15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 23:35
Maqolalar 👁 443

BUVIJONIM OʻGITLAPI MENGA HAYoTDA YOʻL KOʻPSATADI

BUVIJONIM OʻGITLAPI MENGA HAYoTDA YOʻL KOʻPSATADI

Har bir inson hayotida koʻnglining tub-tubi qadar oʻchmas iz qoldirgan yaqini boʻladi. Men uchun buvijonim ana shunday eng yaqin insonimdir. Ularning ismlari Anabibi Polvonova. Ular hayot boʻlganlarida hozir 85 yoshni qarshilagan boʻlar edi.

Men bir nabira sifatida buvijonimning har bir aytgan soʻzi, pand-u nasihati, purmaʼno hikmatlarini qalbimda asrab yashayman. Shu oʻrinda tumanimizda taʼlim sohasida koʻp yillar mehnat qilgan, jamiyatga nafi tegadigan shogirdlar yetishtirgan buvimning hayot yoʻllari haqida aytib oʻtishni istadim. Buvim asli Xorazm viloyatida tavallud topgan. Shu elga kelin boʻlib, bobom Yodgor Polvonov bilan turmush qurgan va namunali oila sohibi-yu sohibalari boʻlishgan. Birgalikda 8 nafar farzandini oq yuvib, oq tarab ulgʻaytirishgan. Barchasini oliy maʼlumotli, tarbiyali namunali farzandlar qilib tarbiyalagan. Shu farzandlaridan 37 nafar nabira, 33 nafar chevara koʻrgan pir-u badavlatlardan.

Anabibi Polvonova oldin 1-sonli maktabda, keyinchalik 38-sonli maktabda tarix fanidan dars bergan. Ish faoliyati davomida jamoat ishlarida ham faol qatnashgan. Oʻzi mehnat qilgan maktabda necha yillar mobaynida xotin-qizlar raisi lavozimida ish olib borgan. Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun jonini ayamagan fidoyi inson boʻlganligini shogirdlari, hamkasblari ham juda yaxshi eslashadi.

Buvijonim bizlarga nasihatomuz soʻzlarni aytib berardilarki, barchasida olam-olam maʼno mujassam edi. “Har bir inson bu hayotga kelganida bir mehmondek yashab oʻtadi. Tangri taolo bandasini yaratganida ona vujudidagi farzandning kim boʻlishligi yozilgan boʻladi” deyishni kanda qilmasdi.

Nabira-yu chevaralari munosib insonlar boʻlib kamolga yetishi uchun ularning ham tarbiyasiga katta eʼtibor berib, oʻzlari shugʻullanishdan sira erinmasdi. Buvim bizga doim har bir oʻgʻil-qiz dono, aqlli boʻlmogʻi, ota-onasiga mehribon farzand boʻlishi lozimligini ham taʼkidlardi. Ayniqsa, qiz bola birovning hasmi, u bilimdon boʻlish bilan birga zukko, chevar, pazanda boʻlishi kerak, derdi. Qiz bolaning odobli, hayoli, nazokatli, ochiq chehrali boʻlishi kerakligini uqtirar, bizni shunga undardi.
Buvimning kiyinish odobi haqida atrofdagilarga ham dilni ogʻritmaydigan qilib gapirar, pand-u nasihat va maslahatlar berar, eshitgan odam shunga amal qilishga harakat qilardi. Bizga milliyligimizdan chetga chiqmay kiyinishimiz va boshqa xalqlarning nooʻrin harakatlarini odat qilmasligimiz lozimligi haqida gapirardi. Buvijonim bu ishlar bilan cheklanib qolmasdan bizlarga pazandachilik, chevarlik, uyni saranjom-sarishtsa tutishni, mehmon kutish odobi, uy-roʻzgʻor buyumlarini ozoda saqlash kerakligini aytardilar. Ozoda uyda fayz-u baraka boʻladi, deb taʼkidlardilar.

Bola onadan oʻgʻri yoki qotil boʻlib tugʻilmaydi. U yaxshi tarbiya orqali yomon ishlar qilish gunohligini biladi, aqlli va dono boʻlib oʻsadi, derdilar. Buvijonim har bir inson yurtimizning, xalqimizning, goʻzal diyorimizning gullab yashnashi uchun xizmat qiladigan ajoyib inson boʻlishligini istardi.

Buvijonim aytgan har soʻz biz uchun katta saboq. Albatta, men buvijonimning oʻgitlarini har lahza eslab, shunga amal qilishga harakat qilaman. Men ham ota-onamning, Oʻzbekistondek yurtning farzandi ekanligimdan faxrlanib yashayman. Shu vatanning yaxshi farzandi boʻlish uchun oʻqib-izlanib, ishlab astoydil xizmat qilishga harakat qilaman. Bu maqsadlarimga erishishimda buvijonimning oʻgitlari menga hamisha yoʻl koʻrsatadi.

Muyassarxon Yodgorova, Durunki mahallasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026