16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:06
Jamiyat 👁 212

JURNALISTLAR – ZAMON QAHRAMONLARI

JURNALISTLAR – ZAMON QAHRAMONLARI

“Boshqalarni bilmadim-u,

lekin menga jurnalistlar yoqadi”.

Sh. M. Mirziyoyev.

Oʻzbekistonda XV asrning oʻrtalariga kelib zamonaviy jurnalistikaga asos solindi. Shundan buyon koʻpgina nashrlar paydo boʻldi va xalq manfaati yoʻlida chop etildi. Albatta, bunda milliy jurnalistikamizning atoqli namoyandalari oʻz jonini jabborga berib haqiqat uchun kurashdi. Ular orasida M. Behbudiy, M.Abdurashidxonov, A.Avloniy, I.Obidiy, U.Asadullaxoʻjayev va shu singari adiblar bor edi. Dastlabki gazetalardan esa “Turkiston viloyati gazeti”, “ Turkestanskiy vedomosti”, “Taraqqiy” va boshqa gazetalarni aytishimiz mumkin. Aynan “Taraqqiy” gazetasi chop etilgan sana, yaʼni, 27-iyun Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Farmoniga binoan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni deb eʼlon qilingan. Shu yili oʻzbek matbuotining toʻngʻich gazetasi boʻlmish “Taraqqiy”ning chop etilganligiga 114-yil toʻldi.

Zamon rivojlangan sari jurnalistikamiz ham rivoj topdi. Bugungi kunda pandemiya davrida jurnalistlar “Zamon qahramonlari” deya eʼtirof etilmoqda. Albatta, tezkor xabar va yangiliklarga boʻlgan ehtiyoj kun sayin ortib borayotgani xech kimga sir emas. Mana shu jihatdan bloger va jurnalistlar tezkorlik bilan ish faoliyatini olib bormoqdalar. Bugun biz “Dunyo hamjamiyatida jurnalistlarning oʻrni qanchalik ortdi?” degan savol bilan soha vakillari va fuqarolarga internet tarmoqlari orqali murojaat etib, suhbatlashdik.

Oʻrozboy AbduraHmOnov, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi:

Karantin davrida insoniyatning boshiga tushgan umumiy dard jurnalist va blogerlarning masʼuliyatini kuchaytiradi. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yolgʻon va vahimalarning kamayishiga harakat qilish kerak, ayniqsa, matbuotning yolgʻon tashishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Xabar tezligi ortgani sari yolgʻonlar tezligi ham ortadi. Mualliflar pozitiv pozitsiyadan koʻproq tahlillarga eʼtibor bergani maʼqul. Sensatsiya quvmaslik kerak. Odamlarning ruhini koʻtaradigan xabar va tahlillarga zarurat kuchaymoqda.

Muxtor Xudoyqulov, yozuvchi, jurnalist:

Matbuot, yaʼni OAV ijtimoiy hayotning barcha tomonlarini oʻzida aks ettiradi, undagi boʻlayotgan voqea va hodisalarni yoritadi, biladi, tahlil qiladi va jamiyat hayotiga qaytadan taʼsir koʻrsatadi. Koronavirus pandemiyasi paytida ham matbuot oʻz vazifasini bajarmoqda. Koʻpchilik jurnalistlar bu hodisani tushuntirish, uning oldini olish va tezroq undan xalos boʻlish yoʻlida ishlab, yozishdi, koʻrsatishdi va hk. Albatta, har vaqtdagi kabi odamlar jurnalistlarga quloq tutib, oʻqishmoqda, maʼlumot olishmoqda. Bu voqeani reportyorlar, informatorlar yoritib borishmoqda, tahlilchilar tahlil qilishmoqda.

Lobar Toʻrayeva, talaba:

Oldin xalq axborotga tashna edi. Pandemiya sabab yuzaga kelgan karantin bu tashnalikni ikki karra oshirdi. Ertalab ham yangilik, tushlikda va kechki payt ham yangilik. Menimcha karantin davrida jurnalistlarning mavqei shifokor va IIV xodimlari bilan bir xil darajaga yetdi. Bu esa sifatli faoliyat yuritishga boʻlgan talabning ikki hissa oshishiga sabab boʻldi.

Muxtor Umbetov,

QDU talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026