HIMOYa ORDERI NIMA VA UNI BERIŞ TARTIBI
Özbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi Qonuniga köra, himoya orderi — bu tazyiq yoki zöravonlikdan jabrlangan şaxsni davlat tomonidan himoya qilişni taʼminlovçi rasmiy hujjat hisoblanadi.
Ayollarga zulm yoki zöravonlik qilgan şaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda taʼsir çoralari köriladi. Himoya orderi esa xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini olişga qaratilgan individual çoralardan biridir.
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlikning oldini oliş böyiça yakka tartibdagi çora-tadbirlar deganda, ayollar huquqlarini himoya qiluvçi tegişli vakolatli organlar va taşkilotlarning tazyiq yoki zöravonlik sodir etişga moyil yoki uni sodir etgan, ğayriijtimoiy xulq-atvorga ega şaxslarni aniqlaşga qaratilgan faoliyati tuşuniladi.
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlikning oldini oliş böyiça individual çoralarni qöllaşning asoslari quyidagilardan iborat:
– tazyiq va zöravonlik qurbonining murojaati;
– jismoniy yoki yuridik şaxslarning xabarlari;
– vakolatli organlar va taşkilotlar xodimlari tomoidan tazyiq va zöravonlik yoki ularni sodir etişga uriniş faktlarini bevosita aniqlaş;
– davlat organlari va boşqa taşkilotlardan olingan materiallar.
Zöravonlik holatlari aniqlanganda, xotin-qizlarni himoya qiliş böyiça vakolatli organlar bu haqda darhol içki işlar organlariga xabar berişi şart.
Içki işlar organlari esa oğzaki yoki yozma tarzda kelib tuşgan xabarlar asosida zudlik bilan çora körişi lozim.
Himoya orderi tazyiq yoki zöravonlikdan jabrlangan şaxsga topşiriladi, uning nushasi esa zöravonlik sodir etgan yoki şunga moyil şaxsga beriladi.
Himoya orderini beriş Özbekiston Respublikasining mazkur qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida tartibga solinadi.
Himoya orderi içki işlar organining masʼul rahbari tomonidan rasman çiqariladi. Şu bilan birga, zöravonlik sodir etgan şaxs order şartlari, ularga amal qilmaslik oqibatlari va xulq-atvorini özgartirişga qaratilgan tuzatiş dasturlaridan ötiş zarurligi haqida xabardor qilinadi.
Hududda zöravonlik holati yoki tahdidi aniqlangan paytdan boşlab 24 soat içida order rasmiylaştirilişi şart. U röyxatga olingan paytdan kuçga kiradi va öttiz kungaça amal qiladi.
Himoya orderi quyidagi çeklovlarni öz içiga olişi mumkin:
– tazyiq va zöravonlik qilişni taqiqlaş;
– tazyiq va zöravonlik qurbonlari bilan uni sodir etgan şaxs tomonidan aloqa qilişni taqiqlaş.
D. Yusupova, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining tergov sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶