OROLNING QURIŞI – EKOLOGIK MUAMMO
Orolning qurişi – Orolböyi tabiati ösimliklar va hayvonot dunyosiga katta ziyon yetkazdi. Suv zahiralarining kamayişi va şörlanişi natijasida yaylovlarda çorva uçun oziq böladigan ösimliklar turi va sifati kamayib, ötloqlar maydoni deyarli uç martaga qisqardi. Ekologik vaziyat tufayli mintaqada tuproq meliorativ holatining buzilişi hozir ham davom etmoqda. Tuzli çang va tuzlarning kötarilişi, qumlar köçib yurişini töxtatiş, xususan, qumlar Amudaryo va Sirdaryo deltalariga bostirib kirişining oldini oliş maqsadida ularni mustahkamlaş, tuz tözğişi mumkin bölgan joylarda şamolda uçişining oldini oliş uçun maʼlum tadbirlarni qöllaş muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada fitomelioratsiya tadbiri yaxşi samara berişi aniqlangan.
Özbekistonda ekologik böron oqibatlarini yengillaştiriş masalasi davlat darajasida, kompleks ravişda hal etilmoqda. Şu bilan birga tabiiy resurslardan foydalanişni va atrof-muhitni himoya qiliş faoliyatini tartibga soluvçi qonunlar qabul qilingan. Şu asosda Orolböyi hududiga kiradigan Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatini umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan keng kölamli dasturlar izçil amalga oşirilmoqda. Orolning qurigan qismida, Özbekiston hududida har yili kamida 25 ming gektar maydonga qora saksovul, qandim, çerkiz, yulğun va boşqa butalar uruğlari, köçatlari ekilmoqda. 1980-yillarda ekilgan köçatlar ança yirik bölib, qumlarni mustahkamlaşdagi xizmatlari katta maydonlarda yaxşi sezilib turibdi. Xuddi şunday usulni qoldiq şörhoklarda ham mahalliy relef xususiyatlarini eʼtiborga olib, ekişni taşkil qiliş samara berişi mumkin. Bunda asosan galofitlar, qora saksovul, yulğun, qorabaroq östiriş maqsadga muvofiq böladi.
Xulosa örnida aytadigan bölsak, tabiatga inson faoliyati tomonidan körsatilayotgan taʼsirning ortib borişi çöllanişga sabab bölgan. Çöllanişga qarşi kuraşda bir qança xalqaro taşkilotlar tomonidan dasturlar va çora-tadbirlar işlab çiqilgan. Hozirgi kunda bu ekologik muammoni hal qiliş uçun amaliy işlar boşlab yuborilgan.
Nodira ÖROZBOYeVA, Toşkent Irrigatsiya va qişloq xöjaligini
mexanizatsiyalaş muhandislari instituti, 1-bosqiç magistranti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶