Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida örganildi
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan inson qadrini uluğlaş tamoyili asosida joylarda aholi muammolarini örganiş, ularning dardu taşvişlariga quloq tutiş va har bir masalaga mahallaning özida aniq yeçim topiş maqsadida tizimli işlar olib borilmoqda. Ana şunday ezgu saʼy-harakatlarning amaliy ifodasi sifatida 29-iyul kuni Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov rahbarligida tumandagi Boğ mahalla fuqarolar yiğinida navbatdagi kengaytirilgan sayyor qabul taşkil etildi.
Oçiq muloqotda tuman hokimining örinbosarlari, tegişli idora va taşkilotlar rahbarlari, şuningdek, mahalla faollari va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Tadbirdan közlangan asosiy maqsad – fuqarolar va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan eng dolzarb masalalarni tinglaş, murojaatlar bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş hamda hududda töplanib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tezkorlik bilan joyida bartaraf etişdan iborat böldi.
Qabul davomida aholining murojaatlari masʼullar tomonidan tinglandi. Uşbu sayyor qabulda jami 14 nafar jismoniy şaxs tomonidan turli yönalişlarga oid 15 ta masala örtaga taşlandi va ularning barçasi ijrosini taʼminlaş maqsadida alohida nazoratga olindi.
Kelib tuşgan murojaatlar asosan hudud infratuzilmasini yaxşilaş, ijtimoiy soha obʼektlarini yangilaş va aholining kundalik turmuş şaroitlarini yaxşilaş yönalişlarida böldi. Xususan, mahalla ahli tomonidan yoş avlod taʼlim-tarbiyasi uçun muhim bölgan hududdagi 13-sonli umumtaʼlim maktabi hamda maktabgaça taʼlim taşkiloti uçun zamonaviy yangi binolar qurişda amaliy yordam söraldi. Şuningdek, kundalik hayotda eng köp uçraydigan muammolar qatorida elektr energiyasi taʼminotini yaxşilaş maqsadida eskirgan simyoğoçlarni yangisiga almaştiriş, aholini yaqinlaşib kelayotgan qiş mavsumida arzonlaştirilgan kömir bilan taʼminlaş hamda maişiy ehtiyojlar uçun suyultirilgan gaz ballonlarini öz vaqtida uzluksiz töldirib beriş masalalari fuqarolar tomonidan kun tartibiga çiqarildi.
Bundan taşqari, fuqarolar tomonidan içki köçalar holatini yaxşilaş, jumladan, "Taşabbusli byudjet"da ğolib bölgan loyiha doirasida yöllarni taʼmirlaş va asfalt yotqiziş işlarini tezlaştiriş böyiça murojaatlar kelib tuşdi. Şu bilan birga, mahallada sanitariya va ekologik holatni yaxşilaş maqsadida maişiy çiqindilarni grafiklar asosida öz vaqtida olib çiqib ketiş, şuningdek, hududda köpayib ketgan daydi itlar va yovvoyi hayvonlarni yöq qiliş orqali aholi, ayniqsa, yoş bolalar xavfsizligini taʼminlaş kabi dolzarb masalalar ham kötarildi.
Şuningdek, qabul davomida fuqarolar özlarining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş maqsadida turar-joylarini taʼmirlaş hamda tadbirkorlik faoliyatini boşlaş maqsadida imtiyozli kredit mablağlari ajratilişida amaliy kömak sörab murojaat qilişdi.
Sayyor qabul davomida kötarilgan har bir masala tuman hokimi tomonidan atrofliça muhokama qilinib, ularni qisqa muddatlarda va ijobiy hal etiş böyiça tegişli soha rahbarlariga aniq topşiriqlar berildi. Vaqt va qöşimça örganiş talab etiladigan murojaatlarning ijrosi esa tuman hokimligi tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.
Joylarda muntazam ravişda ötkazib kelinayotgan bu kabi oçiq muloqotlar xalq bilan davlat idoralari örtasidagi işonçli köprik vazifasini ötamoqda va yurtdoşlarimizning hayotdan rozi bölib yaşaşlarini taʼminlaşda muhim asos bölib xizmat qilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶