ku.

Bunga misol tariqasida oʻtgan yil kuzda roʻy bergan bir voqeani aytib bersak boʻladi. Yaqin kishilarimizdan birining farzandi oilasi bilan Nukus-Beruniy yoʻlida avtohalokatga uchraydi. Kutilmaganda boʻlgan dahshatli hodisadan oʻzlariga kelolmay turgan paytda shu yoʻldan oʻz ishlari bilan borayotgan qipchoqlik ikki yigit darhol mashinalaridan tushib yordamga shoshilishadi. Ularni bolalari bilan mashinadan chiqarib olishib, zarur yordam koʻrsatganlaridan keyin oʻz mashinalarida Amudaryo tumani shifoxonasiga olib kelishadi.

Bu yigitlarning tezkor harakatlari tufayli bir oila baxtsiz hodisa sababli yuz berishi mumkin boʻlgan asoratlarsiz sogʻayib, hozirda Ellikqalʼa tumanida hayot kechirishmoqda.

Inson, albatta, jamiyat ichidagina insonligini toʻlaqonli his qiladi hamda namoyon etadi. Insonlarning hayoti hamisha bir-birlari bilan bogʻliq holda kechadi – kimlarningdir maʼnaviy yoki moddiy yordamiga muhtoj boʻladi, baʼzida esa oʻzi yordamchiga aylanadi. Ana shular orqali insonning oʻzligi, qadr-qimmati namoyon boʻladi. Kunlarning birida An-Navos ibn Samʼon (r.a.) kelib Pasululloh (s.a.v)dan yaxshilik haqida soʻradi.

Pasululloh: “Yaxshilik husni xulqdir”, dedilar. (Termiziy rivoyati)

Ulamolar ham: “Yaxshilik shunday amalki, agar inson uni qilsa qalbiga xursandchilik kiradi, oʻzi qilgan ishidan mamnun boʻladi”, deb taʼkidlaganlar.

Ana shu madadkor qipchoqlik yigitlarga (birining oti Abdulla ekan) nisbatan minnatdorchilik hissi qalbimizda toʻlqinlanib turgan paytda yaxshilik nima-yu, yaxshi inson kim degan mavzuda fikr yuritib koʻrsak barchamiz uchun foydadan xoli boʻlmas.

Avvalo bularning hammasi Alloh taoloning kalomi –Qurʼonda va paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislarida mukammal bayon qilingan.

Alloh taolo bir oyatida: ”Oʻzingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha hargiz yaxshilikka erisha olmaysiz. Nimani nafaqa qilganingizni Alloh taolo bilguvchidir”, deb marhamat qiladi. (Oli Imron, 92-oyat).

Demak, yaxshilik faqat mol-dunyo bilan oʻlchanmaydi, balki uni amalga oshirish yoʻllari koʻp. Insonlarga manfaat keltiradigan va foydali boʻlgan barcha ishlar yaxshilikdir.

Bir donishmand: “Sovgʻa qilish uchun eng qimmatli narsa – vaqtingdir, chunki uni hech qachon qaytarib boʻlmaydi”, degan ekan. Oʻz ishlari bilan shoshilib borayotgan oʻsha qipchoqlik ikki yigit ham oʻz manfaatlaridan kechib, vaqtlarini sarflab, qiyin ahvolda qolgan notanish yoʻlovchilarga yordam bergan ekanlar, bu juda oliyjanoblik, oʻrnak olishga arzigulik yaxshilik – sovgʻa emasmi?! Xolisona aytganda har bir yaxshilikka xos boʻlgan fikr yoki harakat oʻz ragʻbatini topmogʻi lozim. Shu sababli oʻz minnatdorchiligimizni bildirmoq uchun oʻsha yigitlarni izlab Amudaryoning oʻng qirgʻogʻiga oʻtib, Beshtom mahallasidagi 8-ovuldan bu xaloskor yigitlarni izlab topdik. Lekin ular oʻzlarining yordami begʻaraz ekanligini aytib,ularning oʻrnida kim boʻlganda ham xuddi shunday qilgan boʻlishardi deyishib, har qanday mukofotni rad etishdi, hatto oʻzlarining ismlarini keltirishimizni ham istashmadi.

“Yaxshilik qil-u uni daryoga tashla – baliq biladi, baliq bilmasa Xoliq biladi”, degan hikmat bor, shunga amal qilgan holda bu yigitlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildirish bilan birga Alloh taolodan ularga hamisha madadkor boʻlishini tilab qolamiz.

Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom aytganlaridek, yaxshilikka kalit, yomonlikka qulf boʻlib, Alloh taoloning rahmati va jannatiga erishadigan haqiqiy moʻmini komil boʻlib yashamoqligimizni Pobbimiz barchamizga oson qilsin. Yaratgan hammamizni yaxshilik qilguvchilardan qilsin. Bizdan faqat yaxshiliklar qolmogʻini va bir-birlarimizga mehrli, oqibatli, shafqatli boʻlmogʻimizni nasib aylasin.

Oʻzimiz ham doimo yordamga shay boʻlaylik, kerak paytda Haqning oʻzi xaloskor farishtalarday, xuddi oʻsha ikki yigitni duch qilganiday insonlarni yuboravergay degan tilak esa hamisha qalbimizda muqim.

Buyuk bobokalonimiz Bobur mirzo vasiyat qilganiday:

“Bori elga yaxshilik qilgʻilki, mundin yaxshi yoʻq – Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiligʻ!”.

Ahmad Nafasov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026