Gul tutgin azizim, avval onangga...
(Yigitlarga bahoriy maktub)
Gul tutgin azizim, avval onangga,
Bağri keng osmonga, mehri ummonga.
Bir kulib boqsang gar singil, opangga,
Mehrin tökib kelar hatto soyangga.
Gul tutgin azizim, gullar tutib kel!
Çaraqlar quyoşday şunda köngillar,
Gullarday oçilib ketar singillar.
Yuraklardan yuvilib gard-u çigillar,
Jannatga aylanar oniy mazgillar,
Mehr jomin tutib, bollar sunib kel!
Kördingmi, rafiqang eng fidoyi jon,
Mehr çaşmasidan obod xonadon.
Böyingga böylaşgan farzandi-jahon –
Öğil-qizlaringni etdi armuğon
Allohimga ming bor şukr etib kel!
Mardi maydon Öğil, kördingmi bugun,
Davralar nurafşon, çehralar gulgun.
Fayz-u tarovatdan dil rozi, mamnun,
Muhabbat şavqidan yuzlar lolagun.
Köngil asrorini oşkor etib kel!
Közlarni quvnatib dilbarlar keldi,
Xuş çehra, mohiröy lobarlar keldi.
Kokillari sunbul va zarlar keldi,
Lutf-u karamlari iforlar keldi,
Dil rozin aşʼor-la bayon etib kel!
Onang-çun dovruğli davlat özingsan,
Asqar toğday suyanç, qudrat özingsan.
Bilsang, qaro köz va kelbat özingsan,
Jismi aro jon ham albat, özingsan.
Kelsang, kelar yöling gulzor etib kel!
Onang bor, çekinar tun, zimistonlar,
Tört tomoning yoruğ, nurli böstonlar.
Rafiqang husnidan lol gulistonlar,
Vafo-sadoqatdan uy nuristonlar.
Baxt-u iqbolingni doston etib kel!
Qizlaring qalbida samoviy orzu,
Bu sohir dillarga begona qayğu.
Sabolar raqsida bir ajib tuyğu –
Oşyoning tark etmas muhabbat mangu.
Şaʼn-u ğururingni tumor etib kel!
Közlarni quvnatib gullar jilvasi,
Qalblarda mavjlandi sehr-u ziyosi.
Balki bu taqdirning oliy hadyasi,
Hazrati Ayolning mehrigiyosi –
Bahorni soğingan bedor bölib kel!
Sen kelsang, könglimiz osmon, ey Öğil,
Axir jonday asradik har on, ey Öğil.
Ruhi jismimizdan bir jon – ey Öğil,
Alloh bergan uluğ inʼom – ey Öğil –
Zoti sultonliging ayon etib kel!
Gul tutgin azizim, avval onangga...
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶