“Hashar – elga yarashar” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi
Joriy yilning 15-sentyabr kuni 28-sonli umumtaʼlim maktabida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan “Mahallalarda obodlikni taʼminlash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oshirish” mavzusidagi “Obod mahallam” nomli grant loyihasi doirasida aholi, ayniqsa yoshlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, tabiy resurslarni tejashga daʼvat qilish, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oshirish maqsadida “Jayxun ilhomlari” NNT, tuman maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi bilan hamkorlikda Qipchoq hududidagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Hashar – elga yarashar” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.
Tanlovda hududdagi 10 ta maktablardan jami 30 nafar oʻquvchilar ishtirok etishdilar.
Insholar tanlov gʻoliblari komissiya tomonidan oʻrganilib va baholab chiqiladi. Komissiyaning yakuniy qaroriga koʻra tanlov gʻoliblari tegishli tartibda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan tayyorlangan faxriy yorlik va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶