25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 18:21
Jamiyat 👁 782

“Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyati haqida

“Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyati haqida

Joriy yilning 25-iyunida “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

Saylov kodeksi Prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat aʼzolari, mahalliy kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Ilgari mazkur saylovlarni oʻtkazish tartibi alohida-alohida normativ huquqiy-hujjatlar bilan tartibga solingan edi.

Yangi kodeksga binoan, saylovlarda har bir fuqaro bir ovozga ega.

Saylovda erkin va yashirin ovoz beriladi. Saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.

Saylov kodeksi bilan saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.

Unga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish uchun 150 ta hududiy saylov okruglari tuziladi.

Ilgari 135 ta okrug tuzilgan va 15 nafar deputat sobiq Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan. Endilikda Oʻzbekiston ekologik partiyasi tashkil etilganligi bois, mazkur partiya deputatlikka oʻz nomzodlarini umumiy saylovlarga qoʻygan holda Qonunchilik palatasidan oʻrin egallashi mumkin.

Endilikda saylovchilarning yagona elektron roʻyxati shakllantiriladi.

Unga koʻra, saylovchilar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy
veb-saytida saylovchilarning roʻyxati toʻgʻrisidagi oʻzi uchun kerakli maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Saylovchilarning roʻyxatlari saylovga 15 kun qolganida, chet davlatlardagi vakolatxonalarda, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovga 7 kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim qilinadi.

Kodeks bilan kuzatuvchilarning, siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining, ommaviy axborot vositalari vakillarining huquq va majburiyatlari belgilandi.

Jumladan, ommaviy axborot vositalarining vakillari saylov jarayonini yoritish, ovoz berish binolarida, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chogʻida hozir boʻlish huquqiga ega.

Prezident saylovi, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari tugashidan kamida 3 oy oldin eʼlon qilinadi.

Kodeksda uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarning jihozlanishiga oid talablar oʻz aksini topdi.

Xususan, saylov komissiyalari joylashgan binolarda saylov uchastkasining xaritasi, zarur mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internetga ulangan va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimisha kirish imkoniyatiga ega kompyuterlar, seyf, kantselyariya tovarlari) boʻlishi kerak.

Saylovlar soat 8.00 dan 20.00 gacha oʻtkaziladi. Ilgari soat 6.00 dan soat 20.00 gachaoʻtkazilgan.

Saylovchi ovoz berish binosiga kelgach uchastka saylov komissiyasining aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi hamda saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.

Saylov byulleteni yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida toʻldiriladi. Saylov byulletenini toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi.

Saylovda saylovchi oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “√” yoxud “X” belgisini qoʻyadi.

PREZIDENT SAYLOVINING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI

Prezident 5-yil muddatga saylanadi va bir shaxs surunkasiga 2 muddatdan ortiq Prezident boʻlishi mumkin emas.

35 yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, saylovgacha kamida 10-yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan fuqaro Prezident etib saylanishi mumkin.

Prezident saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida 75 kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Prezidentlikka nomzodlar koʻrsatish saylovga 65 kun qolganida boshlanadi 45 kun qolganida tugaydi.

Prezident saylov natijalari eʼlon qilingan kundan kechi bilan 2 oyda Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida qasamyod qilgan paytdan eʼtiboran oʻz lavozimiga kirishadi.

QONUNChILIK PALATASI DEPUTATLARI SAYLOVINING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI

Qonunchilik palatasi 5-yilga saylanadigan 150 deputatdan iborat.

Deputatlar hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida saylanadi.

Deputatlikka nomzodlar siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatiladi.

Nomzodlar saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida 5-yil Oʻzbekiston hududida yashayotgan boʻlishi lozim.

Deputat etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega boʻladi.

SENATNI ShAKLLANTIRISh TARTIBI

Oliy Majlis Senati hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat aʼzolaridan tarkib topadi.

Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – olti kishidan saylanadi.

Senatga saylov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimiyat vakillik organlari deputatlarining qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.

Senatning oʻnolti nafar aʼzosi eng obroʻli fuqarolar orasidan Prezident tomonidan tayinlanadi.

Senatning vakolat muddati – besh yil.

MAHALLIY KENGAShLARGA SAYLOVLARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI

Mahalliy Kengashlarga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida 5-yil muddatga oʻtkaziladi.

Saylov kunigacha 21 yoshga toʻlgan hamda kamida 5-yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan fuqarolar mahalliy Kengashlar deputatligiga saylanish huquqiga ega.

SAYLOV NATIJALARINI EʼLON QILISh

Prezident saylovi, Oliy Majlisga saylov yakunlariga koʻra Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin 10 kundan kechiktirmay qabul qilinadi va Markaziy saylov komissiyasining ramiy veb-saytida va boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.

Mahalliy Kengashga oʻtkazilgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan saylovdan keyin 10 kundan kechiktirmay qabul qilinadi va matbuotda eʼlon qilinadi. Shuningdek ommaviy axborot vositalarida hammaga maʼlum qilinadi.

 

Ye.J.Uteniyazov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026