16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 04:00
Jamiyat 👁 468

KARANTIN NIMA OʻZI...?

KARANTIN NIMA OʻZI...?

Oxirgi kunlarda “Koronavirus” infektsiyasining jadalllik bilan tarqalishi, uning oldini olish yuzasidan qilinayotgan kompleks chora-tadbirlar va umuman Respublikamizdagi bu kasallik bilan bogʻliq mavjud vaziyatni yaxshilash boʻyicha joriy etilayotgan yangi tartiblar, sir emas ayrim fuqarolarimizni bir oz boʻlsada esankiratib qoʻymoqda. Ayniqsa, 2020-yil
1-apreldan Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan “oʻzini yakkalash” tizimining joriy etilishi, yaʼni 65 yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qatʼiyan man etilishi hamda “yakka tartibdagi xayriya aktsiyalari”ning vaqtincha toʻxtatilishi, fuqarolarimizda “karantin” iborasi bilan bogʻliq koʻplab savollar tugʻilishiga sabab boʻlmoqda.

KARANTIN iborasi italyancha, fransuzcha (quarantaine - maʼnosi “40 kunlik”) tillardan olingan boʻlsada, sharq xalqlarining tibbiy madaniyatiga begona tushuncha emas. Sababi xalqimizdagi “40 kunlik chilla” tartibi va iborasi bir necha asrlardan beri qoʻllanib kelinmoqda.

KARANTIN iborasining “Koronavirus” infektsiyasi bilan bogʻliq huquqiy tushunchasiga toʻxtaladigan boʻlsak, bu savolga javob Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qaroriga ILOVA “[OKOZ:

1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]

Koronavirus infektsiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi NIZOMda taʼrif beri oʻtilgan. Jumladan unda “Karantin — maʼlum hududni koronavirus infektsiyasi tarqatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yoʻqotishga hamda koronavirus infektsiyasining bir joydan boshqa hududlarga tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan maʼmuriy va sanitariya-epidemiologik tadbirlar majmui” –deb taʼrif berilgan.

Shu oʻrinda Koronavirus infektsiyasiga gumon qilingan shaxslar uchun karantin belgilash tartibi xususida ham toʻxtalib oʻtish oʻrinlidir. Yuqoridagi Nizomga koʻra Koronavirus infektsiyasini yuqtirish xavfi darajasiga qarab, koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda boʻlgan shaxslarga boʻlinadi.

Koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda boʻlgan shaxslar doirasiga quyidagilar kiradi:

koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxs bilan bitta xonadonda yashagan shaxslar;

koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxs bilan bevosita jismoniy muloqotda (qoʻl siqish, quchoqlashish) boʻlgan shaxs;

koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda (masalan, yoʻtalayotganda) himoyalanmagan shaxslar;

koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxs bilan 2 metrdan kam masofada 15 daqiqadan koʻproq vaqt davomida yuzma-yuz boʻlgan shaxslar;

15 daqiqa yoki undan koʻproq vaqt 2 metrdan kam masofada koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxs bilan birga yopiq joyda (sinf xonasida, yigʻilish xonasida, kasalxona kutish xonasida va boshqalar) boʻlgan shaxslar;

tibbiy mutaxassis yoki koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxsni bevosita parvarishlashni amalga oshiruvchi boshqa shaxs yoki shaxsiy himoya vositalarisiz yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzgan holda koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxsning bionamunalari bilan ishlagan laboratoriya mutaxassislari;

samolyotda, shaharlararo avtobusda, poyezdda koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxsdan har qanday yoʻnalishda ikki oʻrindiq oraligʻida yoki bitta kupeda (poyezdda) boʻlgan, shuningdek, koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxs uchib ketgan samolyotda xizmat koʻrsatgan ekipaj aʼzolari.

Koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda boʻlgan shaxslar provizor gospital yoki izolyatorga joylashtiriladi.

Koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar doirasiga koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar bilan bir samolyotda, poyezdda, avtobusda boʻlgan, ammo ular bilan yaqin muloqot qilmagan shaxslar kiradi.

Koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar uy karantinida saqlanadilar.

Koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan shaxslarning yashash joyida uy sharoitida izolyatsiya qilish uchun sharoitlar boʻlmagan taqdirda, ularning karantinga olinishi mahalliy hokimliklar tomonidan taʼminlanadi.

Koronavirus infektsiyasini yuqtirgan yoki ushbu infektsiyani yuqtirganlikda gumon qilinib karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli boʻlgan mobil telefon, audio va video vositalar, kredit kartalari hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qoʻyiladi.

Bunda vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlar shaxs infektsiya yuqishi mumkin boʻlgan davrda muloqotda boʻlgan shaxslar va borgan joylarini aniqlash maqsadida oʻrganiladi.

Vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlar shaxs davolash muassasasidan chiqayotgan vaqtda oʻziga qaytarib beriladi yoki uning yaqin qarindoshlari yoxud vakillariga topshiriladi.

Vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlarni saqlash (qoʻriqlash) tegishli davolash muassasasi tomonidan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya boʻlinmalari bilan birgalikda tashkillashtiriladi.

Maxsus transport vositalari har bir tashishdan oldin va keyin maxsus ajratilgan maydonchada yuviladi va dezinfektsiyalanadi, ishchilarning himoya va ish kiyimlari tashish yakuniga koʻra rejim boʻyicha dezinfektsiya qilinadi.

Karantin joyida muloqotda boʻlgan shaxslarni, tashrif buyuruvchilar, transport vositalari kirishlari va chiqishlari, buyumlar, mahsulotlar va boshqalarni olib kirishni va olib chiqishni qatʼiy nazorat qilish uchun Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan kechayu-kunduz qoʻriqlanadi.

Koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlib, karantinda saqlanayotgan shaxslar orasida koronavirus infektsiyasi bor boshqa shaxs aniqlansa, u gospitalga olinadi hamda qolgan shaxslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.

Koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlib, karantinda saqlanayotgan shaxslar orasida karantin muddatida koronavirus infektsiyasi bor shaxslar aniqlanmasa ular davolash muassasasidan chiqariladi.

Koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar davolash muolajalaridan soʻng koronavirus infektsiyasidan tuzalsa hamda bu tegishli laboratoriya tekshiruvlari natijalari bilan tasdiqlansa, shaxs davolash muassasasidan chiqariladi.

Bemor uyiga javob berilishi oldidan u sanitariya ishlovidan oʻtkaziladi. Gospitalda bemorlarning uyiga javob berish tartibi yuqumli kasalliklar boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari asosida amalga oshiriladi.

Sanab oʻtgan ushbu tartib qoidalar karantin qoidalarining bir qismi xisoblanib, ularga rioya qilmaslik aybdor shaxsga nisbatan Maʼmuriy yoki Jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Darhaqiqat ijtiomiy tarmoqlardagi “hudud24.uz” sayti xabariga koʻra bugungi kunda (2020-yil 03-aprel holatiga) karantin qoidalarini buzish Respublika boʻyicha 22.286 ta holatni tashkil qilgan.

Shunday ekan, har birimiz karantin davrida oʻz oilamiz, yaqinlarimiz va tinch osayishta hayotimizni oʻylab uyda oʻtiraylik hurmatli yurtdoshlar ...

M.Matyusupov,

Amudaryo tuman adliya boʻlimi boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026