14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 13:26
Maqolalar 👁 321

Ixtirochi Safarboy Bozorboyev el xizmatida

Ixtirochi Safarboy Bozorboyev el xizmatida

Tumanimizda oʻzining ishbilarmonligi, topqirligi va iqtidori bilan elga tanilgan insonlar juda koʻp. Bunday kishilar olgʻa intilish, yaratuvchanlik kabi xislatlarni oʻzlarida jamlagan boʻlishadi. Ana shunday insonlardan biri – hozirgi kunda Chordara mahallasida yashovchi yurtdoshimiz Safarboy Bozorboyevdir.

Safarboy Bozorboyev 1944-yilning mart oyida Oʻrta qalʼa ovulida tugʻildi. Uning otasi tumanimizda birinchi traktorchilardan biri, onasi esa chinakam mehnatda pishgan, urush yillarida front ortida fidkorona xizmat qilib, el hurmatini qozongan inson edi. Ularning oilasida uch qiz, 2 oʻgʻil farzand tugʻilib-oʻsib voyaga yetdi.

Safarboy aka maktabda aʼlo baholar bilan oʻqidi. Keyinchalik qurilish idorasida ishlab, mehnatsevarligi bilan elga tanildi. U oʻzi mehnat qilayotgan korxona yoʻllanmasi bilan oʻqishga otlanib, 1965-1970-yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil oldi. Mutaxassislik diplomini qoʻlga olgach, tumanimizdagi 65-sonli qurilish boshqarmasida avval prorab, keyinchalik rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib bordi. 1980-yildan boshlab, tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli oʻquv ishlab chiqarish kombinatida ishlay boshladi. Bir muddat yana qurilish sohasiga ishga qaytib, keyinchalik oʻquv ishlab chiqarish kombinatida faoliyatini davom ettirdi va to 2004-yilda mehnat nafaqasiga chiqqunga qadar maktab oʻquvchilariga kasb-hunar sirlarini oʻrgatish bilan band boʻldi.

Safarboy aka ish faoliyati davomida hamisha shogirdlariga mehribon ustoz, shaxsiy hayotida farzandlariga mehribon ota sifatida oʻrnak boʻlib keldi va hozirgi kunda ham ularga bosh-qosh. Umr yoʻldoshi Guljon opa bilan 2 qiz, 5 oʻgʻil farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Ular ham ota-onasiga munosib boʻlib yetishdilar.

Ayni paytda Safarboy aka tuman hunarmandlar uyushmasiga aʼzosi sifatida koʻplab yoshlarga hunar oʻrgatmoqda. Bu mehnatkash inson hozirgi kunda ham tinib-tinchimaydi. Shogirdlari, farzandlari bilan birgalikda taʼmirlash, qurish, yasash, bunyodkorlik, ixtiro qilish ishlari bilan band.

Temirchilikka ixlos ota meros boʻlganidan tokarlik stanogida ishlab, payvand qilish, kesib-ulash kabi yumushlar barcha-barchasi uning qoʻlidan keladi.

Kundalik turmushda uy-roʻzgʻor buyumlariga, ularni taʼmirlash ishlariga juda katta ehtiyoj seziladi. Bu ehtiyojlarni qondirishda Safarboy akadek qoʻli gul ustalarning oʻrni beqiyos, albatta. Uning ustaxonasiga velosiped, bolalar aravachasini taʼmirlash, qoʻl arava yasash va boshqa koʻplab uy-roʻzgʻor buyumlari uchun tinimsiz ravishda buyurtmalar kelib turadi.

Safarboy aka daraxt shoxlarini mayda ushoqlab, somon bilan qoʻshib, oʻtin tayyorlaydigan uskuna, tosh maydalaydigan mini tegirmon, chorva mollariga ozuqa tayyorlash uchun xashak maydalaydigan stanok yaratdi. Bu yangidan ixtiro qilingan uskunalar qisqa muddat ichida oʻz xaridorlari tomonidan sotib olindi.

Safarboy aka bilan yaqindan suhbat qursangiz, uning fikrlarini tinglab, yangi bir olamni kashf etganday boʻlasiz.

Ixtirochi qahramonimiz kamxarj, kichik hajmli uskunalar va agregatlar ishlab chiqarish tarafdori. Tomorqa yerlarida, fermer xoʻjaliklariga qarashli maydonlarda yerga ishlov berish uchun mini texnikalar zarur deb hisoblaydi u. Safarboy aka shu maqsadlarda yerga turli ekin urugʻlarini ekuvchi seyalka, ixcham hajmdagi, oddiy sharoitda ishlovchi paxta terish mashinasi, dalalardagi begona oʻtlarni unumli tarzda oʻruvchi qoʻlda ishlatiladigan moslama, shamol, elektr kuchi, oqib oʻtuvchi suv yordamida ishlab, ekin maydonlariga suv chiqaruvchi chigʻir maketlarini yaratdi. Agar bu maketlar haqiqiy uskunalarga aylantirilsa, foydadan xoli boʻlmas edi, deb orzu qiladi Safarboy aka.

Haqiqatan ham bunday kichik hajmdagi agregatlar arzon va ixcham. Xohlagan paytda, xohlagan joyga koʻchirib ishlataverish mumkinligi bilan ham kishida qiziqish uygʻotishi tabiiy.

Kundalik hayotimizda plastmassadan yasalgan mahsulotlar bir marta ishlatiladi, ularni qayta taʼmirlash mumkin emas degan fikrlar miyamizga oʻrnashib qolgan. Safarboy akaning ustaxonasiga kelsangiz – fikringiz oʻzgaradi. Plastmassadan yasalgan oʻyinchoqlar, bolalar velosipedlarining gʻildiraklari va idishlar Safarboy aka taʼmirlaganidan keyin oʻzining ikkinchi umrini yashaydi. Uzoq yashaydi! Boshqacha usulda taʼmirlangan arava, velosiped, mototsikl gʻildiraklari ham ana shu tarzda yangilanadi.

Tumanimizda Safarboy ismli insonlar juda koʻp. Biroq bizning qahramonimizni bir taʼrif bilan “Safarboy master” deb atashadi. Bu esa maʼlumki, oʻz ishining ustasi degani. Naqadar toʻgʻri nomlanish.

Odatda temirchi haqida gap ketganida muskullari oʻynab turgan, pahlavon kelbatli odamni koʻz oldingizga keltirasiz. Safarboy aka esa fikr doirasining kengligi bilan kishini hayratga soladi. Uning nafaqat temirchilik, ixtirochilik ishiga, balki adabiyotga, sanʼatga, dehqonchilik va bogʻdorchilik ishlariga boʻlgan mehri, bu sohalarda ham bilimdonligini koʻrib havas qilasiz.

Men shaxsan oʻzim xurofotchi inson emasman, lekin bashoratchilar baʼzan bizni hayron qoldiradi. Demoqchi boʻlganim, suhbat chogʻida Safarboy akaning ustaxonasida bir daftarga koʻzim tushib qoldi. Ustaxona egasining ruxsati bilan uni varaqlab koʻrib, Safarboy akaning kelajak haqidagi fikrlari bilan tanishdim. U yerda Safarboy akaning kelajagida nimalar oʻzgarib, qanday hodisalar yuz berishi, ularni bartaraf etish yoʻllari bayon etilgan. Ilm-fan, tabiat, insonlar hayoti haqidagi fikrlari jamlangan. Bundan 20-yillar ilgari aytilgan bu gaplari 120 dan ziyod boʻlsa ham Safarboy aka hazillashib “101 fikr” deb atabdi.

Safarboy aka telekanallar orqali berilib boriladigan “Oʻyla, izla top” kabi intellektual oʻyin ishtirokchilariga qiziqarli, jumboqli savollar yoʻllab turishni ham kanda qilmaydi. Bularning barchasiga qanday vaqt toparkan deb hayron boʻlasan kishi.

Safarboy aka Bozorboyev ana shunday koʻp qirrali, hur fikrli inson. U bilan bir bor hamsuhbat boʻlsangiz mening gaplarimga yana bir karra ishonch hosil qilasiz.

Oʻrozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019