Cayyor qabulda aholi muammolari örganildi
Xalq bilan muloqot qiliş, aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyida örganib, ularga öz vaqtida yeçim topiş bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Davlat va xalq örtasidagi özaro işonçni mustahkamlaş, fuqarolarning kundalik turmuş farovonligini oşiriş maqsadida joylarda muntazam ravişda uçraşuvlar taşkil etib kelinmoqda.
Amudaryo tumani hokimligi tomonidan Tor yop mahalla fuqarolar yiğinida aholi va tadbirkorlar iştirokida ötkazilgan navbatdagi sayyor qabulning asosiy maqsadi ham hududdagi tadbirkorlarning eng dolzarb muammolarini örganiş, aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini tahlil qiliş yuzasidan olib borilayotgan işlar kölamini kengaytirişdan iborat böldi. Sayyor qabul davomida tuman hokimi Tor yop mahallasidagi fuqarolar bilan bevosita yuzma-yuz uçraşib, ularning dardu taşvişlarini, taklif va mulohazalarini tingladi.
Oçiq va konstruktiv ruhda ötgan muloqot jarayonida jami 9 nafar jismoniy şaxs tomonidan 13 ta turli mazmundagi murojaatlar kelib tuşdi. Aholi tomonidan kötarilgan masalalarning aksariyati kundalik turmuş şaroitini yaxşilaş, hudud infratuzilmasini rivojlantiriş va ijtimoiy sohalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan bölib, ularning barçasi hokimlik tomonidan alohida nazoratga olindi.
Kelib tuşgan murojaatlarni sohalar kesimida umumlaştiradigan bölsak, infratuzilma yönalişida içki köça yöllarini tekislaş uçun maxsus texnika ajratiş hamda taʼmirtalab yöllarga toş yotqizişda amaliy yordam körsatiş masalalari örtaga taşlandi. Elektr energiyasi taʼminotidagi kamçiliklar, xususan, tarmoqdagi kuçlanişning pastligi hamda xavfsizlik talablariga javob bermay qolgan eski simyoğoçlarni yangisiga almaştiriş zarurati aholini eng köp qiynayotgan muammolardan biri ekanligi maʼlum böldi. Şuningdek, ijtimoiy soha va qişloq xöjaligi yönalişida hududdagi qişloq vraçlik punkti faoliyatini qayta yölga qöyiş orqali tibbiy xizmat sifatini oşiriş, aholi tomorqalarini suğoriş uçun oqar suv yetkazib beriş kabi dolzarb masalalar yuzasidan ham yordam söraldi. Hududning ekologik holatini yaxşilaş maqsadida suv yiğiş kollektoriga noqonuniy ravişda çiqindi taşlagan şaxslarga nisbatan qatʼiy çora köriş masalasi ham fuqarolar tomonidan alohida taʼkidlab ötildi.
Sayyor qabul davomida nazoratga olingan har bir murojaat yuzasidan tuman hokimining örinbosarlari, tegişli idora va taşkilotlar rahbarlariga kötarilgan muammolarni ijobiy va tezkor hal qiliş, zarur çora-tadbirlarni belgilaş yuzasidan qatʼiy topşiriqlar berildi. Xususan, mutasaddilarga kelib tuşgan barça murojaatlarning ijrosini nazoratga olib, ularni Özbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi qonuniga muvofiq belgilangan tartibda körib çiqilişini taʼminlaş vazifasi yuklatildi. Mazkur muloqot yakunlariga köra, kötarilgan har bir masalaning yeçimi böyiça amalga oşirilgan işlar natijasi yuzasidan murojaat egalariga yozma ravişda batafsil maʼlumot taqdim etilişi aytildi.
Bu kabi oçiq muloqotlar aholi muammolarini faqatgina qoğozda emas, balki amalda, joyiga çiqqan holda hal etişga xizmat qilib, fuqarolarning ertangi kunga bölgan işonçini yanada mustahkamlaydi. Hududlarda infratuzilmani yaxşilaş, obodonlaştiriş işlarini jadallaştiriş va aholining turmuş farovonligini yanada yaxşilaş yölidagi bunday amaliy qadamlar mahallalar qiyofasini tubdan özgartirişga hamda yurtdoşlarimizning hayotdan rozi bölib yaşaşiga zamin yaratadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶