Xalq qabulxonasi – xalq xizmatida
Özbekiston Respublikasi Prezidenti taşabbusi bilan joylarda taşkil etilgan Xalq qabulxonalari aholi murojaatlari bilan işlaşda rasmiyatçilik, sansolarlik kabi illatlarni bartaraf etişga xizmat qilib, yillar mobaynida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammo va kamçiliklarni samarali hal etiş imkonini bermoqda.
Şuningdek, Xalq qabulxonalarida fuqarolarning ariza va şikoyati belgilangan tartibda, xolislik tamoyillari asosida körib çiqilib, ijobiy hal etilayotgani mamlakatimizda inson huquq va manfaatlariga oliy qadriyat sifatida qaralayotganining amaldagi ifodasidir.
Respublikamizning barça tuman va şaharlarida taşkil etilgan Xalq qabulxonalari odamlar oğirini yengil qiliş, ularning muammolarini hal etişda muhim ahamiyat kasb etayotir. Buni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi faoliyati misolida ham köriş mumkin.
Joriy yilning olti oyi mobaynida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tuman aholisi tomonidan jami 2 ming 42ta masala böyiça murojaatlar kelib tuşgan.
Uşbu murojaatlardan 2 ming 7tasi körib çiqilgan bölib, 1 ming 638tasi qanoatlantirilgan. Mazkur murojaatlarning 990tasi yaʼni 49,3 foizi ijobiy hal qilingan bölib, 633tasiga huquqiy tuşuntirişlar berilgan. 15ta murojaat esa uzoq muddatli nazoratga olingan.
Tuman Xalq qabulxonasiga jismoniy va yuridik şaxslardan eng köp kelib tuşgan murojaatlar iş bilan taʼminlaş, soğliqni saqlaş, moddiy yordam va aliment undiriş masalalaridir.
Asosiy maqsadi “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak”, degan tamoyilni hayotda qaror toptirişdan iborat bölgan tuman Xalq qabulxonasi tomonidan aholini qiynayotgan bunday masalalar yeçimiga kömaklaşiş maqsadida ötgan davr mobaynida tumandagi sektor rahbarlari iştirokida jami 112 marotaba sayyor qabullar taşkil etildi. Qabullar davomida 651 ta murojaatlar kelib tuşgan bölib, şundan, 454 ta murojaat ijobiy hal qilingan. 153 tasiga esa huquqiy tuşuntiriş berilgan.
Murojaatlar bilan işlaş borasida yölga qöyilgan tizim, xalq dardini tinglaş va kötarilgan masalalarni kompleks hal qiliş – bugun öz samarasini bermoqda. Yana ham oçiqroq aytganda, Xalq qabulxonalariga kelib tuşayotgan murojaatlar jamiyatimizda tub islohotlarni amalga oşiriş uçun asos vazifasini ötamoqda. Va bu – xalq roziligiga erişişning mukammal yöli ekanligi amaliyotda öz isbotini topdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi ham davlat organlari bilan aholi örtasida oçiq muloqotni yölga qöyiş, dolzarb muammolarni aniqlaş, murojaatlar qonuniy va sifatli körib çiqilişini taʼminlaşda alohida örin tutib, aholining eng yaqin kömakçisiga aylandi. Mazkur taşkilot xalqimizning hayotdan rozi bölişi uçun yanada keng imkoniyat va şart-şaroitlar yaratişga xizmat qilmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶