PORA OLIŞ VA BERIŞ — KORRUPTsIYaNING ENG KENG TARQALGAN KÖRINIŞI. BU HAQDA ULAMOLAR NIMA DEYDI?
Islom dini jamiyatda soğlom muhitni şakllantirişni hamişa diqqat markaziga qöygandir. Bu oliy maqsad yölida xalq orasidagi barça jabhadagi illat va kamçiliklarning oldiga qatʼiy tösiqlar qöygan. U har qanday işni joriy qilişda özining hikmatli yöli – bir illatdan qaytarsa, uning muqobilida bir neça töğri va savobli amallarni taklif etadi.
Bizning bugungi suhbatdoşimiz “Yusuf Eşon bobo” jome masjidi imom-xatibi hoji Abdurahmon maxsum Matsapayev böldilar.
— Assalomu alaykum, tahririyatimizga xuş kelibsiz. Pora oliş va beriş — korruptsiyaning eng keng tarqalgan körinişi. Bu illat dinimizda qanday izohlanadi?
— Vaalaykum assalom, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Pora oliş Qurʼon va sunnat hamda ijmoʼga köra, harom. Qurʼonda Alloh taoloning sözi bor: “Oralaringizdagi mollaringizni bekordan-bekor yemanglar!”. Bosqinçilik, sudxörlik, qimor kabi botil, bekor va puç narsalarga ham şariat qonunlari ruxsat bermaydi. Bu xususda Qurʼoni Karimda Alloh taolo bunday degan: “Mol (va boylik)laringizni örtalaringizda botil (yöllar) bilan yemangiz! Şuningdek, bila turib, odamlarning haqlaridan bir qismini gunoh yöli bilan yeyiş (özlaştiriş) maqsadida uni hokimlarga havola etmangiz!” (“Baqara” surasi, 188-oyat).
Al-Buqoʼiy rahimahulloh “al-Munosabot” asarida “va tudlu” sözini: “Hokimlarga maxfiy holatda umumiy pora bilan işlarni özingizning foydangiz tarafiga buriş uçun bera körmanglar!” deya ifodalaganlar.
Al-Halvoniy rahimahulloh: “Pora – çelakni quduqqa suv tortib oliş uçun maxfiy tarzda tuşiriş maʼnosida”, deganlar. Yaʼni, pora beruvçi nohaq ravişda mol-dunyo yeyişga hukm çiqartiriş maqsadida öz porasini maxfiy ravişda hokimga beradi.
Poraning sunnatda harom qilinganiga kelsak, bu boradagi hadislar juda köp. Ulardan biri Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning mana bu qarğişlaridir: “Pora beruvçiga ham, pora oluvçiga ham Allohning laʼnati bölsin!”. Yana ul zoti bobarakot: “Pora beruvçini ham, pora oluvçini ham, ikkovi orasida yurib porada vositaçilik qiluvçini ham Alloh laʼnatlasin!”, deganlar.
— Diniy aqidalarga köra pora beriş qanday körinişlarda namoyon böladi?
— Pora tört xil böladi. Ikki tarafdan ham harom böladigan turi. Agar bulardan biri pora berib qozi bölsa, qozi bölib hisoblanmaydi. Bu holatda pora oluvçiga ham, qozi böluvçiga ham haromdir. Ikkinçi turi — qoziga uning foydasiga hukm qilişini közlagan holda pora berişdir. Bu pora ikki tomonga ham harom. Qozining hukmi xoh haq bölsin, xoh nohaq bölsin, buning farqi yöq. Yana bir turi şuki, özining jonidan yoki mol-mulkidan qörqib, birovga pora bergan bölsa, bunday pora oluvçiga harom, beruvçiga harom emas. Agar birov uning molidan tama qilsa, molidan bir qismini unga bersa ham xuddi şundaydir. Yana bir turi esa porani podşoh oldida işini ötkazib beriş uçun bersa, beriş halol böladi. Bu holatda oluvçiga pora oliş halol bölmaydi. Çunki dinimizda muhtojning muşkulini oson qilib, işini bitiriş masalasida xolislik, yaʼni tama qilmaslik ustuvor hisoblanadi.
— Jamiyatimizda şunday holatlar uçrab turadi: qaysidir maʼnoda xodim mansabdorga hadya şaklida nimadir beriş orqali işini bitirişga harakat qiladi. Islomda hadya berişlikka munosabat qanday?
— “Al-Aqziya”da qayd qilingan: “Hadya – sovğa uç xil böladi. Birinçisi, hadya beruvçi tarafga ham, oluvçiga ham halol. Bu mehr-muhabbat sababli sovğa oldi-berdisidir. Ikkinçisi, ikki tarafga ham – hadya beruvçiga ham, uni oluvçiga ham haromdir. Bu zulmga yordam beriş uçun hadya berişdir. Uçinçisi, hadya beruvçi tomonga halol. Bu öziga qaratilgan zulmni tösiş uçun hadya berişdir. Bu oluvçiga harom. Buning hiylasi uni uç yoki bir neça kun ijaraga olib turişdir. Agar muddatni belgilamasa, joiz bölmaydi. Bularning hammasi şart qöyilganda böladi.
— Jamiyatimizda çuqur ildiz otgan illatlar — firibgarlik, tovlamaçilik, odam savdosi bilan boğliq korruptsiyaviy holatlar ham diniy qadriyatlarimizga mutlaqo yot hisoblanadi. Bu borada xalqimizga qanday maslahat berasiz?
— Zinhor-bazinhor bir-birlaringizga yolğon sözlamang, şaxsiy manfaatingiz, nafsingiz yölida birovning mol-mulkini özlaştirib olişga intilmang, özgaga pand beriş orqali boylik orttirişga intilmang, heç qaçon pora olmang va pora taklif qilmang, buning oxiratda albatta javobi bor.
— Sermazmun suhbatingiz va maslahatlaringiz uçun katta rahmat.
— Minnatdorman, barçamizni Yaratgan egam hidoyat yölida adaştirmasin.
Suhbatdoş Robiya Yöldoşeva.
Maqola “Amudaryo televideniyesi” tahririyatining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi
Qoraqalpoğiston bölinmasi tomonidan moliyalaştirilgan “Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi doirasida tayyorlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶