ZAMONAVIY TEXNOLOGIYaLAR — YuQORI HOSIL VA SAMARADORLIK GAROVI
Amudaryo tumanida qişloq xöjaligida ilğor texnologiyalarni keng joriy etiş, hosildorlikni oşiriş hamda fermerlar uçun qulay va samarali iş usullarini ommalaştirişga qaratilgan amaliy seminarlar muntazam taşkil etib kelinmoqda. Ana şunday tadbirlardan biri Çoyköl ovulidagi “Çoyköl–Döstlik” fermer xöjaligi paxta maydonida bölib ötdi.
Ğöza parvarişi va zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etişga bağişlangan uşbu seminarda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov, qişloq xöjaligi sohasi mutaxassislari, fermer xöjaliklari rahbarlari hamda agronomlar iştirok etdilar.
Bugungi kunda qişloq xöjaligini raqamlaştiriş va innovatsion texnologiyalarni keng qöllaş davr talabi bölib qolmoqda. Ayniqsa, paxtaçilik tarmoğida zamonaviy texnikalardan foydalaniş mehnat unumdorligini oşiriş, xarajatlarni kamaytiriş va hosildorlikni yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Seminar davomida ana şunday ilğor yeçimlardan biri bölgan zamonaviy dronlar yordamida ğöza barglarini oziqlantiriş işlari amaliy tarzda namoyiş etildi.
Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, uşbu zamonaviy qurilmalar qişloq xöjaligida yangi imkoniyatlarni oçib bermoqda. Mazkur dronlar yuqori aniqlikda işlaşi, dori vositalarini teng va sifatli purkaşi hamda katta maydonlarni qisqa vaqt içida qamrab olişi bilan ajralib turadi.
Seminar iştirokçilariga dronlarning texnik imkoniyatlari va amaliy afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berildi. Xususan, paxta maydonlarida odatda gektariga 10–15 litr işçi eritma sarflanişi hisobga olinsa, 100 litr siğimli bitta töldiriş bilan örtaça 6–10 gektar maydonga işlov beriş mumkinligi qayd etildi. Bu esa qisqa vaqt içida katta hajmdagi işlarni bajariş imkonini yaratadi.
Şuningdek, uşbu dronlarining kunlik iş unumdorligi ham eʼtiborga molik. Iş şaroiti, logistika va texnik taʼminotga qarab, bir soat davomida 15–25 gektar maydonga işlov beriş mumkin. Kun davomida esa 120–200 gektar, yaxşi taşkil etilgan şaroitlarda esa 200 gektardan ortiq maydonni qamrab oliş imkoniyati mavjud.
Mutaxassislar tomonidan taʼkidlanganidek, uşbu texnologiyaning eng muhim afzalliklaridan biri – uning iqtisodiy samaradorligidir. Dori vositalari sarfi 20–30 foizgaça qisqaradi, suv resurslari sezilarli darajada tejaladi. Traktor va boşqa anʼanaviy texnikalarga nisbatan yoqilği xarajatlari deyarli talab etilmaydi. Bu esa fermer xöjaliklari uçun xarajatlarni kamaytirib, iqtisodiy foydani oşirişga xizmat qiladi.
Yana bir muhim jihat — vaqt tejalişidir. Odatda bir neça kun talab qiladigan işlarni dronlar yordamida bir kunning özida bajariş mumkin. Zamonaviy radar va sensorlar bilan jihozlangan uşbu qurilmalar keçki va tungi vaqtlarda ham samarali işlaş imkoniyatiga ega.
Dron texnologiyalarining hosildorlikka taʼsiri ham yuqori baholanmoqda. Preparatlar ekin maydoniga bir xil taqsimlanişi natijasida ösimliklarning oziqlanişi yaxşilanadi, barglarning pastki qismigaça yetib boradigan purkaş tizimi esa biologik va kimyoviy vositalarning samaradorligini oşiradi. Eng muhimi, texnika dalaga kirmagani sababli tuproq ziçlaşmaydi, ğöza ildiz tizimi zarar körmaydi.
Seminar davomida mehnat unumdorligini oşiriş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Dronlarni boşqariş uçun atigi bir yoki ikki nafar operator yetarli bölib, oğir qöl mehnati sezilarli darajada kamayadi. Qurilmalar maydonlarga yuqori aniqlikda işlov beradi, qayta sepiş yoki ayrim hududlarni qoldirib ketiş holatlarining oldini oladi.
Tadbir yakunida soha mutaxassislari va fermerlar zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etiş qişloq xöjaligi samaradorligini yanada oşiriş, resurslardan oqilona foydalaniş hamda möl hosil yetiştirişda muhim omil bölişini taʼkidladilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶