EL XIZMATIDAGI NURONIY OTAXON
Yurtimizda xonadonlar fayzi, fariştasi bölgan nuroniy otaxon va onaxonlarga alohida hurmat körsatiş, eʼzozlaş ham millatimizga xos bölgan qadriyatlardan biri sanaladi. Darhaqiqat, yoşi uluğ insonlar bor bölgan uyning fayz-u barakasi ham boşqaça böladi. Ular farzandlar va nabiralarning nafaqat duogöyi, balki eng yaqin maslahatçisi, öz hayotiy tajribalari asosida töğri yöl körsatuvçilardir.
Şu bois keksa avlod vakillarini uluğlaş, ularning tajribasiga tayaniş oilalarimizdagi kabi jamiyatda ham öz ifodasini topmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida amalga oşirilayotgan, inson manfaatlari ustuvor davlatimiz siyosatida yoşi uluğ insonlarni ijtimoiy muhofaza qiliş, ularni moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, turmuş darajasini oşiriş eng muhim ustuvor yönalişlardan biri sifatida belgilangan.
Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida ham “Keksalar – xonadonlarimiz fayzi va fariştasi” şiori ostida keksalarni eʼzozlaş, ularning pand-nasihatlarini yoşlarga yetkaziş orqali jamiyatda özaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va maʼnaviy qadriyatlar muhitini şakllantiriş borasida tadbirlar taşkil etilmoqda. Uşbu tadbirlar muntazam ravişda tumandagi ommaviy axborot vositalarida yoritib borilmoqda.
Ayni paytda Amudaryo tumani “Nuroniylar” jamoatçilik Kengaşi raisi bölib faoliyat körsatib kelayotgan Bekman ota Allaberganov ham bu borada ibratga loyiq, arzigulik işlar amalga oşirmoqda. Otaxon uzoq yillar taʼlim tizimida va boşqa sohalarda fidoyilik bilan mehnat qilib, nafaqaga çiqqan bölişiga qaramasdan özini ezgu va xayrli işlarga baxşida etib kelmoqda.
Bekman otani nafaqat tumanimizda, balki butun qoraqalpoq elida faol nuroniy sifatida juda yaxşi tanişadi. Ota doim xalq orasida, pand-nasihatlari, ögit va maslahatlari bilan hammani ezgu işlarga daʼvat qilib kelmoqda. Ayniqsa, yoşlar tarbiyasiga juda eʼtiborli, ularning yurt kelajagiga munosib, komil insonlar bölib voyaga yetişlari uçun astoydil jon kuydiradi. Hali-hamon xalq xizmatida yurgan Bekman Allaberganovning Amudaryo televideniyesidagi “Odoblar xazinasi” mualliflik körsatuvi va xalqimizga xos bölgan milliy-maʼnaviy qadriyatlarni avaylab-asraşga qaratilgan davra suhbatlari, tadbirlarini har doim xalqimiz sevib qarşi oladi. Bugungi kunda uning iştirokidagi tarbiyaviy körsatuvlarning muxlislari juda köp.
Hozirgi kunda Toşyop ovulida yaşayotgan Bekman Allaberganov 1947-yilda tuğilgan. U 1963-1968-yillarda Toşkent Davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tamomlab, uzoq yillar 16-sonli va 5-sonli umumtaʼlim maktablarida öquvçi-yoşlarga fizika-matematika fanlaridan saboq berdi. Taşabbuskor, xalq hayotiga doir muammolar yeçimini topişdagi öziga xos fikrga ega bölgan Bekman Allaberganov tuman rahbariyatining nazariga tuşib, 1987-1995-yillarda Xalq deputatlari Amir Temur nomli ovul Kengaşi ijroiya qömitasi raisining örinbosari vazifasiga qöyildi. Keyinçalik bir neça yil tadbirkor sifatida faoliyat yuritgan Bekman Allaberganov 1999-2003-yillar oraliğida Amir Temur nomli ovul mahalla posboni sardori, 2003-2008-yillarda esa mazkur fuqarolar yiğini raisi vazifalarida sidqidildan mehnat qildi.
Xalqqa fidokorona xizmat qilgan otaxon nafaqaga çiqqanidan keyin 2014-2017-yillarda “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi, 2017-2020-yillarda esa Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamoat birlaşmasi şaklidagi “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi vazifalarida işladi. Şu davrlar içida qançadan-qança ezgu işlarga kamarbasta böldi, oilaviy nizolar, ajraşişlarning oldi olinişiga, yoşlarning odob-axloqli, yetuk insonlar bölib kamolga yetişlariga hissa qöşdi, hayotda öz örinlarini topişlariga kömaklaşdi.
El-yurt fidoyisi Bekman ota haliga qadar tinib-tinçimaydi. Goh u mahallada, goh bu ovulda fuqarolar yiğini masʼullari, faollari bilan uçraşadi. Ularga boy hayotiy tajribalaridan kelib çiqib, maslahatlar beradi, yöl-yöriqlar körsatadi. Xonadonlarga kirib borib, özi kabi nuroniylarning suhbatidan bahramand böladi, yangi oila qurgan yoşlarga esa pand-nasihatlar berib, inoqlikda umr keçirişga, mustahkam oila qörğonini bunyod etişga çaqiradi.
Bugun faqatgina oilaviy hayotda emas, balki turli sohalarda erişayotgan yutuqlarimizda ham möʼtabar keksalarimizning ulkan xizmatlari bor. Bekman ota Allaberganov kabi tabarruk insonlar, duogöylarimizning erta-yu keç tillaridan tuşmaydigan duo-yu tilaklari bois, yurtimizda tinçlik barqaror, xonadonlarda çiroyli töylar bölmoqda.
Keksalari eʼzoz topgan yurtning kelajagi ham obod böladi deyişadi. Elimiz fayzi, fariştasi bölgan ana şunday nuroniylarimiz eʼzoz va hurmatda bölib, uzoq hayot keçirsin.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶